V BOB. KIMYOVIY REAKSIYA TEZLIGI VA KIMYOVIY MUVOZANAT.
1. Kimyoviy reaksiya tezligining vaqtga bog’liqligi (konsentratsiyaning vaqt birligida o’zgarishi).
1. Reaksiya boshlanganidan keyin 90 sekund o`tgach kislorod konsentratsiyasi 0,2 mol/l ni, yana 4,5 minut o`tgandan so`ng esa 19,2 g/l ni tashkil qildi. Reaksiyaning o`rtacha tezligini (mol/l•min) hisoblang.
A) 3,2 B) 1/600 C) 1/10 D) 0,053
2. Reaksiya boshlanganidan keyin 6,25 minut o`tgach hosil bo`lgan azot konsentratsiyasi 21 g/l ni tashkil qilsa, reaksiyaning o`rtacha tezligini (mol/l·sek) hisoblang.
A) 0,12 B) 3,36 C) 0,056 D) 0,002
3. Hajmi 0,01 m3 bo’lgan idish 12 mol gaz bilan to’ldirildi. 1,5 minutdan so’ng idishda shu gazdan 9 mol qoldi. Reaksiyaning o’rtacha tezligini (mol/l•sek) aniqlang.
A) 1/300 B) 1/5 C) 1/3 D) 1/90
4. Hajmi 0,006 m3 bo’lgan idish 9 mol gaz bilan to’ldirildi. 0,5 minutdan so’ng idishda shu gazdan 6 mol qoldi. Reaksiyaning o’rtacha tezligini (mol/l·sek) aniqlang.
А) 1 B) 1/2 C) 1/40 D) 1/60
5. Tenglamasi N2 + H2 → NH3 bo’lgan reaksiya boshlangandan 120 sekund vaqt o’tganda ammiakning konsentratsiyasi 0,38 mol/l bo’lgan, shundan keyin yana 3 minut o’tgandan keyin esa 0,84 mol/l ni tashkil etgan. Reaksiyaning o’rtacha tezligini (mol/(l·min)) hisoblang.
А) 0,168 В) 0,0028 C) 0,374 D) 0,042
6. Tenglamasi CO2 + H2 → CO + H2O bo’lgan reaksiya boshlangandan 90 sekund vaqt o’tganda is gazining konsentratsiyasi 0,646 mol/l bo’lgan, shundan keyin yana 81 sekund o’tgandan keyin esa 1,425 mol/l ni tashkil qilgan. Reaksiyaning o’rtacha tezligini (mol/(l·min)) hisoblang.
А) 0,34 В) 0,90 C) 0,50 D) 0,0083
7. Hajmi 4 l bo’lgan idish 6 mol A gaz bilan to’ldirildi 30 sekund dan so’ng idishda A gazdan 3 mol qoldi. Reaksiyaning o’rtacha tezligini (mol/l•min) aniqlang.
А) 0,75 В) 0,025 C) 0,1 D) 1,5
8. Hajmi 10 l bo’lgan idish 8 mol A gaz bilan to’ldirildi. 0,5 minutdan so’ng idishda A gazdan 2 mol qoldi. Reaksiyaning o’rtacha tezligini (mol/l•s) aniqlang.
А) 0,2 В) 0,02 C) 12 D) 1,2
9. Hajmi 0,01 m3 bo’lgan reaktorda reaksiya borishi natijasida 1,35 minut davomida moddaning miqdori 12,4 moldan 3,7 mol gacha kamaysa, shu reaksiya tezligini (mol/l•sek) hisoblang.
А) 0,01 В) 0,64 C) 0,10 D) 6,44
10. Tenglamasi CO2 + H2 → CO + H2O bo’lgan reaksiya boshlangandan 1 minut 40 sekund vaqt o’tganda suvning konsentratsiyasi 0,12 mol/l bo’lgan, shundan keyin yana 1,35 minut o’tgandan keyin esa 0,48 mol/l ni tashkil etgan. Reaksiyaning o’rtacha tezligini (mol/l•sek) hisoblang.
A) 2,67∙10-1 B) 1,6∙10-1
C) 4,44∙10-3 D) 2,65∙10-3
11. Hajmi 10 l bo’lgan idish 8 mol A gaz bilan to’ldirildi. 0,5 minutdan so’ng idishda A gazdan 2 mol qoldi. Reaksiyaning o’rtacha tezligini (mol/l•s) aniqlang.
A) 0,2 B) 0,02 C) 12 D) 1,2
12. Hajmi 0,005 m3 bo’lgan reaktorda reaksiya borishi natijasida 0,25 minut davomida moddaning miqdori 8,4 moldan 5,9 molgacha kamaysa, shu reaksiya tezligini (mol/l•sek) hisoblang.
A) 0,033 B) 2 C) 0,167 D) 10
13. Hajmi 0,01 m3 bo’lgan reaktorda reaksiya borishi natijasida 1,35 minut davomida moddaning miqdori 12,4 moldan 3,7 molgacha kamaysa, shu reaksiya tezligini (mol/l•min) hisoblang.
A) 0,01 B) 0,64 C) 0,10 D) 6,44
14. Reaksiya boshlanmasdan oldin moddaning konsentratsiyasi 1,6 mol/l bo’lib, 5 minutdan so’ng uning konsentratsiyasi 0,2 mol/l ga teng bo’ldi. Reaksiyaning tezligini (mol/l•s) aniqlang.
A) 2,8•10-2 B) 1,4•10-2 C) 7•10-3 D) 4,7•10-3
15. Hajmi 5 l bo’lgan reaktorda reaksiya borishi natijasida 30 sekund davomida miqdori 6,8 moldan 3,4 molgacha kamaysa, shu reaksiya tezligini (mol/l•s) hisoblang.
A) 0,115 B) 0,575 C) 0,23 D) 0,023
16. Agar tenglamasi А+В=2С bo’lgan reaksiyada B moddaning konsentratsiyasi 2 min davomida 0,40 mol/l dan 0,15 mol/l gacha kamaygan bo’lsa, shu reaksiya tezligi (mol/l•s) B modda konsentratsiyasi bo’yicha qancha bo’ladi?
A) 1,2•10-3 B) 1,5•10-3 C) 2,1•10-3 D) 2,6•10-3
17. Hajmi 2 l bo’lgan idishda 4,5 mol modda miqdori 20 s o’tgandan so’ng 2,5 molgacha kamaygan bo’lsa, reaksiya tezligi (mol/l•s) qanchaga teng bo’ladi?
A) 0,10 B) 0,20 C) 0,05 D) 0,50
18. Reaksiyalarning birida 10 sekund davomida 3,4 g vodorod sulьfid, ikkinchisida 3,6 g suv, uchinchisida 17 g fosfin, to’rtinchisida 3,4 g ammiak, beshinchisida 16 g oltingugurt (IV) oksidi hosil bo’lsa, reaksiyalardan qaysi birining tezligi kattaroq?
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
19. Reaksiyaga kirishayotgan moddalardan birining boshlang’ich konsentratsiyasi 1,5 mol/l bo’lib, reaksiya boshlangandan 5 sekund o’tgach uning konsentratsiyasi 0,5 mol/l ga teng bo’lgan. Reaksiyaning o’rtacha tezligini toping.
A) 0,3 B) 0,2 C) 0,1 D) 0,4
20. Hajmi 10 l bo’lgan yopiq idishda 0,5 mol oltingugurt (IV) oksid va kislorod mavjud. Reaksiya davomida 8 sekund vaqt o’tgach SO2 miqdori 0,46 mol gacha kamaysa, shu reaksiya tezligi (mol/l•s) ni hisoblang.
A) 0,01 B) 0,05 C) 0,001 D) 0,0005
21. Agar reaksiyaning o’rtacha tezligi
0,2 mol/l •sek bo’lganda, boshlang’ich moddalardan birining konsentratsiyasi 1 mol/l ga kamaysa, reaksiya qancha vaqt (sek) davom etgan bo’ladi?
A) 2 B) 8 C) 5 D) 10
22. Vaqt birligi ichida quyidagi reaksiyalar bo’yicha 1 g NH3, 2 g HCl, 3g H2S, 8 g HBr, 10 g HI hosil bo’ladi. Qaysi reaksiyaning o’rtacha tezligi katta.
A) H2+N2=NH3 B) H2+Cl2=HCl
C) H2+Br2=HBr D) H2+S=H2S
23. Tenglamasi CO2+H2↔CO+H2O bo’lgan reaksiya boshlangandan 110 s vaqt o’tganda, is gazining konsentratsiyasi 0,27 mol/l bo’lgan, shundan keyin yana 3 min 15 sekund o’tgandan keyin esa 0,34 mol/l bo’lgan. Shu reaksiyaning o’rtacha tezligini hisoblang.
A) 0,147 B) 0,067
C) 0,0017 D) 0,2
26. 5 l eritmada 2 mol A modda va 3 mol B modda bo’ladi. Agar ushbu A + B = С reaksiyaning o’rtacha tezligi 0,04 mol/l•s bo’lsa, 8 sekunddan so’ng bu moddalarning konsentratsiyasi qanday bo’ladi?
A) 0,40; 0,32 B) 0,08; 0,28
C) 0,60; 0,32 D) 0,08; 0,32
Do'stlaringiz bilan baham: |