9-Mavzu: Plastinkaga oid masalalar.
1. Misdan yasalgan sterjen kumush nitrat eritmasida tutib turilganda 38,4 g massasi 15,2 g ga ortgan. Sterjenni 95% li sulfat kislotada eritish uchun necha gramm eritma sarf bo’ladi? A) 140 B) 105 C) 124 D) 175 E) 210
2. Mis (II) sulfat eritmasiga massasi 10 g bo’lgan temir plastinka tushirildi. Bunda plastinkaning massasi 11 g ga teng bo’lgan. Qancha (g) temir eritmaga o’tgan?
A) 1 B) 4 C) 6 D) 7 E) 8
3. Massasi 40 g bo’lgan temir plastinka mis (II) sulfat eritmasiga tushirildi. Plastinka massasi 43 g ga yetganda, eritmaga necha gramm temir o’tadi?
A) 15 B) 19 C) 21 D) 4 E) 2
4. Kumush nitrat eritmasiga massasi 80 g bo’lgan mis plastinka tushirildi. Kumush batamom siqib chiqarilgandan keyin, plastinkaning massasi 3,8 % ga ortdi. Eritmada qancha kumush nitrat bo’lgan.
A) 8,2 B) 7,2 C) 6,8 D) 8,8 E) 9,8
5. Xlorid kislota eritmasiga massasi 50 g bo’lgan metall plastinka tushirib qo’yildi. 336 ml (n.sh.) vodorod ajralib chiqqandan keyin, plastinka massasi 1,68% ga kamaygan. Plastinka qaysi metalldan yasalgan?
A) Al B) Fe C) Ca D) Zn E) Mg
6. 10 g temir plastinka tarkibida 1,6 g mis (II) sulfat bo’lgan eritmaga tushirilganda, plastinkaning massasi qanday o’zgaradi?
A) 0,08 g kamayadi; B) o’zgarmaydi;
C) 0,16 g kamayadi; D) 0,08 g ortadi;
E) 0,16 g ortadi.
7. Mis (II) sulfatning 0,1 M eritmasining 200 ml miqdoriga massasi 10,112 g bo’lgan temir bo’lagi tushirildi. Eritmadagi misning hammasi siqib chiqarilganidan keyin, plastinka massasi qancha (g) bo’ladi?
A) 12,64 B) 10 C) 13,31 D) 10,272 E) 15,22
8. Rux plastinkasini qaysi eritmada tutib turilganda, uning massasi ortadi?
1. kumush nitrat; 2. temir (II) sulfat;
3. xlorid kislota; 4. simob (II) xlorid;
A) 3 B) 1,4 C) 2,4 D) 1 E) 1,2,4
9. Kumush nitrat eritmasiga massasi 12,25 g bo’lgan rux tayoqchasi tushirilgan va tayoqchaga 2 g kumush qoplangandan so’ng, tayoqcha eritmadan chiqarib olingan. Tayoqchaning massasi qanday bo’ladi?
A) 13,85 B) 13,25 C) 13,65 D) 11,65 E) 13,05
10. Qaysi modda eritmasida rux plastinkaning massasi kamayadi?
1) FeSO4; 2) Pt(NO3)2; 3) HgCl2; 4) HCl;
A) 2,3 B) 2 C) 1,2 D) 1,4 E) 1,3,4
11. Simob (II) xlorid eritmasiga massasi 50 g bo’lgan mis bo’lakchasi botirilgan. Tajriba oxirida bo’lakcha massasi 52,7 g bo’lgan. Eritmada necha gramm simob (II) xlorid bo’lgan?
A) 1,36 B) 4,47 C) 2,38 D) 5,4 E) 2,31
12. Mis (II) sulfat eritmasiga massasi 61,26 g bo’lgan temir plastinka botirib qo’yildi. Plastinka eritmadan olinib, yuvilib quritilganda, uning massasi 62,8 g bo’lgan. Plastinkaga necha gramm mis o’tirib qolganini toping.
A) 9,8 B) 1,54 C) 8,1 D) 10,53 E) 12,32
13. AgNO3 ning 0,2 M 200 ml eritmasiga nikel plastinka botirilganda qanday jarayon sodir bo’ladi?
1) plastinka og’irligi ortadi; 2) kumush nitrat konsentratsiyasi ortadi; 3) 1,18 g nikel eriydi;
4) 2,36 g nikel eriydi; 5) plastinka massasi kamayadi.
A) 1,3 B) 2,4 C) 2,5 D) 1,4 E) 3,5
14. Massasi 15 g bo’lgan mis plastinka kumush nitrat eritmasiga tushirilganda ajralib chiqqan kumushni eritish uchun 15% li HNO3 dan (ρ=1,085 g/ml) 25 ml sarf bo’ldi. Kumush nitrat eritmasidan chiqarib olingan mis plastinkasining massasini aniqlang.
A) 16,53 B) 18,68 C) 19,87 D) 21,23 E) 27,65
15. Massalari bir xil bo’lgan va birikmalarda II valentli bo’ladigan bitta metalldan tayyorlangan ikkita plastinkaning biri konsentratsiyalari (mol/l) o’zaro teng bo’lgan mis (II) tuzi eritmasiga, ikkinchisi kumush tuzi eritmasiga tushirildi. Biroz vaqtdan so’ng plastinkalar eritmadan chiqarib quritildi. Bunda birinchi plastinka massasi 0,8% ga, ikkinchisi 16% ga ortdi. Plastinka qanday metalldan tayyorlangan?
A) Mg B) Zn C) Fe D) Be E) Mn
16. CuCl2 va CdCl2 eritmalariga +2 ion hosil qiluvchi metalldan yasalgan bir xil massali plastinkalar tushirildi. Birinchi eritmaga tushirilgan plastinka massasi 1,2% ga, ikkinchisi 8,4% ga ortdi. Eritmalarning molyar konsentratsiyalari bir xilda kamaygan. Plastinka qaysi metalldan iborat bo’lgan?
A) Al B) Zn C) Fe D) Ca E) Ba
Do'stlaringiz bilan baham: |