Fanning mohiyati


Ilmiy izlanish ishlarini olib borish tartibi



Download 0,66 Mb.
bet66/84
Sana11.07.2022
Hajmi0,66 Mb.
#773964
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   84
Bog'liq
2 5253480791035354319

74. Ilmiy izlanish ishlarini olib borish tartibi
Ilmiy tadqiqot - yangi bilimlarni ishlab chiqish jarayoni, bilish faoliyati turlaridan biri. Unga obʼyektivlik, ishonchlilik, aniklik xos. Ilmiy tadqiqot hamma shartlarga amal qilib takrorlanganda hamisha birdek natija beri-shi, bahs etilayotgan masalani isbotlashi lozim. Ilmiy tadqiqot bir-biri bilan boglangan ikki kiyem — tajriba va na-zariyadan iborat. Ilmiy tadqiqotning asosiy komponentlari: mavzuni belgilash, mavjud axborotni, tadqiqot sohasidagi shartsharoit va metodlarni, ilmiy farazlarni oldindan taxlil etish, tajriba oʻtkazish, olingan natijalarni taxlil etish va umumlashtirish, kelib chiqqan farazlarni olingan dalillar asosida tekshirish, yangi fakt va qonunlarni ifodalab berish, ilmiy bashorat yuritish. Ilmiy tadqiqotlarni fundamen-tal va amaliy, miqdoriy va sifatiy, noyob va kompleks tadqiqotlarga aj-ratish keng tarqalgan. Ilmiy tadqiqotlarning metod va tajribalari fanning oʻzidagina emas, balki koʻpgina iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni qal qilishda ham keng qoʻllaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 17-fevraldagi PQ-2789-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar: Fan va texnologiyalar bo‘yicha Davlat komissiyasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq; Fan va texnologiyalar bo‘yicha Davlat komissiyasi huzuridagi Ilmiy-texnik faoliyatni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Fan va texnologiyalar bo‘yicha Davlat komissiyasi huzuridagi Ilmiy-texnik faoliyatni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) Ijro etuvchi direksiyasi tashkil etilsin. 3. Fan va texnologiyalar bo‘yicha Davlat komissiyasi huzuridagi Ilmiy-texnik faoliyatni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasi Ijro etuvchi direksiyasining tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. Belgilab qo‘yilsinki: O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan xalqaro shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi; Jamg‘arma Ijro etuvchi direksiyasini saqlab turish Fan va texnologiyalar bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan xarajatlar smetasi asosida Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi; Jamg‘armaning Ijro etuvchi direktori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. 5. Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Fanlar akademiyasi bilan birgalikda: ilmiy-texnik loyihalarni rejalashtirish, moliyalashtirish va xarajatlarni hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin; ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish asosida fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlar davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida grantlar bo‘yicha amalga oshiriladigan ilmiy-texnik loyihalarning natijadorligini baholash metodikasini va indikatorlarini uch oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetini shakllantirishda Agentlikni saqlab turishga zarur mablag‘larni nazarda tutsin; O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligiga 3 ta avtotransport vositasiga, shu jumladan 2 ta biriktirilgan va 1 ta xizmat avtotransport vositasiga limit ajratsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Agentlik bilan birgalikda Agentlikni va Jamg‘armaning Ijro etuvchi direksiyasini joylashtirish yuzasidan bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 8. Agentlik manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligining bosh direktori M.R. Boltaboyev zimmasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va ilm-fan masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.

Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish