2017-yil 15-dekabrdagi
farmoni
asosida O‗zbekiston Islom akademiyasi tashkil etildi.
Shu o‗rinda, oxirgi yillarda mamlakatimizda diniy sohaga munosabat ijobiy
tomonga o‗zgarganini e'tirof etish joiz. Buning tasdig‗i sifatida,
2020-yil aprel oyida
Xalqaro diniy erkinlik bo‗yicha AQSh Komissiyasi O‗zbekistonni diniy erkinlik
borasidagi vaziyat alohida xavotirga molik mamlakatlar ro‗yxatidan chiqargan edi.
Davlatimiz rahbari
2020-yil 22-iyun
kuni imzolagan
«Inson huquqlari bo‗yicha
O‗zbekiston Respublikasining milliy strategiyasini tasdiqlash to‗g‗risida»
gi
farmonda O‗zbekistonda vijdon erkinligi huquqini ta'minlash sohasida keng ko‗lamli
chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani, «Jaholatga qarshi ma'rifat» g‗oyasini amalga
oshirishga, diniy ta'lim va ma'rifat tizimini rivojlantirishga, diniy xodimlar
tayyorlashga alohida e'tibor qaratilayotgani e'tirof etildi.
Savollar:
1. Tarixiy xotira tushunchasini izohlang.
2. Mustaqillikning dastlabki yillarida qaysi allomalarning yubileylari nishonlandi?
3. O‗zbek xalqining qadriyatlari va an‘analarini taklash bo‗yicha qanday qarorlar
qabul qilindi?
4. 2007-yil Toshkentning Islom madaniyati poytaxti deb atalish sabablarini sanashga
harakat qiling.
5. Mustaqillikning dastlabki yillarida nima sababdan madaniyat va san‘atga e‘tibor
kuchaydi?
6. Bugungi kunda O‗zbekistonda qanday muzeylar faoliyat olib bormoqda?
7. Musiqa festivallari o‗tkazilishidan ko‗zlangan maqsadlar nimalar?
8. Kino san‘atidagi yutuqlar va kamchiliklarni sanang.
9. Mustaqillik yillarida teatrlar faoliyatida qanday o‗zgarishlar bo‗ldi?
10. Millatlararo totuvlik g‗oyasini izohlang.
11. Nima deb o‗ylaysiz, nima sababdan O‗zbekistonda milliy-madaniy markaz 130
dan ortiq?
12. «Xalqaro bag‗rikenglik kuni» qaysi sanada nishonlanadi? Qo‗shimcha
adabiyotlardan foydalanib, bu kun nega shu sanada nishonlanishini aniqlang.
13. O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besh ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha
Harakatlar strategiyasining nechanchi yo‗nalishi millatlararo totuvlikka qaratilgan?
14. Bugungi kunda O‗zbekistonda qancha diniy tashkilotlar mavjud?
15. Konfessiyalararo munosabatlar deganda nimani tushundingiz?
16. Diniy bag‗rikenglikni kafolatlaydigan huquqiy-me‘yoriy hujjatlarni sanang.
17. Diniy bag‗rikenglik tamoyillarini sanab bering.
Adabiyotlar:
1. Mustaqil O‗zbekiston tarixining dastlabki sahifalari. - Toshkent, 2000.
2. Erkaev A. O‗zbekiston yo‗li. - Toshkent: Ma‘naviyat, 2011.
3. Mustaqillik: Izohli ilmiy-ommabop lug‗at // M.Abdullaev va boshqalar:
to‗ldirilgan uchinchi nashr. - Toshkent: Sharq, 2006.
4. Mustaqil O‗zbekiston tarixi. Mas‘ul muharrir A.Sabirov. - Toshkent: Akademiya,
2013.
5. Levitin L. O‗zbekiston tub burilish pallasida. - Toshkent: O‗zbekiston, 2005.
6. O‗zbekiston mustaqillik yillarida. - Toshkent: O‗zbekiston, 1996.
7. G‗ulomov S., Ubaydullaeva R., Ahmedov E. O‗zbekiston. - Toshkent: Mehnat,
2001.
Do'stlaringiz bilan baham: |