Klinikasi.
O‘tkir postgemorragik kamqonlik klinikasi qon yo’qotish miqdori va qon ketish davomiyligiga
bog‘liq.Qon ketishining 1-2 sutkasida holsizlik,hansirash,kuchli bosh aylanishi, hushdan ketish,
quloqda shovqin, ko’z oldining qorong’ilashuvi, og’iz qurishi, sovuq ter bosishi, yaqqol teri va
shilliq qavatlar rangparligi kuzatiladi. Yurak qon-tomir sistemasi tekshirilganda aritmik sust puls,
taxikardiya, yurak tonlari bo’g’iklashgan, yurak cho’qqisida sistolik shovqin eshitiladi, qon bosimi
tushadi, nafas tezlashadi. Tez va ko‘p qon ketganda gemorragik kollaps rivojlanadi: bemor holsiz,
tormozlangan, teri rangpar, ipsimon puls, oligoanuriya, qayt qilishi ham mumkin.
Diagnostika.
Qon yo’qotishning erta davrida (1-2 sutka)- I.A. Kassirskiy va G.A. Alekseyev bo’yicha
kompensatsiyaning reflektor-tomir fazasi. Bunda hamma qon-tomirlar kompensatsiya hisobidan
torayadi. Depodan qon tashlanadi, shuning uchun ayrim bemorlarda eritrotsit va gemoglobin hajm
birligida o’zgarmaydi. Biroq eritrotsitlarning umumiy miqdori kamayishi mumkin. Normada
aylanib yurgan eritrotsitlar hajmi erkaklarda 29-30 ml/kg, ayollarda 22-23 ml/kg tana massasiga
teng. Neytrofil leykotsitoz leykoformulaning chapga siljishi (katexolaminlar ta'sirida suyak
ko’migidan leykotsitlarning ko‘p chiqishi hisobidan) , trombotsitlar ham ko‘p chiqadi, bu esa o’z
navbatida qonni to’xtatish maqsadida gemostazni aktivlaydi.
Qon yo’qotishning ikkinchi davri I.A. Kassirskiy va G.A. Alekseyev bo’yicha
kompensatsiyaning gidremik fazasi. Bunda qon-tomirlarga to’qima suyuqligi tushadi
(autogemodilyutsiya) va tomir hajminin saqlaydi.Bu jarayon periferik qonda eritrotsit va
gemoglobin miqdorini kamaytiradi, rang ko‘rsatkich o’zgarmaydi-postgemorragik normoxrom
kamqonlik rivojlanadi. Bu holati 4-5 kun davom etadi.
Qon yo’qotishning uchinchi davri I.A. Kassirskiy va G.A. Alekseyev bo’yicha
kompensatsiyaning suyak ko’migi fazasi. Bunda eritropoetin giperproduksiyasi suyak ko’migidagi
eritrotsitar qatorga ta'sir qilib,eritropoezni kuchaytiradi. Natijada qonda yosh eritrotsit-retikulotsitlar
oshadi.Bundan tashqari leykotsitlarning yosh formasi- tayoqcha yadroli,yosh (metamiyelotsit)
chiqadi. Leykotsitoz va trombotsitoz ham rivojlanadi.
Sternal
punksiya.
Odatda
postgemorragik
kamqonlikda
suyak ko’migi punksiya
qilinmaydi.Punktatda eritrotsitar qator aktivligi oshganligi aniqlanadi.
Qon bioximiyaviy tahlili- o‘tkir qon yo’qotganda zardobdagi temir depodagi temir hisobidan
to’ldirilganligi uchun o’zgarmaydi.Agar depoda ham temir kamaygan bo’lsa, u holda sideropenik
va gipoxrom temir tanqislik kamqonligi rivojlanadi. Qon ketganligi uchun jigarda tranzitor
ishemiya rivojlanadi. Natijada qonda ALT oshadi.
EKG- miokard distrofik o‘zgarish belgisi -standart va ko’krak uzatkichlarida T tishcha
amplitudasi pasaygan bo‘ladi.
Diagnoz.
O‘tkir postgemorragik kamqonlik va gemorragik shokka diagnoz qo’yish qiyin emas.
Yuqoridagi klinik belgilar va periferik qondagi o‘zgarishlarga asoslanib qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |