Fan bo’yicha bilim, malaka va ko`nikmaga qo’yiladigan talablar
Mexanizmlar va mashinalar nazariyasi va uning asosiy bo’limlari. Mexanizm va mashinalar nazariyasi fanining rivojlanish tarixi. Mexanizm va mashinalar nazariyasi fanini texnikaviy va maxsus fanlar bilan bog’liqligi.
Asosiy tushunchalar. Kinematik juftlar va kinematik zanjirlar. Mexanizm kinematik zanjirni xususiy xoli. Mexanizmning tuzilish formulasi. Mexanizmlarning asosiy turlari to’g’risida ma’lumot.
Tekislikda harakatlanuvchi mexanizmlar klassifikatsiyasi. Mexanizmlarning ratsional klassifikatsiyasiga nisbatan qo’yilgan talablar. Tekis mexanizmlarning tuzilish klassifikatsiyasi.
Tekis mexanizmlar kiinematikasi Richagli mexanizmlarning kinematikasini tekshirish. Mexanizmlarning kinematik tekshirish masalalar va metodlari. Mexanizmlarning turli vaziyat planlari. Mexanizm bo’g’inlarining alohida nuqtalarini troektoriyasini qurish. Mexanizmlar kinematiksini grafik tekshirish. Kinematik diagrammalar metodi. Tekis mexanizmlarning tezlanishlarini tezlanishlar plani metodi yordamida aniqlash. Tekis mexanizmlarning kinematikasini analitik tekshirish.
Kulachokli mexanizmlar. Tekislikdagi va fazodagi kulachokli mexanizmlarning asosiy tiplari, qo’llaniladigan sohalari, afzalliklari va kamchiliklari. Kulachokli mexanizmni kinematikasini tekshirish. Qaytarma harakat metodi. Kulachokli mexanizmlarning sintezi. Kulachokni profillash tug’risida tushuncha. Berilgan shartlar bo’yicha kulachokli mexanizmlarni loyihalash. Kinematik loyihalash. Dinamik loyihalash. Harakatni uzatish burchagi xaqida tushuncha; kulachok profilining dinamik loyihasini tuzish.
Aylanma harakatni uzutish uchun qo’llaniladigan qattiq zvenoli mexanizmlar. SHestrnyali mexanizmlar va ularning turlari. Vazifasi va qo’llaniladigan sohalari. Evaliventa bo’yicha ilashish va uning xossalari. Ilashishning asosiy qonuni. SHestrnyali murakkab mexanizmlar. Qo’zg’aluvchi o’qli shestrnyali mexanizmlar. (Epitsiklik mexanizmlar). Planetar va differentsial mexanizmlar va ularning kinematikasi.
Mexanizmlar dinamikasi. Mexanizm va mashinalar dinamikasinng asosiy masalalari. Mashinalarga ta’sir qiluvchi kuchlar klassifikatsiyasi. Mashina harakatining asosiy tenglamasi va uni tahlili. Mashinaning mexanik foydali ish koeffitsienti. Mashina agregati tarkibiga kiruvchi mexanizmlarning ketma-ket, parallel va aralash biriktirilganda mexanik foydali ish koeffitsienti.
Mexanizmlarning kuch hisobi masalalari. Kinetostatika. Mexanizm zvenolaridagi inertsiya kuchlarini aniqlash. Kinematik zanjirning statik aniqlik shartlari. Tekislikdagi mexanizmning kuch hisobini olib borish tartibi. Muvozanatlovchi kuch va moment. Jukovskiy metodi.
Kinematik juft elementlaridagi ishqalanish kuchlari. Ishqalanish turlari, ishqalanish qonunlari. Ilgarilanma va aylanma kinematik juft elementlaridagi ishqalanish. Yumalab ishqalanish. Oliy kinematik juftlardagi ishqalanish.
Massalarni muvozanatlash Bo’g’inlarni muvozanatlovchi massalar. Aylanuvchi zvenolarning muvozanat bo’lmaslik sabablari. Aylanuvchi massalarni statik va dinamik muvozanatlash. Bir tekislikda va parallel tekisliklarda aylanuvchi massalarni muvozanatlash. Mexanizm harakati to’g’risidagi masalani uning yetakchi bo’g’inining harakati to’g’risidagi masalasiga keltirish, keltirilgan kuch va moment xaqida tushuncha. Keltirilgan massa va enertsiya momenti xaqida tushuncha.
Mashina harakatini bir me’yorda saqlash nazariyasiga oid asosiy tushunchalar. Mashinaning davriy va mavriymas xarakati. Mashina agregat bosh vali burchak tezligining davriy o’zgarishini moxavik yordamida sozlash. Mashina bosh vali burchak tezligining davriymas o’zgarishini tezlik regulyatorlari yordamida sozlash nazariyalari xaqida asosiy ma’lumotlar.
Manipulyatorlar. Manipulyatorlarning turlari, manipulyatorni boshqarish tizimlari, manipulyatorni tuzilishi va sintezi (loyixalash), sanoat robotlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |