1993-yil 1-noyabrda
O‗zbekistonda
so‗m-kupon muomalaga kiritildi, uning kursi oldin muomalada bo‗lib kelgan rublga
tenglashtirilgan edi. Shu yil noyabr oyi davomida aholi qo‗lidagi rubl namunasidagi
pullarini jamg‗arma banklari orqali so‗m-kuponga almashtirish ta‘minlandi. So‗m-
kupon joriy etilayotgan dastlabki paytlarda chetdan rubl oqib kelmoqda, degan mish-
mishlar ko‗paydi. Bozorda narxlar osmonga chiqdi. Òoshkent bozorlarida bir kg
go‗sht 25 ming so‗m-kupongacha ko‗tarildi. Hukumat buning oldini olish choralarini
ko‗rdi. Aholi ortiqcha tashvish, aziyat chekmadi, aksincha aholi, iqtisodiyot himoya
qilindi. O‗zbekiston rahbariyati so‗m-kuponlar asosida zarur tajriba orttirdi, haqiqiy
milliy valutani joriy qilish tadbirlarini ko‗rdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |