3-Mavzu: Dissotsilanish darajasi.
1-misol.
1. Kaliy sulfatning dissotsilanmagan molekulalari soni 80 ta bo’lsa, eritmadagi ionlar sonini hisoblang. (α=75%).
A) 25 B) 240 C) 320 D) 720
2. Kaliy sulfatning dissotsilanmagan molekulalari soni 150 ta bo’lsa, dissotsilangan molekulalar sonini hisoblang. (α=75%).
A) 450 B) 240 C) 320 D) 720
3. Eritmada 400 ta xlor ioni mavjud bo’lsa, dissotsilanmagan kalsiy xlorid molekulalari sonini hisoblang. (α=80%).
A) 50 B) 200 C) 60 D) 150
4. Eritmada 600 ta ion mavjud bo’lsa, dissotsilanmagan litiy sulfat molekulalari sonini hisobang. (α═80%)
A) 50 B) 150 C) 120 D) 250
5. Eritmada 400 ta xlor ioni mavjud bo’lsa, dissotsilangan kalsiy xlorid molekulalari sonini hisoblang. (α=80%).
A) 50 B) 200 C) 60 D) 150
6. Eritmada 720 ta ion mavjud bo’lsa, dissotsilanmagan natriy sulfat molekulalari sonini hisoblang. (α=80%)
A) 60 B) 180 C) 240 D) 300
7. Bariy xloridning dissotsilanmagan molekulalari soni 40 ta bo’lsa, eritmadagi xlor ionlari sonini hisoblang. (α=75%)
A) 160 B) 120 C) 240 D) 75
8. Bariy xloridning dissotsilanmagan molekulalari soni 40 ta bo’lsa, dissotsilangan molekulalar sonini hisoblang. (α=75%)
A) 160 B) 120 C) 240 D) 75
9. Temir (׀׀׀) sulfatning dissotsiyalanmagan molekulalari tarkibidagi atomlar soni disotsiyalangan molekulalardan hosil bo`lgan kationlar soniga teng bo`lsa, temir (III) sulfatning dissotsiyalanish darajasini (α %) aniqlang.
A) 85 B) 89 C) 94,4 D) 77
10. Natriy sulfatning dissotsiatsiyalanmagan molekulalari tarkibidagi atomlar soni
dissotsiatsiyalangan molekulalaridan hosil bo`lgan anionlar soniga teng bo`lsa, natry sulfatning dissotsiatsiyalanish darajasini
(α %) aniqlang.
A) 78 B) 87,5 C) 70 D) 90
11. Xrom (III) sulfatning.dissotsiatsiyalanmagan molekulalari tarkibidagi atomlar soni dissotsiatsialangan molekulalardan hosil bo`lgan kationlar soniga teng bo`lsa, xrom (III) sulfatning dissotsiatsiyalanish darajasini (α %) aniqlang.
A) 89 B) 77 C) 85 D) 94,4
12. Natriy sulfatning dissotsiatsiyalanmagan molekulalari tarkibidagi atomlar soni dissotsiatsiyalangan molekulalardan hosil bo`lgan ionlar soniga teng bo`lsa, natriy sulfatning dissotsiatsiyalanish darajasini (α %) aniqlang.
A) 87,5 B) 90 C) 70 D) 78
13. Natriy fosfatning dissotsiatsiyalanmagan molekulalari tarkibidagi atomlar soni dissotsiatsiyalangan molekulalardan hosil bo`lgan kationlar soniga teng bo`lsa, natriy fosfatning dissotsiatsiyalanish darajasini (α %) aniqlang.
A) 89 B) 67 C) 73 D) 95
Do'stlaringiz bilan baham: |