To‗rtinchi bosqich – 2016-yildan boshlandi
.
Prezident
Shavkat
Mirziyoyevning 2016-yil 5-oktabrdagi «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini
ta‘minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik
muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida»gi
farmoniga muvofiq, tadbirkorlikni yanada jadal rivojlantirishga e‘tibor kuchaytirildi.
2018-yil tasdiqlangan «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‗oyalar va texnologiyalarni
qo‗llab-quvvatlash yili – davlat dasturi»da tadbirkorlik sub‘yektlarining moliya-
xo‗jalik faoliyatini tekshirishga ikki yil muddatga moratoriy (to‗xtab turish) e‘lon
qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |