____________________________ fanidan o’quvchilar bilimini baholash mezoni
Reyting tizimining maqsad va vazifalari
1. Reyting tizimining maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
a) akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o'quvchilarida Davlat ta'lim
Standartlariga muvofiq tegishli bilim, ko'nikma va malakalari saviyasini
shakllanganligi darajasini nazorat qilish;
b) o'quvchilar bilimi, ko'nikma va malakalarini baholashning asosiy
oyillari: Davlat ta'lim standartlariga asoslanganlik, aniqlik, haqqoniylik,
ishonchlilik va qulay shaklda baholashni ta'minlash;
v) o'quvchilar bilimi, ko'nikma va malakalari darajalarini taqqoslash va ta'lim
jarayonida o'zaro musobaqa muhitini yaratish;
g) o'quvchilarning fanlar bo'yicha kompleks hamda uzluksiz tayyorgarligini
taminlash;
d) o'quvchilarning har bir fan va amaliyot turlari bo'yicha o'zlashtirish darajalarini aniqlash;
y) o'quvchilarda bilim, ko'nikma va malakalari saviyasini shakllanish sur'atini
muntazam ravishda tahlil qilib borish.
Do'stlaringiz bilan baham: |