Fanning nomi: O’qish Sinfi: 4-sinf



Download 246,17 Kb.
Sana15.04.2020
Hajmi246,17 Kb.
#45002
Bog'liq
4 sinf oqish laqma it

Fanning nomi: O’qish
Sinfi: 4-sinf
Dars ishlanmasi mavzusi: Laqma it (Shukur Sa’dulla) (II-qismi)

Darsning maqsadi:
Ta’limiy: Ertakning muallifi Shukur Sa’dulla haqida ma’lumot berish, hayoti va ijodi to’g’risidagi bilimlarini boyitish.
Tarbiyaviy: O’quvchilarga “Qish g’amini yozda ye” maqoli mazmunini tushuntirish, bekorchilikning salbiy tomonlari haqida tushuncha berib ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli va foydali ishlar bilan shug’ullanish lozimligini tushuncha berish.
Rivojlantiruvchi:O’quvchilarning ongli o’qish malakasini rivojlantirish.
Yaxshilik bilan yomonlikni farqlay bilishi, bo’sh vaqtlarini unumli o’tkazishi, har kim o’zining so’glom fikriga ega bo’lishi, Vatanni sevishi, unga munosib bo’lishi kerakligi to’g’risidagi tushunchalarini rivojlantirish.

Kompetentlikni shakllantiruvchi maqsad:

O‘yinqaroqlik, ishyoqmaslikning inson boshiga katta tashvish keltirishi. Itning Moshxon, Echki va Olaqashqardan yordam so‘rashi. It yozni o‘tkazishi. O‘ziga uy qurmasligi. Itning qilmishi. Ertak mazmuniga doir maqol, topishmoq va tez aytishlar. Ongli va ifodali o‘qish.



O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari:

Adabiy-nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish):

A1

she’r, rivoyat, qissadan parcha, maqol, topishmoqlar, ertak hamda ixcham audiomatn va videotasvirlarni tinglab tushuna oladi;

ularni tushunib, ongli ifodali (bo‘g‘inlamay sidirg‘a) o‘qiy oladi va ularning mazmunini qisqartirib, qayta aytib bera oladi;

o‘rganilgan mavzular doirasida bayon va bolalar yozuvchilari, ularning asarlari nomini yoza oladi;

o‘qish uchun kitoblar (badiiy asar namunalari)ni mustaqil tanlay oladi.

Dars turi: Yangi bilim berish
Dars usuli:Tushuntirish, musobaqa, sahna darsi, klaster, test.
Dars jihozi: Darslik, rasmli ko’rgazmalar, videolavha,tarqatmalar.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.(5 minut)
Salomlashish. Navbatchining axborotini tinglash. Davlatimizda olib borilayotgan ishlar haqida qisqacha ma’lumot berib o’tish. Bahor kelganligi, u betakror faslligi aytib o’tiladi va monitorda bahor fasliga oid she’r va lavha qo’yiladi. O’quvchilarni darsga hozirlash, guruhlarga ajratish. Darsning oltin qoidalari bilan tanishtirish.

O’qituvchi: Assalomu-alaykum

O’quvchilar: Va – alaykum – assalom

O’quvchilar: Bizning shior: Kelib ketma o’qib ket,

O’qib ketma uqib ket.



O’qituvchi: Bugun kim navbatchi?

O’quvchi: Bugun men navbatchi, bugungi sana 2016 yilning 2__Noyabr sanasi, sinfdabi barcha o’quvchilar darsga qatnashmoqda.

O’qituvchi: Hozirgi darsimiz?

O’quvchilar:O’qish darsi.

Dars 3 ta kichik guruhlarga bo’lib o’tiladi:



1-guruh-“Zukkolar”

2-guruh- “Bilimdonlar”

3-guruh- “Donolar”

O’qituvchi: Hozir qanday fasl?

O’quvchilar: Hozir kuz faslining oxirgi kunlari keldi

O’qituvchi: Kuz fasi o’z o’rnini qaysi faslga beradi?

O’quvchilar: Qish fasliga

O’qituvchi: Qish faslidagi o’zgarishlar haqida kim so’zlab beradi?

O’quvchi: Qish fasli uch oydan iborat, dekabr, yanvar, fevral. Qishda daraxtlar mevalari oppoq tusga kiradi.

O’quvchilarni darsga hozirlash, qiziqtirish, harakatga keltirish, mavzuni mustaqil anglab yetishlari uchun topishmoqlardan foydalanish.

Katta chelak teshildi,

Undan ko’p suv to’kildi

( Yomg’ir )

Elakdan un elandi,

Supra unga belandi. (Qor)

Oppoqqina dasturxon

Yer yuzini qolagan (Qor).

So’ngra o’quvchilar bilan “Tarmoqlash” metodidan foydalanib, qish faslida sodir bo’ladigan o’zgarishlar va tabiat hodisalari esga olinadi.





O’qituvchi: O’zbekiston Respublikasining ramzlari haqida so’zlab beradi.

O’quvchi: O’quvchi: O’zbekiston Respublikasining ramzlari gerb, madhiya va bayroqdir.

O’qituvchi: O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i qachon qabul qilingan?

O’quvchi: 1991- yil 18- noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 

8- sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi qonun qabul qilingan.



Hamma:

Ozod Vatan gurkirab

Turganiga ne yetsin

Bayrog`imiz hilpirab

Turganiga ne yetsin


II. Uy vazifalarini so’rash va mustahkamlash:(10 minut)
Uyga topshiriq qilib berilgan “Laqma it” ertagining birinchi qismi asosida savol-javob o’tkaziladi.
Savollar:
1.”Laqma it” ertagi muallifi kim ?
2. It Moshxon, Echki va Olaqashqalardan nima uchun yordam so’radi?
3. Moshxon nega itni uyiga kiritmadi?
4. Ertakdan qanday xulosa chiqarish mumkin?
Dars davomida faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantirib boriladi. 
III. Yangi mavzu bayoni.(10 minut)
Shukur SA'DULLA

   Shukur Sa'dulla 1912- yilning 15- yanvarida Jizzax shahrining Toshkent mahallasida xizmatchi oilasida tug'ildi.

Shukur Sa'dulla 1912- yilning 15- yanvarida Jizzax shahrining Toshkent mahallasida xizmatchi oilasida tug'ildi. U 7 yoshga to'lganda mahalladagi eski maktabga boradi va u yerda tez savod chiqaradi, so'ngra yangi tashkil etilgan "Narimonov" nomli maktabda o'qishni davom еttiradi. 12 yoshida maktabni bitirgach, bilimini yanada oshirish maqsadida 1924- yilda Samarqand shahriga kelib, Pedagogika bilim yurtiga kiradi. Xuddi shu maskanda adabiyotga bir umr bog'lanadi, she'r mashqiga jiddiy beriladi.

         Shukur Sa'dullaning dastlabki she'rlari, asosan, kattalarga mo'ljallangan. Ular shoirning o'sha davrdagi ijtimoiy-siyosiy hodisalardan olgan taassurotlarining ifodasi tarzida bunyodga kelgan. Shoirning ana shu mavzudagi she'rlari 1932-yilda „Hayqiriq" nomi ostida maxsus to'plam shaklida Toshkentda chop etilgan. O'n bir she'r va bir kichik poemani o'z ichiga olgan bu birinchi kitobning nomlanishi ham ramziy xarakterda edi.

               1950- yilda Shukur Sa'dulla Ilyos Muslim bilan hamkorlikda bolalar shoiri Samuil Marshakning „She'r va ertaklar" asarini o'zbek kitobxonlariga tortiq etishdi. Shuningdek, Shukur Sa'dulla daniyalik mashhur ertakchi G. X. Andersen, rus yozuvchisi N. A. Nekrasovning asarlarini, L. Tolstoy va B. Jitkovning hikoyalarini, bolalar shoirlari M. Kvitko, A. Barto, M. Mirshakar, O. Bedyorov, M. Fayzulina she'rlarini, V. Lebedov-Kumechning yoshlik taronalarini, B. Gorbatovning "Bo'ysunmaganlar" (1953), V. Oseyevaning "Vasyok Trubachev va uning o'rtoqlari" (1954) povestlarini, Korney Chukovskiyning „Doktor Voyjonim" (1966) asarini ona tilimizga tarjima qilgan.



Lug’at ishi:

Dang’illama va serhasham – baland va chiroyli



Bo’lgin amin – ishongin

Lug’at ishi monitorda ko’rsatiladi o’quvchilar daftarlariga yozib oladilar.
Dam olish daqiqasi:

Davom ettir” o’yini o’ynaladi. Bu o’yinda o’qituvchi maqolning birinchi yarmini aytadi, o’quvchilar esa uni davom ettirishadi. Masalan, Ona yurting - …. (Oltin beshiging).



G’olib guruh rag’batlantiriladi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:(15 minut)
Yangi mavzuni mustahkamlashda tarmoqlash usulidan foydalanamiz. Buning uchun yana guruhlarga murojaat qilamiz. Ushbu darsdan o’rgangan yaxshi fazilatlarni yozib chiqadilar. Bu ertak orqali o’rgangan yaxshi fazilatlarni har kim o’zida mujassam etib, hayoti davomida qo’llashga, insonlarga faqatgina ezgulikni sog’inib yashash lozimligi, bog’ yaratgan insonning nomi ulug’, dasturxoni to’kin bo’lishi, elning salomatligi uchun naf keltirishi ta’kidlanadi. O’quvchilar ongida bo’shliq paydo bo’lishini oldini olishning eng maqbul yo’li mehnat qilish va o’qish ekanligi tushuntiriladi.So’ngra qisqa savol-javob qilib olinadi.

  1. It yozni qanday o’tkazdi?

  2. U nima uchun o’ziga uy qurmadi?

  3. Itning qilmishini qanday baholash mumkin?

  4. Ertak nima uchun “Laqma it” deb nomlangan. Bu haqda sizning fikringiz qanaqa?

V. Darsni yakunlash va rag’batlantirish.(3 minut)
VI. Uy ishi.(2 minut)

Uyga vazifa:
“Laqma it” mavzusini ifodali o’qishga tayyorlanib kelish. Maqollar yodlash
Download 246,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish