Darsning mazmuni:
Pedagogik muloqot jamoaviy ijtimoiy-psixologik hamkorlik tizimidir. Shunga mos ravishda muloqotning quyidagi yonalishlarini farqlash mumkin: 1) pedagogning alohida oquvchilar bilan muloqoti; 2) pedagogning alohida oquvchilar vositasida oquvchilar jamoasi bilan boladigan yalpi muloqoti; 3) pedagogning jamoa orqali alohida oquvchilar bilan boladigan muloqoti. Shuni qayd etish kerakki, muloqotning mazkur yonalishlari bir biri bilan aloqadorlikda sodir boladi va hokazo. Pedagogik faoliyatda muloqotning jamoaviyligi bu faqatgina faoliyatning kommunikativlik tomoni bolibgina qolmasdan, balki pedagogik muloqotning muhim qonuniyatlaridan biridir. Muloqotga doir olib borilgan izlanishlar shuni korsatadiki, pedagogik muloqot jarayonida muloqotga kirishuvchilarning ozaro oz-ozini namoyon qilishi, pedagog va oquvchilarning ozaro kommunikativ oz-ozini ifodalashi yuz beradi, bu esa pedagog va oquvchilarning ijodiy hissiyotiga bevosita tasir korsatadi. Bunday ozaro oz-ozini namoyon qilish pedagog va oquvchilarning emotsional hissiyoti uzviyligi asosida yuz beradi, uni mustahkamlaydi, emotsional birlik natijasi sifatida namoyon boladi. Mazkur tasir pedagogik muloqotning mazmuniy tomoniga katta tasir korsatadi, oquvchilar bilish jarayoniga samarali tasir qiladi. Muayyan darajada pedagogik hamdardlik yuzaga keladi. Oqituvchi mazkur hamdardlikni faollashtiruvchi sifatida tasir korsatadi va oquvchilarni muammoni yechishga, izlanishda hamkorlikka undaydi, negaki u tomonidan oquvchilar bilan boladigan hamdardlik, oz navbatida, pedagogning oziga ham tasir korsatadi. Sinf jamoasining yalpi ravishda va har bir oquvchida alohida roy beradigan emotsional holatini anglash va baholash nihoyatda muhim bolib, axborotni anglash darajasini aniqlash korsatkichidir. Bunday pedagogik konikma haqida oz vaqtida A.S.Makarenko shunday degan edi: korish, oddiygina jismoniy korishni rivojlantirish kerak. Bu tarbiyachi uchun zarurdir. Inson va bola yuziga qarab oqishni bilish lozim va bunday oqish hattoki maxsus kursda oz ifodasini topishi lozim. Inson yuziga qarab uning qalbida kechayotgan fikrlarni oqiy olishda hech qanday mistika va ayyorlik mavjud emas. Pedagogning bunday qobiliyati uning faoliyatini malum darajada badiiy ijodga yaqinlashtiradi, bunday qobiliyat boshqalar kora olmaydigan narsalarni kora olishni nazarda tutadi, hodisalarning estetik mazmunini aniqlashtirishga xizmat etadi. Yaxshi koz mehnatni talab etadi, - deb yozgan edi K.Paustovskiy, - korish ustida ishlang, dangasalik qilmang. Uni aytish mumkinki, tarang tor kabi tuting. Bir oy, ikki oy davomida hamma narsaga chuqur fikr orqali qarang, bularni turli boyoqlarda ifodalashga harakat qiling. Tramvayda, avtobusda, hamma yerda insonlarga ana shunday koz bilan qarang. Ikki uch kundan song insonlar yuzida ilgari ondan birini ham payqamaganligingizga inonasiz. Ikki oydan song siz korishga organib qolasiz va bunga endi ozingizni majbur etmasangiz ham boladi. Kundalik muloqot tizimida, insonlarning shaxsiy ozaro aloqalarida axborot berishda suhbatdoshdagi har qanday ozgarish izsiz qolmaydi. Eng muhimi bunday reaksiyalar togridan togri olinadigan javoblardan kora koproq axborot tashish xususiyatiga ega.
Psixologiya fani boshqa insonlar gap ohangi, yuz harakatlari va boshqa yaqqol kozga tashlanadigan harakatlardan ularning emotsional holatini aniqlash tajribasiga ega. Biroq pedagogik muloqot doirasida bunday masalalar asosli ravishda tadqiq etilmasdan qolmoqda. Shu bilan bir qatorda emotsional qiziqishlarni anglab olish qobiliyati, ularga mos axborotlarni qabul qilish darajasini bilish pedagog uchun juda foydalidir. Tajribali oqituvchi sinfda mavzuni tushuntirib oquvchilarga bir boqish bilan mavzuni oquvchilar qay darajada ozlashtirishganini aniqlay oladi. Ana shunday konikmani pedagogda shakllantirish kasbiy tayyorgarlikning tarkibiy qismi bolmogi lozim.
Pedagogik muloqotda oqituvchi bilan oquvchining bir birini mutanosib ravishda tushunishi favqulodda muhimdir. Bu oquv tarbiya jarayonini korreksiyalash va intensifikasiyalash imkonini beradi. Talim jarayonida ozaro togri tushunishni tashkil qilishda muhim rolni emotsional empatik va identifikasiyalash oynaydi. Ozini bola bilan emotsional birlashtirish, uning hissiyoti va fikrlari bilan yashash, bu demak, uning fikrlari va qaygularini adekvat tushunish hoyatda murakkab vazifa. A.S.Makarenko xuddi ana shunday konikmani egallashga chaqirgan edi. Oqituvchining oquvchi psixologik holatiga kira olishi psixologik nuqai nazardan qaraganda goyat bebaho xususiyatdir. Negaki, suhbatdosh haqidagi tasavvur unga korsatiladigan tasir usulini togri tanlash imkonini beradi. Suhbatdosh haqida togri tasavvurga ega bolish bunday tasir korsatish sharti va samaradorligidir.... Pedagog U.P.Korolenko Uchitelskaya gazetada quyidagilarni yozgan edi: Agarda hissiyot oziga mos aks etish bilan izohlanmasa, ozaro bir-birini anglash imkoniyatini keskin pasaytirib yuboradi. Bunga sabab nima? Emosional madaniyatning past darajada ekanligi, emotsional qaygurishlar shakli hamda begonalar hissiy holatini oqiy olish konikmasiga ega emaslik buning asosiy sababidir. Pedagog uchun bu halokatdir.
Shunday qilib, emotsional birlikka erishuv pedagogik muloqot jarayonining muhim tarkibiy qismi hisoblanib, tasir etishni tashkil etish oldidan va undan songgi muhim elementdir. Uning quyidagi tuzilishi qayd etiladi: Emotsional (Pedagogik), Emotsional Pedagogik birlik tasir etish birlik tasir etish. Bu orinda emotsional birlik oldin sodir boluvchi element sifatida keladi (prognostik) va yakunlovchi (baholovchi aniqlashtiruvchi). Kasbiy pedagogik funksiyasi ana shulardan iboratdir.
Endi sizning talabalik tajribangizga murojaat qilamiz. Eslang, imtihon oluvchiga javob berish qaysi holatda yengil bolgan edi: u sizni diqqat bilan eshitgan, kozingizga tik qaragan, boshini qimirlatgan paytdami va hokazo, yani siz bilan muloqotga kirishganda ozida qiziqish hosil qilganda, yoki jim otirib eshitgandami, javobingizdan mamnun yoki mamnun ekanligini bildirmagan holatdami? Albatta, tabiiyki birinchi holatda imtihon topshirish muhimi ancha yoqimli, bu orinda pedagogning manfaatdorligi yorqin aks etgan, u talab bilan qaygudosh, hamdard. Ikkinchi holda kop talabalar, hatto alo daradaja tayyorlangan talabalar ham imtihon oluvchining sovuq nigohi, befarq munosabati qarshisida sozdan adasha boshlaydi va hokazo.
Bunday xususiyat kop darajada bolalar auditoriyasida ozini yaqqolroq namoyon qiladi. Qachonlardir Oqituvchilar gazetasi bu haqda oz fikrini bildirgan edi. Tarix fanidan dars beruvchi maktab direktori darsga kasal holatda keladi. Uning qoloq ozlashtiruvchi oquvchilar bilan shugullanishga holi yetmay, alochi qizni javob berish uchun turgizadi. U alochi oquvchining pala partish javobidan hayratda qoladi. Darsdan song qizdan nimaga bunday boldi deb soradi. Sizga qachon javob bersak, - dedi u, - siz odatda bosh irgab diqqat bilan eshitar edingiz, notogri javobimizni togrilardingiz. Bugun esa mening javobimga hech qanday etibor bermadingiz, men oz javobimning togriligiga shubhalana boshladim, togri gapirayapmanmi deb adasha boshladim va hokazo.
V.N.Soroka Rossiyskiy oquchilar bilan haqiqiy, faol hamdard pedagog haqida quyida qiziq hikoyani keltiradi: Qiziqqon, bugdoy rang, favqulodda irodali aft, kavkazlarga xos basharaga ega bolgan, gilosdek kozli hamda nihoyatda keng diapozonli emotsional reaksiyaga ega bolgan yigitchani koz ongizga keltiring. Oquvchi doskada tenglama yechmoqda, oqituvchi hamdardona uning harakatini kuzatmoqda. Oquvchi adashdi oqituvchi yuzida hayajonlanish. Oquvchi qiyinchilikni yengib otadi oqituvchi yuzida xotirjam tabassum aks etadi. Biroq oquvchi yana toxtab qoldi, yanada adasha boshladi, yanada koproq va koproq adasha boshladi oqituvchi ornidan turib, stol ustiga qoplon misol engashadi, xuddi hozir sakraydigandek. Oquvchi mutlaqo adashib ketadi va qopol xatoga yol qoyadi. Shunda oqituvchi bir qoli bilan boshini changallab, ikkinchi qolini yuqoriga kotarib sinfga qarata fojiali xitob qiladi: Yoq, siz bir qarang, bu tentak nima deb yozdi! keyin doska tomonga tashlanib tentakning qolidan borni tortib oladi hamda gazabidan tutaqib, borni ezgan holda yol qoyilgan xatoni togrilaydi, songra oquvchiga matematika fani oldida qanday jinoyat qilganini uqtiradi, unga borni qaytarib beradi, oquvchi tenglama yechishdan muvaffaqiyatli ravishda qutuladi. Oqituvchi esa stulga Gerkulesga taqlidan otirib olib, korsatgan jasoratidan song dam olayotgan oz shogirdiga kulib qaraydi, uning muvaffaqiyatidan mamnun ekanligini oshkor etadi. Bunday darslarda ishtirok etgan pedagoglar ozlarini kulgudan zorga tutib qolishadi. Biroq ular oquvchilarga mutlaqo boshqacha tasir etadi: bolalar oqituvchining bunday oq kongil harakatlaridan mamnun bolishadi; ular oz ortoqlarining notogri harakatlaridan sergaklanishdi, oqituvchilari kabi uning muvaffaqiyatsizligidan qaygurishdi, hatto qoyib bersa unga tashlanishga tayyor edilar, oquvchining ozi ham oz gunohini toliq tan oldi, u tenglamani muvaffaqiyatli yechganda esa birgalashib quvonishdi.
Bu oqituvchi matematika fani oquvchilari uchun sevimli fan bolishiga erisha oldi.
Endi bunga mutlaqo zid bolgan V.N.Soroka Rossiyskiy kolleksiyasidan boshqa bir epizodni keltiramiz. Bizda mutlaqo boshqa formasiyaga daxldor oqituvchi bor edi, - deb yozadi u. Uni A.M. deb nomlaymiz. U tabiatshunoslikdan dars berar, berganda ham juda yaxshi dars berar edi. U oz predmetini sevar va oz tadqiqotchi oquvchilari yordamida tabiatshunoslikka doir har xil kolleksiyalar yigar edi. Biroq u oz predmetini D. ga nisbatan boshqacha sevardi. Agar D. matematika fanini fidoiylarcha sevgan bolsa, u tabiatshunoslik fani oziga xizmat qilishini xohlar edi. U doimo xotirjam, bosiq, xushmuomala va etiborli bolib, darslarni oz vaqtida otar, ozini yaxshi boshqarar yiqqan kolleksiyasi misol hamma ishi joyida. U doim xotirjam, darsda ozini erkin tutar, tarbiyaviy navbatchilikda namunali oqituvchi edi. Etiroz bildirganda ovozini kotarmas, biroq qatiy talabchan edi, aybdorlarni ham xotirjamlik bilan jazolardi. Uni adolatsizlik qilishda, talabchanlikni haddan oshirishda ayblab bolmasdi. Biroq shunga qaramay oquvchilarning aksariyati, tabiatshunoslik faniga mukkasidan ketganlardan tashqari, bu xassos oqituvchini sevmasdi. Kopincha ozlari bilmagan holda unga qopollik qilishardi. Buning sababi bitta edi: u ular uchun na issiq va na sovuq, befarq, iliq edi, oz fanini sevar, uni yaxshi va vijdonan oqitar, oquvchilar esa uning uchun oqitish obyektigina edi, xolos. U oquvchilarning omadsizligidan kuyinmas, muvaffaqiyatlaridan quvonmas edi. U nihoyatda xotirjam, oquvchilar esa buni sezishardi:
Yuqorida keltirilgan oqituvchi tiplarida borttirish mavjud bolsa da, sozsiz oqituvchining oz ishiga bolgan shaxsiy qiziqishi, bolalarga bolgan muhabbati muhim rol oynaydi.
Pedagogik muloqotda tezkor emotsional hamdardlik muhim kasbiy element hisoblanadi.
Agar siz bolar bilan boladigan muloqotingizda optimallikka erishmoqni istasangiz, moljal olishingiz uchun oziga xos yoriqnomani tavsiya etamiz:
Sinfga hushyor, oziga ishonch, serharakat holatda kirish.
Muloqotning boshlangich davrida umumiy ruhiyat hushyor, mahsuldor, ishonchli bolmogi kerak.
Kommunikativ tabga egalik: muloqotga tayyorgarlikning yorqin ifodalanishi.
Kommunikativ tashabbus, emotsional tab va faoliyat, sinfga mazkur hissiy holatni bera bilish.
Darsda kerakli emotsional holatni yarata bilish.
Dars davomida oz hissiyoti va bolalar bilan boladigan muloqotini boshqara bilish (muvozanatli emotsional holat, har qanday holatda boshqara bilash qobiliyati, ruhiyatdagi notekislik).
Mahsuldorlik.
Muloqotni boshqarish: tezkorlik, londalik, oz shaxsiy usulini his etish, muloqot va tasir etish metodlari uzviyligini tashkil eta bilish qobiliyati.
Til (yorqin, obrazli, emotsional tolaqonli, yuksak madaniyatli).
Mimika (energetik, yorqin, pedagogik maqsadga muvofiqlilik)
Patomimika (ifodali, imo ishoralar mosligi, plastik obrazlilik, ishoralardagi tolaqonlilik).
Yakuniy. Muloqotning umumiy tavsifnomasi.
Biroq bu texnologik usullarning barchasi faqatgina bosh shartsharoit mavjud bolgandagina pedagoglik kasbiga qiziqish, oqituvchilik ishiga mansub did farosat, bolalarga bolgan muhabbat bolgan taqdirdagina ijobiy natija beradi. Boshqacha qilib aytganda pedagog shaxsining kasbiy pedagogik yonalganligi bu orinda muhim rol oynaydi.
Xulosa
Shunday qilib, pedagogik muloqotda yuz beruvchi ziddiyatlarning oldini olish uchun pedagog har bir oquvchi bilan mahoratini ishga solib muomala qilishi kerak. Oquvchilarga obyekt emas, balki subyekt sifatida qarasagina ziddiyatli vaziyatlarni oldini olishga erishgan boladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |