Oksidlar asosan 3 xil yo`l bilan olinadi:
Oddiy moddaning kislorod bilan birikishi:
S + O2 = SO2 4K + O2 = 2K2O
Murakkab moddalarni yondirish:
CH4 + 2O2 = CO2 + 2H2O.
Kislorodli birikmalar–karbonatlar, nitratlar, gidroksidlarning gizdirilganda parchalanishi:
CaSO3 = CaO + SO2
2Cu(NO3)2 = 2CuO + 4NO2 + O2
2Fe(OH)3 =Fe2O3 + 3H2O
Suv ta`siridan kislota, ishqor ta`siridai tuz hosil qiladigan oksidlar kislotali oksidlar deb aytiladi. Bunday oksidlar kislotalar bilan reaktsiyaga kirishmaydi.
3 Asoslar. Asoslar metallar va gidroksil guruhidan tashkil topgan murakkab moddalardir. Ularning umumiy formulasi Me(ON)n . Me metal atomi, n- metallning valentligi.
Elektrolit sifatida asoslarning dissosilanishida metall kationi va gidroksil anioni hosil bo`ladi.
Bunday moddalar eritmasida lakmus indikatori ko`k rangga, fenolftalein indikatori qizil pushti rangga kiradi. Ishqorlar eritmalari to`qimalarni emirish xossasiga ega. Agar asos ko`p kislotali bo`lsa dissotsilanish bosqichli boradi. Asoslarning kislotaligi ulardagi gidroksid guruhlar soniga teng.
KOH = K+ + OH- NaOH = Na+ + OH-
Ca(OH)2 = Ca2+ + 2OH- Mg(OH)2 = MgOH+ +OH-
Al(OH)3 = Al(OH)2+ +OH- MgOH+ = Mg2+ + OH-
Al(OH)2+ = AlOH2+ + OH-
AlOH2+ = Al3+ + OH-
Suvda eriydigan asoslar ishqorlar deyilib, ularga LiOH, NaOH, KOH, RbOH, , CsOH, Ca(OH)2, Sr(OH)2, Ba(OH)2 kiradi. Ular to`liq dissosilanadi. Ishqor so`zi “o`yuvchi” ma`nosini beradi.
Suvda erimaydigan asoslar oz dissosilanuvchi moddalar qatoriga kirib, odatda bunday asoslar bosqichli dissosilanadi. Masalan: Cu(OH)2, Mn(OH)2, Fe(OH)2, Cr(OH)3, NH4OH.
Nomlanishi. Asoslarni nomlash ularga asos yoki gidroksid so`zini qo`shish orqali amalga oshiriladi. NaON natriy gidroksidi, natriy asosi, o`yuvchi natriy. Agar biror metallning bir necha gidroksidlari bo`lsa Cr(OH)2 –xrom (II) gidroksid, Cr(OH)3- xrom (II) gidroksid (III) gidroksidi va hokazo.
Olinishi. Faol metallardan bo`lgan ishqoriy va ishqoriy er metallari suvda eritilsa ishqorlarga aylanib vodorodni ajratadi:
2Na+2H2O = 2NaOH+H2
Ca+2H2O = Ca(OH)2+H2
Ba+2H2O = Ba(OH)2+H2
Metall oksidlarini suvda erishidan ham asoslar hosil boladi. Faqat I va II guruh metallarining oksidlarigina suvda oson eriydi (BeO va MgO dan tashqari).
Gidridlar, nitridlar, fosfidlar va sulfidlarning suv bilan ta`sirlashganida ham asoslar hosil bo`ladi:
CaH2+2H2O =Ca(OH)2+H2
AlN+3H2O =Al(OH)3+NH3
Ca3P2+6H2O =3Ca(OH)2+2PH3
Al2S3+6H2O =2Al(OH)3+3H2S
erimaydigan asoslar olish uchun metallarning tuzlariga ishqorlar ta`sir ettiriladi:
CuSO4+2KOH =Cu(OH)2+K2SO4
FeCl3+3NaOH =Fe(OH)3+3NaCl
FeSO4+2KOH =Fe(OH)2+K2SO4
MnSO4+2NaOH =Mn(OH)2+Na2SO4
Xossalari.Asoslar odatda qattiq moddalardir. Ularning rangi turlicha bo`lib, rang o`zgarishi ba`zan asoslarni birini ikkinchisidan ajratish imkoniyatinin beradi. Faqat NN4ON ammiakni suvda erishidan hosil bolgan va eritmada mavjud (suyuqlik).
Asoslar kislotali oksidlar bilan ta`sirlashib tuz va suv hosil qiladi. Bunday tuzlar kislotali oksidlarning tuzlariga kiradi:
2Cr(OH)3+3SO3 =Cr2(SO4)3+3H2O
6NH4OH+P2O5 = 2(NH4)3PO4 +3H2O
Cu(OH)2+SO2 =CuSO3+H2O
Asoslar qizdirilsa suv va asosli oksidlarga parchalanadi:
Fe(OH)2 =FeO+H2O
Cu(OH)2 =CuO+H2O
Mg(OH)2 =MgO+H2O
Ishqorlarga tuzlar tasir ettirilsa erimaydigan asoslar hosil bo`lishi yuqorida ko`rib chiqildi.
Amfoter gidroksidlar. Asoslarning alohida guruhini amfoter gidroksidlar tashkil etadi. Ham kislota ham asos xossasini namoyon etuvchi asoslar amfoter gidroksidlar deyiladi. Bunday asoslar qatoriga: Zn(OH)2, Be(OH)2, AL(OH)3, Sn(OH)2, Pb(OH)2, Cr(OH)3, Pb(OH)4, Sn(OH)4 va boshqalar kiradi.
Amfoter gidroksidlar kislotalar bilan ham, asoslar bilan ham ta`sir etishi mumkin. Ular kislotalar ta`sirida ham asoslar ta`sirida ham oson eritmaga o`tadi:
Be(OH)2+2HCl =BeCl2+2H2O
Be(OH)2+2KOH =K2BeO2+2H2O
Be(OH)2+2KOH =K2[Be(OH)4]
Cr(OH)3+NaOH =NaCrO2+2H2O
Cr(OH)3+3NaOH =Na3[Cr(OH)6]
2Cr(OH)3+3H2SO4 =Cr2(SO4)3+3H2O
Amfoter gidroksidlar amfoter metallarining tuzlariga ishqorlar ta`sir ettirib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |