2017-yilning «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili
» deb e‘lon qilinishi bu
sohadagi ishlarni faollashtirdi. Ana shu muloqotni amalda yo‗lga qo‗yish, inson
manfaatlarini ta'minlash maqsadida fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning yangi
tizimi joriy etildi.
Ijtimoiy adolat ta‘minlangan davlatda xalqning bunyodkorlik salohiyati,
yaratuvchanlikka intilishi va ishtiyoqi hosil beraveradi.Shu ma‘noda mustaqil
Vatanimiz tarixida, xalqimiz hayotida yana bir yangi davr, yangi taraqqiyot bosqichi
boshlandi, deyishga barcha asosimiz bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |