Monitoring va baholash: o‘quv mashg‘ulotida ham butun dars davomida ham o‘qitishning
natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Sikl oxirida OSKI yordamida tinglovchilarning bilimlarini
baholash.
“Gematologiya ” fanini o‘qitish jarayonida kompyuter texnologiyasidan, o‘rgatuvchi kompyuter
dasturlaridan foydalaniladi, mavzular bo‘yicha tarqatma materiallar tayyorlanadi. Talabalar bilimini
baholash ozaki, kompyuterli test shakllarida amalga oshiriladi.
Talabalarning Gematologiya fanining o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy
usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish muhim
ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma'ruza matnlari,
tarqatma materiallar, kompyuter dasturlari, elektron materiallardan foydalaniladi. Ma'ruza va
amaliy darslarda mos ravishdagi ilg‘or pedagogik texnologiyalar qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |