Uyg‘onish
davri falsafasi
Uyg‘onish
davri ilk burjuaziya inqiloblarining
g‘oyaviy
va madaniy taraqqiyotining tarixiy jarayoni sifatida ifodalanadi.
yevropa mamlakatlarida XII-XIII asrlardayoq sanoat, savdo-sotiq, dengizda
yurish rivoji va harbiy ishning
o‘sishi
kuzatiladi.
O‘rta
asrlarning
ilohiyotchiligi bilan kurashda birinchi
o‘ringa
insonparvarlik va inson
maqomini
ulug‘lash
(antropotsentrizm)
qo‘yildi
. yerdagi dunyoviy ishlarga
nafrat bilan qarash
o‘rniga
insonning ijodiy qobiliyati, aqli, baxt-saodatga
intilishini tan olish
qo‘yiladi
. Insonparvarlik
g‘oyalarini
amalga oshirish
o‘tmishdagi
yutuqlarni
o‘zlashtirishni
taqozo etar edi, shuning uchun
qadimgi davr falsafiy boyligini egallashga intilish boshlandi.
Uyg‘onish
bu
eng avvalo qadimgi davrda yaratilgan asarlarni ozodona anglash
bo‘lib
,
tayyor va
o‘zgarmaydigan
haqiqatlardan yuz
o‘girishdir
. Qadimgi davr
faylasuflari gap tekizib
bo‘lmaydigan
obrumand odamlardan
ko‘ra
,
ko‘proq
ittifoqdosh shaxslar sifatida qabul qilina boshladilar. Olimlar va faylasuflar
endi yopiq maktablarning vakillari sifatida emas, balki alohida olingan
tadqiqotchilar sifatida namoyon
bo‘la
boshladilar. Voqyeylik
ko‘proq
hisobga olinadigan
bo‘lib
, diqqat-e'tibor amaliy ahamiyat va foyda
keltiradigan masalalarga qaratiladigan
bo‘ldi
. Aqlni sxolastikadan qutiltirish
boshlandi va faqat mantiqiy muammolardan
ko‘ra
dunyo va insonni tabiiy -
ilmiy tushunishga
o‘girilindi
.
Nikolay Kuzanskiy (1401-1464) ta'limotida inson bilimining kuch-qudrati
ta'kidlandi; insonning
o‘zi
ijodiy aqliy faoliyatining («inson uning aqlidir»)
vositasida qandaydir xudoga
o‘xshash
ekanligiga ishora qilindi.
Kuzanskiyning faoliyatida dialektika unsurlarini ham topish mumkin. Inson
maqomini yuqori
ko‘tarish
g‘oyasi
Piko della Mirandola (1463-1494)
ijodida asosiy
o‘rin
tutadi. Inson tanlash erkinligiga ega va bu uni koinotga
bog‘lab
qo‘ymaydi
va ijodiy qobiliyatini
o‘z
-
o‘zicha
namoyon qila olishligini
ta'kidlaydi.
Nikolay Kopernikning (1473-1543)
«Samoviy doiralarning aylanishi haqida»
asari astronomiyada inqilob yasadi,
negaki, quyidagilarni o‘z ichiga olgan
geliotsentrizm sistemasini ta'kidladi: 1.
yer Koinot markazida harakatsiz
ravishda mavjud bo‘lmasdan, balki o‘z
o‘qi atrofida aylanadi; 2. yer Quyosh
atrofida aylanadi.
Yangi zamon yevropa falsafasi
Uyg‘onish
davri falsafasi falsafiy mushohada
yuritishning mazmuni va usuliga yangi
yo‘llar
qidirish bilan belgilanadi.
Tajribaga asoslangan bilimlar rivoji sxolastik usulni voqyey dunyoga
qaratilgan yangi tarzdagi usul bilan almashtirishni taqozo qilar edi. Falsafiy
tafakkurning yangi usulini yangi zamon falsafasi sifatida ifodalash mumkin.
Taxminan XVI asrning oxiri
–
XVII asrning birinchi yarmida iqtisodiy
rivojlanishning markazi asta-sekin Angliya, Niderlandiya va, qisman,
Fransiyaga
ko‘cha
boshladi. Eng
ko‘p
darajada ishlab chiqilgan fanlar
matematika va mexanika
bo‘lib
qoldi. Mutafakkirlar aynan mexanikani
butun dunyoviy borliq sirlarini ochib beradigan kalit deb tushundilar.
Nyutonning kashfiyotlari dunyoni
o‘rab
turgan hodisalarning mexanik
sababiy
bog‘lanishda
ekanligi haqidagi tasavvurlarni mustahkamladi.
Nyuton qarashlarida mexanik sababiyat chuqur matematik asoslarga ega
ekanligini topdi. Shu bilan birga, mexanika harakatni qabul qilsa ham,
taraqqiyotni rad etadi, shuning uchun ham
o‘sha
davr olim va
faylasuflarining fikrlash tarzi
ko‘proq
metafizik edi.
Yangi zamon moddiyunchiligining otasi ingliz faylasufi F.Bekon (1551-1626)
edi. Uning fikricha, falsafa avvalo amaliy xususiyatga ega
bo‘lmog‘i
lozim:
agar u sxolastikachiligida qolsa, u haqiqiy
bo‘la
olmaydi. Shuning uchun
ham yangi fan
bo‘lgan
tabiatshunoslikning tajribaviy usulini ishlab chiqish
Bekongagina nasib etdiki, u unda insonning tabiat ustidan kelajakdagi
kuch-qudrati va hokimiyatining garovini
ko‘rdi
. Ammo bunday hokimiyatga
faqat uning qonunlari ketidan boribgina erishish mumkin. Fanlarning
xulosalari aniq dalillarga tayanishi va undan keng umumlashmalarga
ko‘tarilishi
lozim.
Tajribaga asoslangan bilimlarga Bekon tomonidan ishlab chiqilgan va
qo‘llanishga
tavsiya etilgan induksiya, ya'ni kuzatish, tahlil qilish,
solishtirish va tajriba
o‘tkazishdan
tarkib topgan usul muvofiq kelar edi.
Ammo tajriba faqat shundagina haqiqiy bilim berishi mumkinki, qachonki
ong
yolg‘on
sanamlar va timsollardan ozod
bo‘lgan
bo‘lsa
. Nasl timsollari
–
bu shunday
adashishdirki, inson tabiat haqida kishilar hayoti kabi muhokama
yuritishidan kelib chiqqandir;
g‘orlarning
timsollari ayrim odamlarning didi va hatti-harakatlari
ko‘nikmasi
tufayli
ta'lim-tarbiya bilan
bog‘liq
ravishda kelib chiqqan ayrim kishi xususiyatidan
paydo
bo‘lgan
adashishlardir; bozor
timsollari bu dunyo
to‘g‘risida
mavjud
bo‘lgan
tasavvurlar va fikrlarni
ularga nisbatan tanqidiy munosabatsiz ravishda muhokama yuritish
odatidir; teatr timsollari obrumand kishilarga
ko‘r
-
ko‘rona
ishonchga
tayanadi. Ingliz falsafiy tafakkurining yirik vakillaridan biri Tomas Gobbs
(1588-1679) dir. «Birinchi falsafa» haqidagi
o‘z
mulohazalarida Gobbs
shuni ta'kidladiki, «jismlilik» (ya'ni modda) abadiydir, garchi ayrim jimslar
vaqtinchalik
bo‘lsa
ham. Jismliylik xususiyatlari (yoki «aksidensiyalar»)
harakat va sokinlik, rang va boshqalardir. Harakatni u jismlarning
makondagi
o‘rin
almashishi sifatida qarab chiqdi, ya'ni mexanik sifatida,
tabiatdagi barcha jismlarni nafaqat mexanizmga
o‘xshatib
, balki inson va
jamiyatni ham unga monand qildi.
Nasl timsollari
–
bu shunday adashishdirki, inson tabiat haqida kishilar
hayoti kabi muhokama yuritishidan kelib chiqqandir;
g‘orlarning
timsollari ayrim odamlarning didi va hatti-harakatlari
ko‘nikmasi
tufayli
ta'lim-tarbiya bilan
bog‘liq
ravishda kelib chiqqan ayrim kishi xususiyatidan
paydo
bo‘lgan
adashishlardir; bozor
timsollari bu dunyo
to‘g‘risida
mavjud
bo‘lgan
tasavvurlar va fikrlarni
ularga nisbatan tanqidiy munosabatsiz ravishda muhokama yuritish
odatidir; teatr timsollari obrumand kishilarga
ko‘r
-
ko‘rona
ishonchga
tayanadi. Ingliz falsafiy tafakkurining yirik vakillaridan biri Tomas Gobbs
(1588-1679) dir. «Birinchi falsafa» haqidagi
o‘z
mulohazalarida Gobbs
shuni ta'kidladiki, «jismlilik» (ya'ni modda) abadiydir, garchi ayrim jimslar
vaqtinchalik
bo‘lsa
ham. Jismliylik xususiyatlari (yoki «aksidensiyalar»)
harakat va sokinlik, rang va boshqalardir. Harakatni u jismlarning
makondagi
o‘rin
almashishi sifatida qarab chiqdi, ya'ni mexanik sifatida,
tabiatdagi barcha jismlarni nafaqat mexanizmga
o‘xshatib
, balki inson va
jamiyatni ham unga monand qildi.
Gobbs falsafiy ta'limotining mexanistik ekanligi yana shu bilan
ifodalanadiki, u
o‘zining
talqinida harakatni ikki jismning
to‘qnashuvi
natijasi sifatida
ko‘rsatib
, uni ilohiy birinchi
turtki nazariyasiga (deizm) havola qildi. Gobbsning ta'kidlashicha, barcha
bilimlarga
histuyg‘u
yordamida erishib
bo‘ladi
, shu bilan birgalikda u
o‘zining
bilish nazariyasida aqlning muhim ahamiyatini, ayniqsa uning
matematik amallarini
ko‘rsatib
o‘tdi
. Agar F.Bekon Yangi zamonning
xususiyati sifatida tabiatni
o‘rganishining
tajribaga asoslangan tajribaviy
usulini ishlab chiqishni boshlab berganligi bilan, Gobbs esa tajribaga
asoslanganlikni chuqurlashtirganligi bilan belgilab bergan
bo‘lsa
, fransuz
olimi va faylasufi
Rene Dekart (1596-1650) aksincha, tajribaga aql bergan ma'lumotlarning
oddiy amaliy tekshirish
o‘rnini
ajratib, afzallikni aqlga qaratdi.
Yangi zamon ratsionalizmining asoschisi
bo‘lgan
Dekart barcha fanlar
uchun umumiy
bo‘lgan
usulni ishlab chiqish vazifasini
qo‘ydiki
, u
ko‘p
hollarda bilimlar natijasini belgilab beruvchi inson aqlida borligi taxmin
qilingan «
tug‘ma
g‘oyalar
» yoki aksiomalar deb atalgan narsalarni taqozo
etar edi.
Tug‘ma
aksiomalar qatoriga u matematika va mantiqning
ko‘pchilik
qoidalarini
qo‘ydi
, masalan, «
to‘g‘ri
to‘rt
burchak
to‘rtdan
ko‘proq
tomonlarga ega emas». Dekartning tabiatga qarashlari mexanistik
xususiyatga ega. Xudo dunyoning mavjud
bo‘lishlik
va taraqqiyotiga
birinchi turtkini beradi, ammo keyinchalik uning rivoji moddaning mustaqil
ijodiy energiyasi orqali
rag‘batlantiriladi
.
Dekart evolyusiya
g‘oyasini
ishlab chiqqanlarning birinchilaridan biridir
(garchi mexanistik asosda
bo‘lsa
ham). U bu
g‘oyani
tabiat haqidagi barcha
soha ta'limotlariga
–
yulduzlar va sayyoralarning tashkil topishidan tortib
o‘simliklar
, hayvonlar va insonlarning paydo
bo‘lishlarigacha
tatbiq etdi.
Dekart fikricha, yulduz va sayyoralarning tizimlari moddaning quyunsimon
harakati natijasida tashkil topadilar. Dunyoviy modda cheksiz, bir xil
bo‘lib
,
bo‘shliqqa
ega emas va cheksiz ravishda
bo‘linishi
mumkin. U mexanik
qonunlar tomonidan belgilangan
to‘xtovsiz
ravishda miqdoriy va sifatiy
jihatdan
o‘zgarib
turadigan holatdadir. Tirik mavjudotlar dunyosi ham
ushbu qonunlarga
bo‘ysunadi
: hayvonlar
–
bular murakkab mashinalardir.
Inson esa, hayvonlardan farqli
o‘laroq
, aqlga ega, shuning uchun u
mexanika qonunlari doirasidan tashqariga chiqadi. Dekart moddiy javhar
bilan bir qatorda (uning tomonidan uzunlik sifatida tushuniladigan)
Xudoning va uning tomonidan yaratilgan ruhiy, fikrlovchi javhar jonning
mavjudiligini tan olishga majbur
bo‘ldi
. Shunday qilib, Dekart falsafasining
alohida xususiyati dualizm edi. Dekart uchun muhim muammo haqiqat
bilimlarni hosil qilish va usul muammosi ediki, uning vositasida ana
shunday bilim olish imkoniyati vujudga kelsin.
. Bilim mohiyati shunda ediki, har qanday bilimga yoyiladigan keskin
shubhaning taqozosi haqiqiy bilim olish imkoniyatini tasdiqlashga olib
kelishi mumkin. Men barcha narsaga shubha qilishga boshlayman, - deb
mulohaza yuritadi Dekart, negaki, shuni tushunamanki, meni yovuz va
xiylagar shayton yoki qandaydir boshqa bir aldamchi aldayapti. Ammo shu
bilan birga men shunga shubha qilmaymanki, mening shubham mavjuddir,
ya'ni fikr bordir. Shu yerdan Dekartning mashhur xulosasi sarchashma
oladi: «Men fikrlayapman, demak, men mavjudman!». Fikr haqiqiyligi va
fikrlovchi mohiyati borligidan, u ashyolar
borlig‘ining
haqiqiyligiga yetib
boradi. Dekartning bilish usulini tahliliy yoki aqliy sifatida ta'riflash
mumkin. Aqliy (ratsionalizm) - aql yoki fikrni bilish manbai va uning
haqiqiyligi me'yori deb tan oluvchi falsafiy qarashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |