16. Geksaxloroltingugurt molekulyar massasini aniqlang.
A) 300 B) 245 C) 237 D) 240
17. Oqsil molekulasining massasi (m.a.b =
8,3056•10-19 g) bo’lsa, uning nisbiy molekulyar
massasini toping.
A) 50000 B) 500000 C) 60000 D) 3200
18. Dolomitning molekulyar massasini aniqlang.
A) 100 B) 200 C) 237 D) 184
19. Silvinitning molekulyar massasini aniqlang.
A)133 B) 200 C) 74,5 D) 58,5
20. Qaldiroq gazning molekulyar massasini aniqlang.
A) 100 B) 36 C) 46 D) 29
6. MODDALAR MASSASINING SAQLANISH QONUNI.
1. 6,4 g oltingugurt 16 g brom bilan birikib, necha g oltingugurt (IV) bromid hosil bo’ladi?
A) 17,6 B) 8,8 C) 6,6 D) 9,9
2. Moddalar massasining saqlanish qonuni qanday tariflanadi?
A) Har qanday murakkab moddaning tarkibi, qaysi usulda olinishidan qat’iy nazar, bir xil bo’ladi.
B) Elektrodda ajralib chiqqan modda massasi elektrolitdan o’tgan tok kuchiga bog’liq bo’ladi.
C) Agar ikki element o’zaro bir necha birikma hosil qilsa, bir element boshqa elementning bir xil va muayyan miqdori bilan birikadigan og’irlik miqdorlari o’zaro kichik butun sonlar kabi nisbatda bo’ladi.
D) Kimyoviy reaksiyaga kirishgan moddalarning massasi hosil bo’lgan moddalarning massasiga hamma vaqt teng bo’ladi.
3. Quyidagi tariflarning qaysi biri M.V.Lomonosovning kimyoda kashf etgan qonunini ifodalaydi.
A) Bir xil sharoitda turli gazlarning teng hajmlaridagi molekulalar soni bir xil bo’ladi.
B) Har qanday kimyoviy toza modda olinish usulidan qat’iy nazar, bir xil o’zgarmas sifat va miqdoriy tarkibga ega bo’ladi.
C) O’zgarmas bosimda reaksiyaga kirishayotgan va hosil bo’layotgan gazlarning hajmlari o’zaro kichik butun sonlar nisbati kabi bo’ladi.
D) Kimyoviy reaksiyaga kirishgan moddalarning umumiy massasi reaksiya natijasaida hosil bo’lgan moddalarning jami massasiga teng bo’ladi.
4. Quyidagi qaysi olim M.V.Lomonosovning modda massasining saqlanish qonuniga qarshi fikr aytadi ?
A) R.Boyl. B) J.Dalton.
C) Gey-Lyussak. D) J.Prust.
5. Quyidagi tariflarning qaysi biri R.Boylga tegishli?
A) Bir xil sharoitda turli gazlarning teng hajmlaridagi molekulalar soni bir xil bo’ladi.
B) Har qanday kimyoviy toza modda olinish usulidan qat’iy nazar, bir xil o’zgarmas sifat va miqdoriy tarkibga ega bo’ladi.
C) O’zgarmas bosimda reaksiyaga kirishayotgan
va hosil bo’layotgan gazlarning hajmlari o’zaro
kichik butun sonlar nisbati kabi bo’ladi.
D) Kimyoviy reaksiyaga kirishgan moddalarning massasi reaksiya natijasaida o’zgaradi.
6. Temir oltingugurt bilan 7:4 nisbatda birikadi. Quyidagilardan qaysi biri to’g’ri ifodalangan?
1) 7 m.a.b. : 4 m.a.b. 2) 7 g : 4 g 3) 7•1022 : 4•1022
A) 2,3 B) 1,2 C) 1 D) 2
7. Tarkibida ikki atom misga bir atom kislorod to’g’ri keladigan modda ma’lum. Ikkala boshlang’ich modda to’liq reaksiyaga kirishishi uchun ularni qanday nisbatda olish kerak?
1) 8 g : 1 g 2) 8 m.a.b : 1 m.a.b.
3) 3,76•1022 : 18,8•1021
A) 1,3 B) 1,2 C) 2 D) 1
8. 7,3 g HCl 5,4 g alyuminiy bilan reaksiyaga kirishdi hosil bo’lgan gazning hajmini ( l. n.sh.) toping.
A) 2,24 B) 3,36 C) 4,48 D) 6,72
9. Misr firavnlari zamonidagi toza suvdan bizning zamondagi toza suv tarkibi bilan farq qiladimi? Bu savolga kim tomonidan kashf etilgan qonun javob beradi?
A) Arximed; B) Avagadro; C) Lomonosov; D) Prust;
10. 29,4 g sulfat kislota 4,8 g magniy bilan reaksiyaga kirishdi, hosil bo’lgan tuz va gazning mol miqdorini toping.
A) 0,2; 0,2 B) 0,3; 0,2 C) 0,1 ;0,2 D) 0,2 ;0,4
11. 23,2 g WO3 2,24 l. (n.sh.) vodorod bilan reaksiyaga kirishganda necha g WO3 ortib qoladi?
A) 15,47 B) 16 C) 16,35 D) 13,25
12. 11,6 g WO3 6,72 l (n.sh.) vodorod bilan reaksiyaga kirishganda necha g W hosil bo’ladi?
A) 9,2 B) 18,4 C) 16,3 D) 13,2
Do'stlaringiz bilan baham: |