11. MASSA ULUSH (miqdor asosida) ASOSIDA FORMULA TOPISH.
1. 5,44 g kalsiy nitrat kistalagidrati qizdirilganda 3,28 g suvsiz tuz qoldi, kristalagidrat formulasini toping.
A) Ca(NO3)2•6H2O; B) Ca(NO3)2•5H2O
C) Ca(NO3)2•2H2O; D) Ca(NO3)2•4H2O
2. 8,76 g kalsiy xlorid kistalagidrati qizdirilganda 4,44 g suvsiz tuz qoldi, kristalagidrat formulasini toping.
A) CaCl2•6H2O; B) CaCl2•5H2O
C) CaCl2•2H2O; D) CaCl2•4H2O
3. 8,8 g kalsiy bromid kistalagidrati qizdirilganda 6,1 g suvsiz tuz qoldi, kristalagidrat formulasini toping.
A) CaBr2•6H2O; B) CaBr2•5H2O
C) CaBr2•2H2O; D) CaBr2•4H2O
4. Tarkibida marganesning massa ulushi 49%, kislorodniki 51% bo’lgan oksid formulasini ko’rsating.
A) Mn2O3 B) MnO2 C) Mn2O7 D) MnO3
5. Tarkibida azotning massa ulushi 63,63%, kislorodniki esa 36,37% bo’lgan azot oksidining formulasini ko’rsating.
1) N2O; 2) N2O3; 3) N2O5; 4) NO; 5) NO2;
A) 3;5 B) 4 C) 2;4 D) 1
6. E3O4 tarkibli birikmada noma’lum elementning massa ulushi 72,4 % ni tashkil etadi. Elementni aniqlang.
A) Fe B) Pb C) Sn D) Mn
7. Sodaning 2,5 g kristallgidrati tarkibidagi kristallizatsiya suvi chiqarib yuborilgandan keyin 0,926 gramm suvsiz soda qoladi. Soda tarkibidagi kristallizatsiya suvining massa ulushini (%) hisoblang va kristallgidrat formulasini toping.
A) 92,68; CaCO3•5H2O
B) 62,93; Na2CO3•10H2O
C) 62,90; Na2CO3•8H2O
D) 71,28; K2CO3•10H2O
8. Agar 2,22 g suvsiz kalsiy xlorid 4,38 g kristallgidrat hosil qilsa, tuz tarkibida necha molekula suv bo’ladi?
A) 4 B) 2 C) 3 D) 6
9. Natriy gidrofosfat Na2HPO4•nH2O da 11,57% fosfor bor. Kristallgidrat tarkibidagi n ning qiymati nechaga teng?
A) 1 B) 7 C) 5 D) 10
10. Glauber tuzi deb ataladigan tuz Na2SO4•nH2O tarkibida natriyning massa ulushi 16,08% ga teng. Bu tuz tarkibida necha mol suv bor?
A) 6 B) 8 C) 10 D) 12
11. Temir (III) sulfat Fe2(SO4)3•nH2O tarkibida oltingugurt bilan temirning massa ulushi 37,0% ga teng bo’lsa, n ning qiymati qancha bo’ladi?
A) 8 B) 10 C) 12 D) 9
12. Alyuminiy nitrat kristallgidrati tarkibida azotning massa ulushi 0,1239 ga teng bo’lsa, kristallgidrat tarkibida suvning miqdori qanchaga teng?
A) 6 B) 7 C) 8 D) 9
13. Na2CO3•nH2O kristallgidratidagi suvning massa ulushi 62,94% ga teng bo’lsa, n ni aniqlang.
A) 12 B) 7 C) 5 D) 10
14. Marganes (II) sulfat kristallgidrati tarkibida 24,66% marganes bo’lsa, uning formulasi qanday bo’ladi?
A) MnSO4•H2O B) MnSO4•3H2O
C) MnSO4•4H2O D) MnSO4•5H2O
15. Magniy sulfatning taxir tuz deb nomlanuvchi kristallgidrati tarkibida 51,22% suv bo’ladi. Shu kristallgidrat tarkibidagi suvning miqdorini toping.
A) 2 B) 3 C) 4 D) 7
16. Odam organizmidagi uchta elementning massa ulushlari quyidagicha: O-65%, С-18%, H-10%. Organizmdagi element atomlari sonining ortib borish tartibini aniqlang.
A) H, C, O B) C, H, O C) C, O, H D) O, C, H
Do'stlaringiz bilan baham: |