3. Laboratoriya ishini o‘tkazishda qo‘llaniladigan texnik vosita, jixoz va qurilmalar: Elaklar, tarozi.
Laboratoriya ishini o‘tkazishda foydalaniladigan o‘quv materiallari: ko‘rgazmali qurollar, natural namunadagi qurilish materiallari, virtual namunadagi o‘quv-laboratoriya materiallari, hisoblash jadvallari.
Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati.
1.
2.
3.
FANNING LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARI MAZMUNI.
LABORATORIYA ISHI № 18
YIRIK TO’LDIRUVCHILARNING HAQIQIY ZICHLIGINI, O’RTACHA ZICHLIGINI VA TO’KMA ZICHLIGINI ANIQLASH
1-Ish. Yirik to’ldiruvchilarning haqiqiy zichligini aniqlash
1. Laboratoriya ishini o‘tkazishdan maqsad: Talabalarda yirik to’ldiruvchilarning haqiqiy zichligini aniqlash to‘g‘risida tushunchani hosil qilish va aniqlash ishlarini laboratoriya sharoitida tushuntirish.
2 . Laboratoriya ishini o‘tkazish tartibi. Shag‘al donalarining haqiqiy zichligi piknometr yordamida aniqlanadi. Namuna 10 mm dan yirik bo‘lsa 0,5 kg, 10 mm gacha bo‘lsa 1 kg, 40 mm bo‘lsa 2,5 kg, 70 mm bo‘lsa 5 kg olinadi. Namunadagi chang-to‘zon cho‘tkada tozalanadi, yirikligi 5 mm dan yirik bo‘lmagan darajada maydalanadi. So‘ng tarozida 150 g tortib olinadi, 1,25 mm dan oshmaydigan darajada maydalanadi va 30 g olinadi. Olingan kukun 105-1100S haroratda massasi o‘zgarmaydigan holga kelguncha quritiladi Quritilgan shag‘al kukunidan ikki marta 10 g dan tortib olinadi va ular alohida-alohida piknometrga (10 g dan) solinadi. Piknometrlar toza, quritilgan va tarozida tortib massasi aniqlangan bo‘lishi lozim. Solingan har bir piknometr tarozida tortiladi. Keyin ularga (hajmining 2/3 qismigacha) distillangan suv quyiladi va aralashtiriladi, keyin piknometrlar qumli yoki suvli vannaga qiya holda joylanadi. SHag‘al kukuni zarralaridagi havo pufakchalarini chiqarib yuborish uchun piknometrdagi suv (qum) qaynatiladi. Havo pufakchalari chiqib ketgach, piknometr latta bilan artiladi, uy haroratigacha sovitiladi. Piknometrga qo‘shimcha distillangan suv (bo‘ynidagi chiziqchaga etkazib) quyiladi va tarozida tortiladi. Keyin piknometrdan suv va shag‘al kukuni bo‘shatib olinib, piknometr yaxshilab chayiladi va bo‘ynidagi chiziqchaga etkazib distillangan suv quyiladi va yana tarozida tortiladi. Shag‘al donalari orasidagi haqiqiy zichligi 0,01 g/sm3 gacha aniqlikda hisoblanadi.
quruq shag‘alning massasi –. . . g.
shag‘al bilan siqib chiqarilgan suv hajmi- . . . sm3.
shag‘al tosh donalari zichligi- . . . g/sm3.
Hisoblash formulasi:
Bu yerda: -piknometrning qum bilan birgalikdagi massasi, g;
-bo‘sh piknometrning massasi, g;
-piknometrning distillangan suv bilan birgalikdagi massasi, g;
-distillangan suv va qum solingan piknometrning havo pufakchalari chiqarilib tashlagandan keyingi massasi, g.
- suvning zichligi, 1 g/sm3 ga teng.
3. Laboratoriya ishini o‘tkazishda qo‘llaniladigan texnik vosita, jixoz va qurilmalar: Piknometr, tarozi, quritish javoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |