27. Loyiha metodi. misol keltiring
Loyiha metodi. Ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan, jahon pedagogikasining ilg’or metodlaridan samarali foydalanish dolzarb masalalardan bo’lib, loyiha metodi ta’lim ilg’or usullarini o’zida mujassamlashtirgan. Loyiha metodidan tarix fani o’qituvchisi o’quv mashg’uloti jarayonida mavjud tajribani o’zlashtirish va ta’limning barcha bosqichlarida qo’llashdek muhim vazifa turadi. Loyihalash - oldindagi faoliyat modelini tuzish, mavjud sharoitlarda o’rnatilgan vaqt mobaynida yo’l va vositalarni tanlash uchun, maqsadga erishish bosqichlarini ajratish, ular uchun alohida vazifalarni shakllantirish, o’quv axborotini etkazish vositasi va yo’llarini aniqlash usulidir.
Misol tariqasida "Biz kosmosda yashaymiz" loyihasi bo'yicha ishlarni tashkil etishni ko'rib chiqing. Ushbu ishning maqsadi bolalarning kosmos haqidagi fikrlarini kengaytirishdir: yulduzlar, yulduz turkumlari, Quyosh tizimining sayyoralari. Talabalar uchun darslik sahifalarida bir qator mavzular taklif etiladi: "Biz Quyosh farzandlarimiz" (rasmlar ko'rgazmasi), "Quyosh tizimi" (uy qurilishi kitobi). Bundan tashqari, bolalarga o'zlarining loyihalarini taklif qilishlari so'raldi. Aleksandr Trofimov "Zodiak belgilari" ingl. Bola onasi bilan birgalikda burj burjlari haqida ma'lumot topdi va ularga batafsil tavsif berdi. Gorshkova Sofiya quyosh tizimining vizual modelini yaratdi.
28. “Nilufar guli” ta’lim vositasi. Misol keltiring
Texnologiya didaktik muammolarni yechishning samarali vositalaridan bо‘lib, nilufar guli kо‘rinishiga ega. Asos, unga birikkan tо‘qqizta “gulbarg” (kvadrat, tо‘rtburchak yoki aylanalar)larni о‘z ichiga oladigan bu metod yordamida asosiy muammo va uning mazmunini yoritishga imkon beradigan xususiy masalalar hal etiladi.
О‘quvchilarda hal etilayotgan masala yuzasidan mantiqiy, izchil fikrlash, ichki mohiyatini tahlil qilish kо‘nikmalarini shakllantiruvchi texnologiyani qо‘llash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
О‘quvchi (talaba)larga quyidagi sxema namuna sifatida taqdim etiladi:
M isol: Nilufar guli vositasini Ona tili misolida ko’ramiz. Ushbu metodning tartibi quyidagicha: Nilufar gulimiz markaziga Kelishiklar deb yozib qo‘yiladi. Har bir bandiga kelishiklar nomlari yoziladi va gulimiz o‘quvchilar tomonidan hosil qilinadi. Ushbu kelishik qo‘shimchalar orqali sifat ishtirokida misollar keltiramiz: Yaxshi(ga) yondosh, yomon(dan) qoch, Gullarni sariq(qa) bo‘yadim, Ko‘ylakni xushbichimi(ni) tanladim, Shirin taom, Katta(ning) gapiga kir. O‘quvchilar nilufar gulini hosil qilib har bir kelishik qo‘shimchalar ishtirokida sifat so‘z turkumiga gap tuzadilar. Faol o‘quvchilar baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |