Fanning o’quv-uslubiy majmuasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziriligining 2016 yil 25. 08 dagi «355» sonli buyrug’i asosida tasdiqlangan namunaviy o’quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi



Download 1,42 Mb.
bet80/227
Sana31.12.2021
Hajmi1,42 Mb.
#255112
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   227
Bog'liq
PEDAGOGIK MAHORAT MAJMUA 38 soat

O’qituvchilik mas‘uliyati. Shaxs axloqini tavsiflaydigan belgilardan biri mas‘uliyatdir. O’qituvchining mas‘uliyati, muallimlik faoliyati va ta‘lim – tarbiya jarayonining anik vazifalarini ham o’z ichiga oladi. O’qituvchi zimmasiga bola shaxsini barkamol inson sifatida tarbiyalash mas‘uliyati yuklangan. O’qituvchilik kilayotgan yoki muallimlik kasbini tanlagan kishilar o’z zimmalariga kanchalik yuksak, sharafli mas‘uliyat olayotganliklarini tasavvur etishlari lozim.

O’qituvchilik sha‘ni, kadr – kimmati. Umuminsoniy va milliy axloqning muxim belgilaridan biri insoniylik sha‘ni, kadr – kimmatidir. Insonning kadr – kimmati uning mansabi, kasb – koridan ko’ra ham ko’proq o’z kasbini qanday bajarishiga, uning odobi va xulq – atvoriga bog’liq.

Bu fazilat o’qituvchi odobida muallimning kadr – kimmati, sha‘ni deb ataladi. U, avvalo, o’qituvchidan o’z ishining ustasi, kamtar bo’lishni, shu bilan birga pedagoglar va o’quvchilar jamoasida o’zini tuta bilishni talab etadi.

Muallim maktab raxbarlari, hamkasblari va bashqalar bilan muomala – munosabatida kibr – xavo, manmanlik kilmasa, urinsiz itoatguylik, xokisorlik, laganbardorlik kilmasa, uning o’quvchilar oldida obrusi, kadr – kimmati ortadi.

O’qituvchi ma‘naviy kiyofasida shunga uxshash bir necha sifatlar uchraydi. Bu sifatlar o’qituvchining kadr – kimmatini oshiradi.

Buyuk mutafakkirlar o’qituvchining odob – axloqi haqida. O’rta Osiyoda yashagan allomalar yosh avlodni o’qitish va tarbiyalash, shuningdek o’qituvchilik faoliyati va odobiga doir ta‘limotlarni ham yaratdilar.

Abu Nasr Forobiy o’z asarlarida, har bir kishi jamiyatga, davlatga munosib inson bo’lishi uchun ta‘lim va tarbiya olishi lozim deb xisoblaydi. Yoshlarga ta‘lim va tarbiya beradigan ustoz shogirdiga nisbatan juda kattik zugum qilishga intilmasligi, shuningdek, xaddan tashkari ko’p yon berishga ham intilmasligi lozim. Chunki ortikcha zugum shogirdda ustozga nisbatan nafrat uygotadi, bordi – yu, shogird ustozning juda yumshokligini paykab kolsa, bu hol ustozni mensimaslikka va u beradigan bilimdan sovishga olib keladi.

Musulmon maktablarida ishlaydigan kishilardan ziyrak, aklli va axloqli bo’lish talab etilgan. Xalq aklli kishilarni dono deb atagan. Forobiyning ko’rsatishicha, aklli kishi – utkir zexnli, idrokli, fazilatli bo’lishi, o’zining qobiliyati va idrokini yaxshi ishlarga yunaltirishi, yomon ishlardan o’zini yaxshi ishlarga yunaltirishi, yomon ishlardan o’zini saklashi lozim. Forobiy «Akl to’g’risida»gi risolasida o’zida un ikki xislatni birlashtirgan kishinigina axloqli odam deb xisoblaydi.

Abu Ali ibn Sinoning fikricha, tarbiya yagona jarayon bo’lib, yoshlarga akliy, jismoniy, nafosat, axloqiy tarbiya berishni, xunar o’rgatishni nazarda tutadi.

Bolaga ta‘lim – tarbiya berish uchun saxovatli, dono, iymonli, axloqiy va akliy tarbiya usullarini yaxshi biladigan, irodasi kuchli muallim – tarbiyachini tanlash zarur. Muallim soglom, pok, xalol, xushmuomala kishi bulmogi lozim, deydi.

Kaykovus. «Kobusnoma»da bolalarga xunar va kasb o’rgatmok to’g’risida farzandiga qilgan nasixatida ota – onaning va muallimlarning bolaga muomala – munosabati masalasiga ham tuxtaladi. Chunonchi, u ota – ona o’z bolasiga ilm va axloqiy fazilatlarni singdirish uchun bolani muallim kuli bilan jazolashi mumkinligini uktiradi. «O’z kuling bilan muallimlarning tayogi bilan ko’rkutgil, bolalarga muallimlar adab bermasunlar, toki sendan uglingning kunglidagina kolmasun»

Burxoniddin Zarnudjiy. X11 asrning ikkinchi yarmida yashab ijod etgan. O’zining ko’p yillik pedagogik tajribasini umumlashtirib, «O’quvchiga ta‘lim yo’lida qo’llanma» nomli pedagogik asar yaratdi. Bu asar Shark mamlakatlarida ko’p marta nashr etilib, keng tarkalgan. Unda pedagoglik kasbi, o’quvchi va muallim muomala odobiga doir bir kancha kasbiy va axloqiy talablar ifodalangan.

Muslixiddin Sa‘diy She‘roziy ning «Guliston» va «Buston» kabi pedagogik – axloqiy kitoblari eski o’zbek maktablarida darslik sifatida o’qitilgan. «Guliston» asarining «Tarbiyaning ta‘siri bayonida» deb nomlangan yettinchi bobida tarbiyachilik faoliyati, tarbiyashunoslik ilmi, o’qituvchi odobining bir necha muxim qonun – koidalari qiziqarli xikoyatlar shaklida bayon etiladi.

Alisher Navoiy. O’qituvchi jamiyatda obruyli va xurmatga loyik insondir, deb xisoblaydi. Shogirdlar muallimni xurmat qilishlarini, e‘zozlashlarini uktiradi. Navoiyning fikricha, ba‘zan bir kishi bitta bolaga tarbiya berishga ojizlik kiladi. Muallim esa bir tuda bolalarga ilmu adab o’rgatadi. Bu jarayonda muallim ko’p aziyat chekadi, mashakkatlarni boshidan kechiradi. Shuning uchun shogirdlar ustozlari oldida umrbod karzdor ekanliklarini xis etishlari lozim : - deb :

Xak yulida kim senga bir harf o’qitmish ranj ila,

Aylamak bulmas ado oning xakin yo’z ganj ila.

Navoiyning «Maxbub – ul – kulub» asarida o’qituvchi odobiga doir quyidagi talablar bayon etilgan :

Mudarris ota – onasining mansabi, boyligiga qarab bolaga muomala kilmasligi lozim ;

Muallim bolalarga bilgan narsalarini o’rgatishi, bilmagan ilmlarni o’rgatishga urinmasligi kerak ;

Gerdayish, manmanlik, ta‘magarlik, nodonlik kabi illatlar o’qituvchi axloqiga zid sifatlardir;

Muallim yaramas ishlardan, nopokliklardan yirok bo’lishi kerak;

Xalq nazarida olim xisoblanadigan mudarrislar yomon ishlardan, fisku – fasoddan o’zlarini tiya bilishlari lozim.

Buyuk mutafakkirlar bolalarni axloqli qilish uchun muallim o’quvchilarning xissiyotiga ta‘sir utkazadigan vositalardan foydalanish kerak, deb ko’rsatadilar. Bunda badiiy adabiyot juda kul keladi. Masalan, Xadislar, mazmuni ifodalangan she‘rlar, Alisher Navoiyning «Kirk xadis»i, Abdulla Oripovning «Xaj daftari» va bashqa kitoblardan foydalanish axloqiy sabok mashgulotlarini jonlantiradi, tarbiyaviy ta‘sirini oshiradi.

O’quvchilarni axloqli, odobli qilishda «Odobnoma» darslari muxim rol uynaydi.

O’qituvchi o’quvchilarni odobli kilib tarbiyalashda «Odobnoma», «Otalar so’zi – aklning ko’zi», «Ma‘rifatnoma» ko’rsatuvlaridan foydalanish ham yaxshi natija beradi.

Tajribali o’qituvchi hamisha o’quvchilarning qalbida nimalar sodir bulayotganligini tushushga qobiliyati bilangina emas, balki o’quvchi bilan til topish, muayyan o’quvchiga pedagogik ta‘sir ko’rsatishning okilona choralarini o’z vaqtida tanlash qobiliyati, ya‘ni pedagoglik nazokatini ruyobga chikarish qobiliyati bilan ham ajralib turadi. Psiholog olimlar pedagoglik nazokati aslida psihologik nazokatdan bashqa narsa emas, deb xisoblaydilar.

Pedagogik nazokat psihologik bilimlarni hamda ilgaridan tuplanib kelgan xayotiy va shaxsiy tajribalarni amalda tadbik qilishdir. Pedagogik nazokat bu qandaydir tugma xususiyat emas, balki kishida asta – sekin shakllanib boradi : u ba‘zilarda tezrok, kengrok va yaxlitrok shakllansa, bashqa birovlarda esa sekinrok, kamrok va kismanrok shakllanadi. Bu kishining o’z qalbida ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz ravishda sodir bulayotgan ichki vokealarni qanday xis qilishini ko’zata bilishiga bog’liqdir.

O’qituvchining bashqa kishilarga nisbatan extiyotkor va tankidiy munosabati davri bulmish o’rta va katta yoshdagi o’quvchilar bilan olib boradigan ta‘lim va tarbiyaviy ishlarida pedagogik nazokatning ahamiyati ayniksa kattadir.

Qadimdan qolgan nakl bor : kattikkullik yaxshi, xushfe‘llik yanada yaxshirok, eng yaxshisi – adolatlilikdir. Usmirlar va katta yoshdagi o’quvchilar bilan ishlashda o’qituvchidan o’quvchi shaxsiga nisbatan kattikkullik va talabchanlik va ayni vaqtda, nazokatli munosabatda bo’lish talab kilinadi. Bu nimalarda anik ifodalanadi.


Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish