Mustaqillik yillarida Qoraqalpog`iston Respublikasida davlat islohotlari.
Mamlakatimizning shimoliy mintaqasi – Qoraqalpog‗iston Respublikasida ham
mustaqillik yillarida keng ko‗lamli islohotlar amalga oshirildi. Hududni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini yuksaltirishga qaratilgan alohida e‘tibor
yuksak samaralar berdi. Puxta o‗ylangan, boqichma-bosqich amalga oshirilayotgan
izchil islohotlar tufayli Qoraqalpog‗iston Respublikasi oddiy agrar o‗lkadan
zamonaviy ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasi, transport-
kommunikatsiya tarmoqlari rivojlangan mintaqaga aylandi.
Mustaqillik yillarida bu zaminda amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari,
ro‗y bergan o‗zgarish va yangilanishlar haqida uzoq gapirish mumkin. Markaziy
Osiyoda yagona, sahro bag‗ridagi mo‗jiza –Qo‗ng‗irot soda zavodi, Xo‗jayli shisha
zavodi, ―Markaziy Osiyo bezak toshlari‖ qo‗shma korxonasi, Qo‗ng‗irot karbid,
Nukus marmar va kabel zavodlari, O‗rga gaz koni, ―Elteks‖ va ―Kateks‖ kabi
zamonaviy ishlab chiqarish obyektlari, Qoraqalpog‗iston Respublikasi Jo‗qorg‗i
Kengesi, Toshkent axborot texnologiyalari universititetining Nukus filiali, Olimpiya
zaxiralari kolleji binolari, o‗nlab umumta‘lim maktablari, litsey va kollejlar, bolalar
sporti, bolalar musiqa va san‘at maktablari... Bunday muhtasham inshootlar istiqlol
sharofati tufayli barpo bo‗ldi.
Istiqlolning dastlabki yilidayoq minglab aholini ichimlik suvi bilan ta‘minlagan
243 kilometrlik Tuyamo‗yin-Nukus-Chimboy-Taxtako‗pir suv tarmog‗i ishga
tushirildi. 1991-2010-yillarda hududda gaz va gaz kondensati, shisha, kungaboqar
yog‗i, kalsiylashtirilgan soda, vermikulit konsentrati, talkomagnezit, glitserrizin
ishlab chiqarish yo‗lga qo‗yildi.
Xalqimizning uzog‗ini yaqin, og‗irini yengil qilish borasida amalga oshirilgan
ulkan bunyodkorlik ishlari eng savobli ishlardan bo‗ldi. Bu sohada ham islohot
islohot uchun emas, avvalo, inson uchun, uning manfaatlari uchun degan ezgu g‗oya
doimiy ustuvor vazifa bo‗lib kelmoqda.
2000-yili Nukus shahrini Xo‗jayli tumani bilan bog‗laydigan ulkan ko‗prik,
2001-yilda 345 kilometrlik Nukus-Sultonuvaystog‗-Miskin-Uchquduq-Tinchlik-
Navoiy temir yo‗li ishga tushirildi. Yuzlab kilometr avtomobil yo‗llari rekonstruksiya
qilindi. Bu ravon yo‗llarning uzunligi 4 ming 100 kilometrdan oshib ketdi. Bu
yo‗nalishdagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Er osti boyliklarini izlash, qazib olish va ulardan samarali foydalanishga ham
alohida e‘tibor qaratilmoqda. Xorijlik sheriklar bilan ―Jel‖, ―G‗arbiy Orol‖ kabi
istiqbolli konlar ochildi. ―Ustyurt va Orol dengizi atroflarida geofizika ishlarini
amalga oshirishni kuchaytirish‖ dasturiishlab chiqildi. Unga ko‗ra, Ustyurt
kengliklarida seysmik tadqiqotlar jadal olib borilmoqda. Ayniqsa, ―O‗zbekgeofizika‖
aksiyadorlik jamiyatining ―Ustyurt geofizika ekspeditsiyasi‖ filiali jamoasining sa‘y-
harakatlari tahsinga munosib. Hozir kuniga 45 ming kubometr gaz berayotgan
―Tillali‖, ―Sayxun‖, ―In‘om‖, ―Arslon‖ singari yangi konlar ana shu ekspeditsiya
izlanishlarining samarasidir.
Bugun dunyo xalqlarining e‘tiborini tortayotgan, havasli, hayratli nigohlariga
sabab bo‗layotgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasi Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo
etildi. Asrlar osha qaqrab yotgan bepoyon dashtda ulkan ishlab chiqarish quvvati qad
rostladi. Korxona jahonning nufuzli nashrlari tomonidan 2012-yilning eng yaxshi
loyihasi, deb topildi.
2014-yili nufuzli ―Infrastructure Journal‖ xalqaro nashri mazkur loyiha
qurilishini ―2014-yilning neft-gaz sohasidagi eng yirik bitimi‖, deb e‘lon qildi.
Umumiy qiymati 4 milliard AQSh dollarini tashkil etgan bu mashhur loyiha amalga
oshirilishi mamlakatimiz sanoati rivojini yangi bosqichga ko‗tarishi shubhasiz. Hozir
bu yerda yiliga 4,5 milliard kub metr gaz qayta ishlanmoqda. Buning samarasida
xalqimiz ehtiyoji va eksport uchun 3,7 milliard kub metr gaz, 387 ming tonna
polietilen, 83 ming tonna polipropilen, 102 ming tonna piroliz distillyati va boshqa
qimmatbaho mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
Qoraqalpog‗iston Respublikasida yengil sanoatni rivojlantirish, jumladan,
paxta yetishtirishda zamonaviy texnologiyalarni, madaniy o‗simliklarning yangi
navlarini sohaga joriy etish asosida ishlab chiqarish samaradorligini ta‘minlashga
alohida e‘tibor qaratilayotir. 2016-yilda bu yo‗nalishda uchta yangi korxona tashkil
etilib, to‗rttasi modernizatsiya qilinadi.
Shu yilning ikkinchi choragida momiq ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan
―Bunyodbek-Xo‗jayli‖ oilaviy korxonasi foydalanishga topshiriladi. Yil oxirigacha
―Yoqubova Gavhar‖ fermer xo‗jaligi kalava ip ishlab chiqara boshlaydi. Ellikqal‘ada
―Global national-tex‖ sho‗ba korxonasida jinsi mato ishlab chiqarish yo‗lga qo‗yiladi.
Amudaryo tumanidagi ―Kameks-KK‖ korxonasida momiq, Kegeyli tumanidagi
―Avto Qayip mayshi‖ mas‘uliyati cheklangan jamiyatida oyiga 50 ming juft paypoq
ishlab chiqariladi. ―To‗rtko‗l omad tekstil‖ mas‘uliyati cheklangan jamiyatida
zamonaviy texnologiyalar joriy etilib, yangi ish o‗rinlari yaratilmoqda. Bunday
misollarni ko‗plab keltirish mumkin.
Mustaqillik yillarida qishloq xo‗jaligi sohasida mutlaqo yangi va samarali
iqtisodiy munosabatlar joriy etildi. Yer o‗z egasini topdi. Bugun Qoraqalpog‗iston
fermerlari qishloq xo‗jaligi mahsulotlarining asosiy qismini yetkazib berish bilan
birga, qishloq taraqqiyotida hal qiluvchi ijtimoiy-siyosiy kuchga aylanib bormoqda.
Mamlakatimizning barcha hududlarida bo‗lgani kabi Qoraqalpog‗iston
Respublikasida ham Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo etilayotgan namunaviy
loyihalar asosidagi uy-joylarga talabgorlar tobora ko‗paymoqda. Barcha sharoitlarga
ega bunday zamonaviy uylarda minglab oilalar baxtli hayot kechirmoqda. Uy
to‗ylariga kelin to‗ylari ulanib ketayotir.
Yosh avlodning hech kimdan kam bo‗lmagan sharoitlarda ta‘lim-tarbiya olishi,
iste‘dod va salohiyatini yuzaga chiqarishi uchun zarur sharoit yaratish davlatimiz
siyosatining ustuvor yo‗nalishlaridan biridir. O‗tgan davr mobaynida hududda
zamonaviy sharoitlar yaratilgan 99 kasb-hunar kolleji, 9 akademik litsey
foydalanishga topshirildi. 2015-yilda 9 ming 700 o‗rinli 22 ta zamonaviy maktab
binosi barpo etildi. Ayni paytda hududdagi 370 umumta‘lim va ixtisoslashtirilgan
maktablarda 170 mingdan ziyod o‗g‗il-qizlar zamonaviy bilimlarni o‗rganmoqda.
O‗tgan yili Nukus shahri markazida 2,5 milliard so‗mlik loyiha asosida bunyod
etilgan va barcha qulayliklarga ega ―Baxt uyi‖ foydalanishga topshirildi. Inson baxt
uchun dunyoga keladi. Bu borada mamlakatimizda yoshlarga doimiy g‗amxo‗rlik
ko‗rsatilmoqda.
Prezidentimizning
2014-yil
6-fevraldagi
«O‗zbekiston
Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan
qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida»gi qarori ijrosi doirasida Nukus shahri,
Amudaryo, Ellikqal‘a, Beruniy, Xo‗jayli tumanlarida ijtimoiy hayotda faol bo‗lgan
yuzlab yosh oilalarga ―Kamolot‖ uylari topshirildi.
Nukus shahrida ham keng ko‗lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari
amalga oshirildi va bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Temir yo‗l vokzali,
I.Savitskiy nomidagi san‘at muzeyi tanib bo‗lmas darajada zamonaviy qiyofa kasb
etdi. Shaharning Qoraqalpog‗iston, Amir Temur, To‗lepbergen Qaipbergenov
ko‗chalarida qad rostlagan ko‗p qavatli zamonaviy uylarga ko‗chib o‗tgan yuzlab
oilalar hayotiga o‗zgacha shukuh kirdi. Shahar markazidan oqib o‗tuvchi Do‗stlik
kanalining ikki qirg‗og‗i bo‗ylab 2,5 kilometr masofada ko‗plab ko‗ngilochar, dam
olish obyektlari ishga tushirildi.
Mintaqada ekologik barqarorlikni ta‘minlash masalasi davlatimiz rahbarining
doimiy e‘tiborida bo‗lib kelmoqda. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq
Prezidentimiz Islom Karimov bu masalaga jahon hamjamiyati e‘tiborini qaratdi.
Xalqaro Orolni qutqarish jamg‗armasi ana shunday olijanob sa‘y-harakatlar
samarasida tashkil etildi.
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Atrof-muhitni muhofaza
qilish bo‗yicha 2013-2017-yillarga mo‗ljallangan dasturi bu boradagi ishlarni yangi
bosqichda davom ettirishda muhim ahamiyat kasb etayotir. Dasturda Orolbo‗yini
ekologik sog‗lomlashtirish ishlariga alohida e‘tibor qaratilgan. Xususan,
cho‗llanishning oldini olish, Orol dengizining qurigan hududlarida sun‘iy o‗rmonlar
barpoetish uchun keng ko‗lamli ishlar olib borilmoqda. Dasturga ko‗ra, mazkur
ishlarga 89,39 milliard so‗m, 1635,55 million AQSh dollari va 57,63 million yevro
mablag‗ yo‗naltirish ko‗zda tutilgan.
Xalqaro Orolni qutqarish jamg‗armasi Nukus filiali tomonidan 2014-yilda
Mo‗ynoq tumanida, Orol dengizining Axantay qismida 1500, Oqqum qismida 34
gektarlik saksovulzor – sun‘iy o‗rmon barpo etildi.
Ayni paytda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda 90 million AQSh dollari
miqdoridagi loyiha asosida Orol dengizining qurigan qismida cho‗llanishdan
himoyalovchi mitti o‗rmonlar bunyod etishga kirishilayotgani ham hudud aholisi
turmush farovonligini yuksaltirish borasidagi ezgu ishlarning davomidir.
Mustaqillik inshootlaridan yana biri Qo‗ng‗irot soda zavodidir. Ko‗plab
sohalar uchun zarur xomashyo – kalsiylashtirilgan soda ishlab chiqarayotgan ushbu
yirik korxona o‗z mahsulotining aksariyatini eksportga yo‗naltirmoqda. O‗tgan yili
korxona xorijlik buyurtmachilarga 24 ming tonna mahsulot yetkazib berdi. Ichki
bozorda ―Kvars‖, ―Asl oyna‖ aksiyadorlik jamiyatlari, ―O‗zkimyosanoat‖
aksiyadorlik jamiyati, ―O‗zbekneftgaz‖ milliy xolding kompaniyasi Qo‗ng‗irot soda
zavodining asosiy buyurtmachilaridir.
Mamlakatimiz sog‗liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‗lamli
islohotlar samarasida aholiga tibbiy xizmat ko‗rsatish sifati va samaradorligi tubdan
yaxshilandi. Bugun olis ovullar aholisi ham zamonaviy tibbiy xizmatdan bahramand
bo‗layotir.
Chekka tuman va qishloqlardagi tibbiy muassasalarning ham moddiy-texnik
bazasi mustahkamlandi. Bu biz, mutaxassislarni ham yanada samarali ishlashga
undamoqda, – deydi Mo‗ynoq tumani tibbiyot birlashmasi bosh shifokori o‗rinbosari
J.Davletova. – Bugun oddiy qishloq shifokori ham bemorga to‗g‗ri tashxis qo‗yib,
zamonaviy uskunalar yordamida samarali davolay oladi. Bularning barchasi
Prezidentimiz rahnamoligida aholi salomatligini muhofaza qilishga qaratilayotgan
doimiy e‘tibor samarasidir.
―Sog‗lom ona va bola yili‖ Davlat dasturi ijrosi doirasida oilani, onalik va
bolalikni muhofaza qilish, aholi salomatligini mustahkamlash bo‗yicha amalga
oshirilayotgan keng ko‗lamli ishlar mustaqilligimizning birinchi kunlaridan belgilab
olingan eng muhim vazifalarning izchil davomidir.
Bugun Qoraqalpog‗iston shifokorlarining Buyuk Britaniya, Yaponiya, Janubiy
Koreya, Polsha va boshqa ko‗plab xorijiy mamlakatlarda malaka oshirishi, ilg‗or
tajribalarni qo‗llashi oddiy holga aylandi.
Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan bunday keng ko‗lamli
islohotlar
iqtisodiyotimizning
barqaror
rivojlanishi,
xalqimiz
farovonligini
yuksaltirishga mustahkam zamin bo‗lib xizmat qilmoqda. Mustabid tuzum davrida
chekka hudud sifatida mutlaqo e‘tibordan chetda qolgan Qoraqalpog‗iston
Respublikasi bugun ana shunday taraqqiyot yo‗lidan dadil bormoqda. Bugunidan
mamnun va ertangi kuniga ishonchi qat‘iy bo‗lgan Qoraqalpog‗iston xalqi Vatanimiz
mustaqilligining 25-yillik bayramini munosib kutib olishga hozirlik ko‗rmoqda. Bu
ularning shukronalarida, mamnun chehralarida yaqqol aks etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |