2015-yil «Keksalarni e‘zozlash yili» deb e‘lon qilindi. Har yili urush
qatnashchilari va front ortida mehnat qilganlarga bepul tibbiy xizmat ko‗rsatilmoqda,
ular
sanatoriy
kurortlarda
davolanmoqda,
boshqa
zarur
vositalar
bilan
ta‘minlanmoqda.
Mamlakatimizda 2007-yilning «Ijtimoiy himoya yili» deb e‘lon qilinishi
aholini ijtimoiy himoya qilishni ta‘minlash, uning turmush va farovonlik darajasini
izchil oshirishga qaratilgan keng ko‗lamli davlat siyosatining amaliy ifodasi bo‗ldi.
Shu ma‘noda, 2007-yil ehtiyojmand oilalarga davlat tomonidan ijtimoiy yordam
ko‗rsatish mexanizmlarini amalga oshirishda fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish
organlari rioya etishi lozim bo‗lgan asosiy tamoyillar yanada takomillashtirildi.
Har yili 9-may «Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan urush
qatnashchilari mukofotlanadi. Xususan, O‗zbekiston respublikasi Prezidentining
2017-yil 4-apreldagi farmoniga ko‗ra, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari 2 mln
so‗mdan mukofotlandilar. Urush qatnashchilarining ayrimlariga to‗la jihozlangan
uylar, Haj ziyoratiga bepul borish va navbatsiz avtomobil sotib olish imtiyozi berildi.
Respublikada onalar va bolalar sog‗lig‗ini muhofaza qilishga katta ahamiyat
berilmoqda. «Bolalikdan nogironlar tug‗ilishining oldini olish uchun yangi tug‗ilgan
chaqaloqlarni hamda homilador ayollarda tug‗ma va boshqa patalogiyani barvaqt
aniqlash bo‗yicha «Ona va bola skrininggi» Davlat tizimini tashkil etish to‗g‗risida»
Vazirlar Mahkamasining maxsus qarori qabul qilinganligi bu soha rivojiga salmoqli
hissa qo‗shdi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil iyulda «2009–2013-yillarda
aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sog‗lom bola tug‗ilishi, jismoniy
va ma‘naviy barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni yanada
kuchaytirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‗g‗risida» qarori
qabul qilindi. Ushbu qarorga ko‗ra sog‗liqni saqlash sohasini isloh qilish va shu
sohada sifat o‗zgarishlarini amalga oshirishni ta‘minlash borasidagi ishlar davom
ettirildi. Bolalarni yuqumli kasalliklarga qarshi emlash darajasi qariyb 100 foizni
tashkil etdi.
Barcha viloyatlar markazlarida kattalar va bolalar uchun ko‗p tarmoqli tibbiyot
markazlari, har bir tumanda eng zamonaviy meditsina asbobus-kunalari bilan
jihozlangan qishloq vrachlik punktlari faoliyati yo‗lga qo‗yildi. Bugungi kunda
respublikamizda 3000 ga yaqin Qishloq vrachlik punkti (QVP) faoliyat
ko‗rsatmoqda.
2015-yilga kelib jahon sog‗liqni saqlash tashkiloti ma‘lumotiga ko‗ra
O‗zbekistonda tug‗ilayotgan bolalarning 92 foizi mutlaq sog‗lom. «Bolalarni
asraylik» xalqaro tashkiloti tomonidan tuzilgan jahon reytingida O‗zbekiston bolalar
salomatligini mustahkamlash borasida katta g‗amxo‗rlik ko‗rsatayotgan eng ilg‗or
yetakchi o‗nta mamlakat qatoriga kirdi.