Fanning majmuyi.
“Elektrotexnika va elektronika asoslari” – elektr energiyasi ishlab chiqarish, elektr va magnit hodisalaridan amalda foydalanish haqidagi fandir. Bu fan elektr energiya ishlab chiqarish, uni uzatish va undan foydalanish haqidagi barcha masalalarni hal qiladi. Elektr energiya–energiyaning universal bir formasi bo’lib, u quyidagi hususiyatlarga ega:
-elektr energiyani kam isrof bilan uzoq masofalarga uzatish mumkin;
-boshqa tur energiyalarga (mexanikaviy, issiqlik, yoruglik, kimyoviy va tovush) oson o’zgartiriladi:
-ishlab chiqarishni har taraflama avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirishga imkon beradi.
Elektrlashtirishni rivojlantirishga rus olimlari va muhandislari katta hissa qo’shdilar. 1802 yilda akademik V.V.Petrov elektr yoyi hosil qiladi va undan metallarni suyuqlantirishda foydalanish texnologiyalarini ishlab chiqdi.
1832 yilda P.L.Shilling strelkali telegraf ixtiro qildi, buni asosida 1839 yilda akademik B.S.Yakobi yozadigan telegraf apparatni yaratdi.
1833 yilda akademik E.X.Lens elektromagnitaviy induksiyaning asosiy qonunlaridan birini kashf etdi, 1842 yilda esa tokning issiqlik ta’sirini aniq tajribalar bilan asoslab berdi.
1834 yilda B.S.Yakobi birinchi bo’lib elektr dvigatelni ixtiro qildi, 1838 yilda esa tokning kimyoviy ta’siridan amalda foydalanishga asoslangan galvanoplastika jarayonini ishlab chiqdi.
1876 yili P.N.Yablochkov elektr shamini, 1873y. A.N.Lodigin yorug’likning elektr manbalarini takomillashtirish ustida ishlab, avval ko’mir tolali, so’ngra esa (1890 y) metall tolali cho’glanish lampasini yaratdi.
Birinchi uch fazali dvigatel, generator va transformatorlarning ixtirochisi rus elektrotexnigi M.O.Dolivo-Dobrovolskiy bo’ldi (1889-91yy).
XX asr energetika va elektrlashtirish soxasida muhim davr xisoblanadi. Chunki bu davr radio va yarim o’tkazgichlar texnikasining paydo bo’lishini, televideniyaning kashf etilishi, avtomatika va telemexanikani taraqqiy etishi, mikroelektronika va energetikaning misli ko’rilmagan darajada o’sishi, integral mikro’sxemalarning va atom energiyasining kashf etilishi va taraqqiyoti bilan chambarchas bogliqdir. Umuman elektrotexnikaning yutuqlaridan halq xo’jaligining barcha soxalarini olganda keng foydalaniladi. Ayniqsa halq xo’jaligini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish sohalarida erishilgan yutuqlarni elektrlashtirishsiz tasavvur qilib bo’lmaydi
MAVZU: ELEKTR ZANJIRLARI VA ULARNI ELEMENTLARI.
Reja:
Elektr zanjirlari.
Elektr eneriya manbai va iste`molchilarning shartli belgilari.
Elektr zanjirlarini ish rejmlari.
Elektr zanjirlari deb, elektr toki hosil qiluvchi va uni olinishini ta`minlash uchun berk yo`l hosil qiladigan qurilmalar yig`indisiga aytiladi.
Elektr zanjiri, asosan elektr energiyasining manbai YE elektr energiyasi iste`molchisi-R, birlashtiruvchi simlar hamda zanjirni ulab-uzish uchun moslama (ulagich) - U kabi elemetlardan tashkil topgan (1-rasm).
1-rasm. Elektr zanjiri.
Manbada boshqa tur energiya (issiqlik, mexanik, kimyoviy va shunga o`xshashlar) elektr energiyasiga aylanadi. Elektr energiyasini hosil qiluvchi turli manbalarning shartli belgilanishi quyidagicha:
EYUK;
Galvanik elementlar yoki akkumulyator batareyalari;
Ketma-ket ulangan galvanik elementlar;
Termometrlar;
Fotoelement;
O`zgarmas tok mashini generatori;
O`zgaruvchan tok elektr mashina generatori.
Elektr energiya ist`yemolchilarda boshqa tur energiyalarga aylanadi. Elektr energiya iste`molchilari sxemalarda quyidagicha belgilanadi:
Zaryadlanuvchi akkumulyator;
O`zgarmas tok dvigateli;
Elektr peni;
Chuglanma lampa.
Elektrotexnik qurilmalarni ulab uzish uchun kommutatsion (qurilmalar) apparatlar ishlatiladi (uzgichlar, ulagichlar, tumblerlar, va sh. o`.). Elektr zanjirlarini kommutatsion apparatlari quyidagicha belgilanadi:
Bir qutbli (uzgich);
Pereklyuchatel;
3 fazali ulagich (rubilnik).
2-rasm. Sodda o`zgarmas tok zanjiri
Zanjirdan o`tayotgan elektr tokining qiymati yoki kuchi o`tkazgichning ko`ndalang kesimidan vaqt (t) birligi ichida o`tayotgan elektr zaryadlarining miqdori -q Bilan aniqlanadi, ya`ni tok kuchi zaryadlarning xarakat tezligiga proporsional kattalikdir:
Agar zanjirdan o`tayotgan tokning yo`nalishi va qiymati vaqt davomida o`zgarmas bo`lsa, bunday tok o`zgarmas tok deyiladi va quyidagicha belgilanadi:
Elektrotexnik qurilmalarda o`tadigan energetik jarayonlar juda murakkab bo`lib elektromagnit maydonlarini hosil bo`lishi hamda ularni ifodalovchi miqdorlarni o`zgarishi Bilan bog`liq. Ularni ifodalash uchun elektromagnit maydonlarni ifodalovchi vektor, elektr va magnit miqdorlari talab qilinadi, ya`ni elektr E, magnit maydoni N kuchlanganliklari, magnit induksiyasi V, elektr toki zichligi j va boshqalar. Lekin ko`p hollarda elektrotexnik qurilmalarni asosiy hususiyatlari fizika kursidan ma`lum integral tushunchalar orqali ham ifodalanishi mumkin: tok, EYUK, kuchlanish.
ELEKTR ZANJIRLARINI ISH REJIMLARI.
Nominal rejim: Elektr qurilmasining nominal parametrlari, odatda, uning pasportiga ko`rsatilgan bo`ladi. Elektr qurilmalarining nominal parametrlari ichida eng xarakterlisi nominal kuchlanish va nominal tok hisoblanadi.
Nominal quvvat nominal tok va nominal kuchlanish orqali topiladi.
Salt ishlash rejimi deganda tashqi zanjir manbadan ajratilgan va uning R qarshiligiamalda cheksizga teng bo`lib (R ) zanjirdan tok o`tmagandagi (I 0) holat tushuniladi. Bu holda manba qismlaridagi kuchlanish "U" uning EYUKga teng bo`ladi (E Y ).
3-rasm. Salt ishlash rejemini harakterlovchi sxema.
Qisqa tutashuv rejimi deb zanjir elemetlarining qarshiliksiz o`zaro ulanib qolishiga aytiladi (4-rasm). Elektr qurilmalari uchun qisqa tutashuv rejimi salbiy holat hisoblanadi. Chunki zanjirning qisqa tutashuv bo`lgan paytida qarshiligi bo`lishi natijasida qisqa tutashuv toki nominal qiymatidan bir necha marta ortib ketadi. Elektr qurilmalarini bu tokdan himoyalash uchun zanjirni shikastlangan joyini tarmoqdan avtomatik ravishda uzib qo`yadigan himoya qurilmalaridan foydalaniladi.
1-rasm. Elektr zanjiri.
Manbada boshqa tur energiya (issiqlik, mexanik, kimyoviy va shunga o`xshashlar) elektr energiyasiga aylanadi. Elektr energiyasini hosil qiluvchi turli manbalarning shartli belgilanishi quyidagicha:
EYUK;
Galvanik elementlar yoki akkumulyator batareyalari;
Ketma-ket ulangan galvanik elementlar;
Termometrlar;
Fotoelement;
O`zgarmas tok mashini generatori;
O`zgaruvchan tok elektr mashina generatori.
Elektr energiya ist`yemolchilarda boshqa tur energiyalarga aylanadi. Elektr energiya iste`molchilari sxemalarda quyidagicha belgilanadi:
Zaryadlanuvchi akkumulyator;
O`zgarmas tok dvigateli;
Elektr peni;
Chuglanma lampa.
Elektrotexnik qurilmalarni ulab uzish uchun kommutatsion (qurilmalar) apparatlar ishlatiladi (uzgichlar, ulagichlar, tumblerlar, va sh. o`.). Elektr zanjirlarini kommutatsion apparatlari quyidagicha belgilanadi:
Bir qutbli (uzgich);
Pereklyuchatel;
3 fazali ulagich (rubilnik).
2-rasm. Sodda o`zgarmas tok zanjiri
Zanjirdan o`tayotgan elektr tokining qiymati yoki kuchi o`tkazgichning ko`ndalang kesimidan vaqt (t) birligi ichida o`tayotgan elektr zaryadlarining miqdori -q Bilan aniqlanadi, ya`ni tok kuchi zaryadlarning xarakat tezligiga proporsional kattalikdir:
i dq
Do'stlaringiz bilan baham: |