Fanning o’quv dasturi Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi o’quv-uslubiy birlashmalari



Download 3,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/410
Sana11.09.2021
Hajmi3,06 Mb.
#172043
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   410
Bog'liq
gematologiya

TTKning diagnostik kriteriylari: 
Gipoxrom  kamqonlik,  eritrotsitlarda  gemoglobin  Qonsentratsiyasining  pasayishi,mikrotsitoz,suyak 
ko’migida  sideroblastlarning  kamayishi,zardobdagi  temir  miqdorining  kamayishi,  transferinning 
temir  bilan  to’yinishining  kamayishi,  sideropenik  sindromnig  bo‘lishi,temir  preparatlari  bilan  
davolaganda klinik va laborator ko‘rsatkichlarda ijobiy o‘zgarishlar bo‘ladi. 
Differensial diagnostika. 
      TTKni boshqa gipoxrom kamqonliklaradan (temir taqsimlanishi,temir to’yinishi, geterozigotali 
talassemiya, qalqonsimon bez gipofunksiyasi bilan kechadigan kamqonlik) farqlash lozim. 
      Kalqonsimon  bez  gipofunksiyasi  bilan  kechadigan  kamqonlik  klinikasida  gipoteriozga  xos 
simptomlar 
(uyquchanlik,yuzning 
shishishi,injiqlik,terining 
qurishi,tana 
temperaturasining 
pasayishi,  qabziyat,  bradikardiya,  xotira  pasayishi,  tilning  kattalashishi  hisobidan  gapirishning 
qiyinlashishi)  kuzatiladi.Qonda  triyodtironin,tiroksin  pasayadi,temir  miqdori  normada  yoki  biroz 
kamaygan  (ichak  shilliq  qavatlari  shishganli  uchun  temir  so’rilishining  buzilishi  hisobidan), 
qalqonsimon bez gormonlari preparati bilan davolanganligi uchun eritrotsitlar tarkibida gemoglobin 
Qonsentratsiyasi  oshadi.  Tireoid  gormonlar  eritropoezni  stimullaydi.Shuning  uchun  gipoteriozda 
gormonlar miqdori kamligi sababidan kamqonlik kelib chiqadi.  


71 
 
      Temir  taqsimlanish  kamqonligi  (temir  reutilizatsiyasining  buzilishi  bilan  kechadigan 
kamqonlik)-  temirning  depodan  plazmaga,keyinchalik  eritrotsitlar  tarkibiga  o’tishining  buzilishi 
bilan  xarakterlanadigan  kamqonlik.  Buning  natijasida  temir  taqsimlanishi  o‘zgaradi:  u  ko’proq 
depoda saqlanib qoladi. Normal gemopoez uchun  sutkada 25 mg temir zarur.Ichaklardan har kuni 
faqat  1,5-2mg  temir  so’riladi.  Parchalangan  eritrotsitlardan  ajralgan  temir  qayta  reutilizatsiya 
bo‘ladi.    Temir  taqsimlanish  kamqonligida    shu    reutilizatsiya  buziladi.  Depoda  temir  saqlanib 
qoladi  va  u  gemoglobin  sintezida  ishtirok  etmaydi.Bundan  kelib  chiqadiki,  organizmda  haqiqiy 
temir  tanqisligi  bo’lmaydi.Temir  ferritin  va  gemosiderin  ko‘rinishida  makrofagal  sistema 
hujayralarida  depoda  yig’iladi.  Temir  taqsimlanish  kamqonligining  diagnostik  kriteriylari: 
gipoxrom  kamqonlik,  zardobdagi  temir  miqdori  normada  yoki  biroz  pasaygan,qonning  umumiy 
temirni  bog‘lash  xususiyati  pasaygan,  zardobdagi  ferritin    oshgan,suyak  ko’migida  sideroblastlar 
kamaygan, aktiv yallig’lanish jarayoni klinik-laborator belgilarining bo‘lishi; 
  Temir  to’yinish  (sideroaxrestik)  kamqonlik-  eritrokariotsitlarda  temir  miqdorining  ko‘pligiga 
qaramasdan,  gemoglobin    sintezi  uchun  ishlatiladigan  temir  utilizatsiyasining  buzilishi  oqibatida 
gem sintezining buzilishi bilan bog‘liq kamqonlik. Ular irsiy, orttirilgan va protoporfirin sintezida 
ishtirok  etadigan  fermentlar  aktivligining  buzilishi  bilan  kechadigan  turlarga  bo‘linadi. 
Eritrokariotsitlarda temir va protoporfirindan iborat gem sintezi buziladi. Agar protoporfirin sintezi 
buzilsa, temir gem sintezida ishtirok etmaydi va ular  eritrokariotsitlar mitoxondriyasida  va suyak 
ko’migida  ferritin  ko‘rinishida  yig’ilib  qoladi.  Gem  sintezi  buzilsa,  gemoglobin  hosil  bo‘lishi 
buziladi. Temir to’yinish  kamqonligining diagnostik kriteriylari: gipoxrom kamqonlik, anizotsitoz, 
poykilotsitoz,  alohida  nishonsimon  eritrotsitlar,periferik  qonda  retikulotsitlar  normada,  zardobdagi 
temir oshgan, qonning temirni bog‘lash xususiyati normada, trasferrining temirga to’yinishi oshgan, 
eritrotsitlarda  protoporfirin  kamaygan,  koproporfirin  oshgan,  uroporfirin  normada,sternal 
punksiyada  bazofil  eritrokariotsitlar    va  halqasimon  sideroblastlar  miqdori  oshgan,  desferal 
sinamasidan  so’ng  siydik  bilan  temirni  ajralishi  oshgan.  Ichki  organlar  gemosideroz  belgilari, 
piridoksin yoki piridoksalfosfat bilan davolaganda musbat natijaga erishish;   
 
                      

Download 3,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   410




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish