Mazhablarning kelib chiqishi, turlaqi. G‟oyaviy-siyosiy oqimlarning ildizlari
63
Fiqh; Faqih; Ijtihod; Mujtahid; Ijmo; Qiyos; Istihson; Fatvo; Mazhab; Taqlid;
Salaf; Ashob; Tobiin; Ray; Tayanch so„zlarFundamentalizm Mutaassiblik;
Fanatizm; G„ayridin; Terrorizm; Modernizm; Tradisionalizm; Vahhobiylik;
Panislomizm; Ekstremizm
Reja
1.
Fiqh ilmining taraqqiy etishi.
2.
Fiqh maktablari.
3.
Movarounnahr fiqh maktabi vakillari.
4.
Fiqh - tarixiy-ijtimoiy hayotni o„rganishda muhim manba.
5.
Fundamentalizmning vujudga kelishi.
6.
Ekstremizmni keltirib chiqaruvchi omillar.
7.
Terrorizmga qarshi kurashda dinning roli.
8.
Radikal diniy oqimlar.
Fiqh - g„arbda Islamic Law, Muslim Law, Muhammadan Jurisprudence, Le
Droit Musulman, Islamische Gesetz kabi nomlar bilan yuritiladi. Dunyoda
amaldagi huquq normalaridan farqli o„laroq, fiqh o„z ichiga ibodat masalalarini
ham qamrab oladi. Buni Tavrot kitobining ibodat masalalarini jamlab olgan
Talmudga qiyoslash mumkin. Fiqh - qadimdan mavjud huquqiy normalarni ibodat
va muomala masalalari bilan mushtarak holda ma‟lum tartibga solingan huquqiy
tizimdir.
Lug„atda:“al-fiqh” kalimasi -“ anglamoq, tushunmoq” kabi ma‟nolarni
beradi.
Istilohda:“al-fiqh” -“Islom huquqi” deb yuritiladi.
Fiqh zamonaviy fanlar asosida hozirgacha chuqur o„rganilmagan bo„lib,
mutaxassis olimlar oldiga katta muammolarni qo„yib kelmoqda.
Fiqh - odatda “furu al-fiqh” so„zma-so„z: “fiqh tarmoqlari”) shariatni konkret
sohalarga tadbiq qilishdan va “usul al-fiqh” so„zma-so„z: “fiqh asoslari”) shariat
xukm oladigan manbalarni ishlab chiqishdan iborat bo„ladi. Tarixiy tadrijga ko„ra
“al-fiqh” -”usul al-fiqh” dan avval paydo bo„lgan. Fiqh ilmining tadrijiy rivojini
mutaxassis olimlar tomonidan bir necha davrlarga taqsim etilgan. Masalan:
I - Payg„ambar SAV) davri 610-632).
Bu davrda Payg„ambar SAV) hali hayot edilar. Vahiy kelishi davom
etayotgan bir davr edi. Ixtilofli va muammoli masalalarni shaxsan u zotning o„zlari
orqali hal etilardi. Muhammad ibn Abdulloh SAV) payg„ambar bo„lish bilan birga
davlat boshlig„i ham edilar. Barcha huquqiy masalalar, sud jarayonlari, ijro
bevosita u zotning boshchiliklarida bo„lar edi.
II - Sahobalar davri .
Payg„ambar SAV) vafotlaridan keyingi davrda Islom xalifaligi tez sur‟atlar
bilan kengaya bordi. Andalus, Eron, Iroq, Suriya, Movarounnahr, Misr, Shimoliy
Afrika musulmonlar qo„liga o„tdi. Musulmonlar u yerlarga qozilar va faqihlarni
yubora boshladilar. Bir-biridan uzoq bo„lgan yerlarda mustaqil fiqh markazlari
paydo bo„ldi. Bu markazlar bir-biridan ilmiy jihatdan deyarli farq qilmas edi.
Madina, Makka, Misr, Kufa, Basra va Shom kabi mahalliy markazlarning urf-
odatlari, ehtiyoj va shart-sharoitlari boshqa-boshqa edi. Fiqhni tadbiq etuvchi
sahobalar yetuk qobiliyatli, ochiq fikrli va keng dunyoqarashga ega edilar. Ular