Uchinchi bosqichda ishlab chiqilgan hisoblash algoritmini EHMda bajarish dasturi tuziladi.
To’rtinchi bosqich hisoblash eksperimentini bajarish bilan bog’liq. EHM hisoblash jarayonida tadqiqotchini qiziqtirgan har qanday ma’lumotni berish mumkin. Tabiiyki, mazkur ma’lumotni aniqligi matematik modelni ishonchliligi bilan belgilanadi. Shunga ko’ra jiddiy amaliy tadqiqotlarda ba’zan hozirgina tuzilgan dastur bo’yicha to’laqonli hisoblashni o’tkazish darhol boshlanmaydi. Bundan avval dasturni «so’zlash» uchun zarur bo’lgan test hisob-kitoblari o’tkaziladi. Dastlabki hisob-kitoblarni o’tkazishda matematik model testlanadi: o’rganilayotgan ob’ekt, jarayon yoki hodisani u qanchalik yahshi tavsiflaydi, qay darajada haqiqatga yaqinligi aniqlanadi. Buning uchun etarlicha ishonchli o’lchashlar bo’lgan ba’zi nazorat eksperimentlarini «taftishlash» o’tkaziladi. Bunda eksperiment va hisoblash natijalari taqqoslanadi, matematik model aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |