A) chapga; B) o’ngga; C) siljimaydi;
D) muvozanat qaror topmaydi.
86. Quyidagi sistemada SO2 + O2 SO3 oltingugurt (IV) oksidning 70% miqdori reaksiyaga kirishib, 0,42 mol oltingugurt (VI) oksid hosil bo’lganda, muvozanat qaror topdi. SO2 ning boshlang’ich konsentratsiyasini hisoblang.
A) 0,29 B) 0,42 C) 0,6 D) 1,2
87. Quyidagi reaksiyada N2 + H2 ↔ NH3 azot va vodorodning dastlabki konsentratsiyalari mos ravishda 2 va 7 mol/l ga teng. Azotning 10% i reaksiyaga kirishgandan so’ng, sistemada muvozanat qaror topdi. Sistemadagi azot, vodorod va ammiakning muvozanat konsentratsiyalarini va muvozanat konstantasini hisoblang.
A) 1,8; 6,4; 0,4; 3,4•10-4 B) 1,6; 6,4; 0,4; 3,8•10-4
C) 1,4; 5,6; 0,4; 6,5•10-4 D) 0,2; 0,6; 0,4; 3,7
88. A + B ↔ C + D reaksiyada А vа В moddalarning boshlang’ich konsentratsiyalari mos ravishda 5 va 8 mol/l ga teng. Muvozanat konstantasi 1 ga teng bo’lgan hol uchun A moddaning qancha miqdori reaksiyaga kirishgan?
A) 1,0 B) 2,56 C) 3,08 D) 4,16
89. Quyidagi reaksiyaning
CO2 + H2 ↔ CO + H2O muvozanat konstantasi 1100 K da 1 ga teng. Agar 1 mol CO2 bilan 8 mol H2 o’zaro aralashtirilgan bo’lsa, necha mol H2 reaksiyaga kirishgan?
A) 0,11 B) 0,69 C) 0,89 D) 4,11
90. Quyidagi sistemada A + B ↔ C + D tenglamadagi tartibda yozilgan moddalar konsentratsiyalari (mol/l) 8; 3; 2; 12 bo’lgan. Muvozanat holatidagi sistemadan C moddadan 2 mol/l chiqarib yuborilgan. A va D larning yangi konsentratsiyalarini hisoblang.
A) 6,96; 13,04 B) 6,67; 13,33
C) 7,09; 12,91 D) 5,87; 14,25
91. Muvozanat holatidagi sistemada
A + B ↔ C + D tenglamadagi yozilish tartibda moddalarning konsentratsiyalari (mol/l) 6; 2; 4 va 3 ga teng. Sistemaga B moddadan 4 mol/l qo’shilgandan keyin, B va C larning yangi holatdagi muvozanat konsentratsiyalarini hisoblang.
A) 0,74; 5,26 B) 4,74; 5,26
C) 0,74; 2,74 D) 4,63; 5,37
92. 1 litrli idishda NO + SO3 ↔ SO2 + NO2 reaksiyasi muvozanat holatda turibdi. Shu vaqtda 4 mol NO, 1 mol SO3, 8 mol SO2 va 8 mol NO2 bor. Idishga 3 mol SO3 qo’shildi va yana muvozanat qaror topdi. NO ning yangi muvozanat konsentratsiyasi necha mol bo’ladi?
A) 4,8 B) 1,6 C) 6,4 D) 2,4
93. 3H2 + N2 2NH3 reaksiyasida vodorod va azotning dastlabki konsentratsiyalari 0,30 va 0,20 mol/l ga teng. 0,24 mol/l vodorod sarflangandan so’ng muvozanat qaror topgan. Shu muvozanat holatining muvozanat konstantasini hisoblang.
A) 575 B) 988 C) 781 D) 888
94. Quyidagi geterogen sistemaning
FeO + CO ↔ Fe + CO2 muvozanat konstantasi 0,5 ga teng. Reaksiya boshlanishidan ma’lum vaqt o’tgandan keyin CO vа CO2 larning konsentratsiyalari 0,05 va 0,01 mol/l ga teng bo’ladi. Ularning muvozanat holatdagi konsentratsiyalarini (mol/l) hisoblang.
A) 0,02; 0,03 B) 0,04; 0,02
C) 0,04; 0,05 D) 0,06; 0,02
95. Sirka kislotaning etanol bilan eterifikatsiya reaksiyasi 1:1 nisbatda olib borildi. Etanolning 70% i murakkab efir hosil bo’lishi uchun sarf bo’ldi. Ushbu reaksiyaning muvozanat konstantasini va muvozanatda turgan sistemaga 10 mol/l etanol qo’shilgandan keyingi sirka kislota konsentratsiyasini hisoblang.
A) 5,44:0,02 B) 5,8:0,2 C) 6:1 D) 5:1
96. Hajmi 10 l bo`lgan idishga noma`lum miqdorda CO2 va 4 mol H2 solindi va 50 sekunddan keyin (CO2 + H2 = CO + H2O(g) reaksiya bo`yicha) muvozanat qaror topdi
(Km =1). Reaksiyaning o’rtacha tezligi
0,36 mol/l•min bo`lsa, CO2 ning dastlabki miqdorini (mol ) aniqlang.
A) 3 B) 4 C) 9 D) 12
97. Hajmi 5 l bo`lgan idishga noma`lum miqdorda CO2 va 9 mol H2 solindi va 30 sekunddan keyin (CO2(g) + H2(g) = CO(g) + H2O(g) reaksiya bo`yicha) muvozanat qaror topdi. (Km=1) reaksiyaning o`rtacha tezligi
2,4 mol/l•min bo`lsa, CO2 ning dastlabki miqdorini (mol) aniqlang.
A) 6 B) 12 C) 9 D) 18
98. A(g) + B(g) ↔ C(g) + D(g) sistemasida muvozanat paytida moddalarning konsentratsiyalari mos ravishda 4: 6: 3 va 8 mol/l. Sistemadagi D ning konsentratsiyasi qancha kamaytirsak yangi muvozanatdagi C ning konsentratsiyasi 5 mol/l bo’ladi?
99. Nitroza usulida SO3 olinish tezligi 3,2•10-3 mol/l•sek. 125 sekunddan so’ng muvozanat qaror topdi. Kislorodning muvozanat konsentratsiyasi 0,2 bo’lsa, SO2 ning dastlabki konsentratsiyasini toping. (Km=0,8).
100. A(g) + B(g) ↔ C(g) + D(g) sistemasida muvozanat paytida moddalarning konsentratsiyalari mos ravishda 6: 4: 3 va 8 mol/l. Sistemadagi D ning konsentratsiyasi qancha kamaytirsak yangi muvozanatdagi C ning konsentratsiyasi 4 mol/l bo’ladi?
101. 1 mol C3H6 va H2 aralashmasining vodorodga nisbatan zichligi 16 ga teng. Gazlar aralashmasi yopiq idishda Pt katalizatori ishtirokida 100C da qizdirildi. Idishdagi bosim 18% ga kamaygan bo’lsa, reaksiyaning muvozanat kanstantasini toping.
A) 3,43 B) 1,26 C) 4,51 D) 5,35
102. DC2H2=1,2 ga teng bo’lgan NO va O2 dan iborat 1,5 mol gazlar aralashmasi yopiq sistemada (V= 1 l) realsiyaga kirishdi. NO + O2 ↔ NO2 va muvozanat qaror topdi. Hosil bo’lgan gazlar aralashmasining DNe=1,8 ga teng bo’lsa, muvozanat holatdagi NO
ning hajmiy ulushini toping.
A) 33,3 B) 53,8 C) 30,7 D) 15,4
103. DC2H6=0,575 bo’lgan CH4 va H2O bug’idan iborat 3,2 mol gazlar aralashmasi yopiq sistemada reaksiyaga kirishdi va muvozanat qaror topdi. Hosil bo’lgan gazlar aralashmasining DNe=0,69 ga teng bo’lsa, muvozanat qaror topishi uchun suv bug’ining necha foizi sarflangan?
A) 66,7 B) 33,3 C) 80 D) 20
Do'stlaringiz bilan baham: |