91. Teng hajmdagi geliy va kislorod aralashmasining havoga nisbatan zichligini aniqlang.
A) 0,62 B) 0,31 C) 0,93 D) 1,24
92. Noma’lum gazning xlorga nisbatan zichligi 3,127 ga teng. Shu gazning neonga nisbatan zichligi qanchaga teng?
A) 11,1 B) 12,8 C) 9,9 D) 10,3
93. Uglevodorodning havoga nisbatan zichligi 3,931 ga teng bo’lsa, uning vodorodga nisbatan zichligi nechaga teng bo’ladi?
A) 55 B) 57 C) 53 D) 51
94. Moddalar bug’ining vodorodga nisbatan zichligi 22 ga teng bo’lgan qatorni aniqlang.
A) is gazi, havo, propan;
B) uglerod(IV)oksid, etil spirt, butan;
C) karbonat angidrid, propan, azot(I)oksid;
D) kislorod, vodorod sulfid, metil spirt.
95. Quyidagi keltirilgan gazlardan qaysilarining vodorodga nisbatan zichligi bir xil?
1) uglerod (IV) oksidi; 2) is gazi; 3) eten;
4) vodorod sulfid; 5) ammiak; 6) kislorod;
7) azot;
A) 2;4;6 B) 1;4;3 C) 3;4;6 D) 2;3;7
96. Juda yuqori temperaturadagi gidrid bug’ining zichligi kislorodning zichligiga teng bo’lgan elementni toping.
A) Si B) N2 C) C D) S
97. Vodorodga nisbatan zichligi 22 ga teng bo’lgan azot oksidini toping.
A) N2O; B) NO; C) N2O3; D) NO2.
98. Gazlar aralashmasining 25% ni metan va 75% ni havo tashkil etsa, aralashmaning azotga nisbatan zichligini toping?
A) 0,92 B) 3,84 C) 0,58 D) 0,93
99. Vodorodga nisbatan zichligi 14,5 bo’lgan azot
va kisloroddan iborat gazlar aralashmasidagi har bir
moddaning foiz tarkibini toping.
A) 75: 25 B) 25: 75 C) 60: 40 D) 50: 50
100. Gazning havoga nisbatan zichligi 2,562 ga teng bo’lsa, 1 l gazning n.sh. dagi massasini aniqlang.
A) 3,32 B) 0,74 C) 1,13 D) 2,9
101. 2 hajm azot va 3 hajm kisloroddan tashkil topgan aralashmaning vodorodga nisbatan zichligini aniqlang.
A) 14,4 B) 30,0 C) 16,0 D) 15,2
102. Ma’lum miqdordagi CO va CO2 gazlar aralashmasining geliyga nisbatan zichligi 7,6 ga teng. Shu aralashmadagi kislorod atomlarining soni uglerod atomlarining sonidan necha marta ko’p?
A) 1,05 B) 1,15 C) 2,25 D) 2,05
103. Azot (II) oksid va azot (IV) oksidlaridan iborat gazlar aralashmasining zichligi 1,429 g/l bo’lsa, (n.sh.) da shu aralashmadagi kislorod atomlari soni azot atomlarining sonidan necha marta ortiq bo’ladi?
A) 1,025 B) 1,125 C) 2,125 D) 2,517
104. Vodorodga nisbatan zichligi 35 ga teng bo’lgan SO2 va SO3 gazlari aralashmasining 8 l hajmini yondirish uchun qancha hajm
(l, n.sh. da) havo sarflanadi? [φ(O2)=0,20]
A) 15,5 B) 14,5 C) 12,5 D) 2,5
Do'stlaringiz bilan baham: |