1996-yilda
O‗zbekiston Respublikasining «
Erkin
iqtisodiy
zonalar
to‗g‗risida»
gi qonuni qabul qilindi. Qonunga binoan erkin iqtisodiy zona deganda
muayyan mintaqani jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishuchun mamlakat va chet el
kapitalini, istiqbolli texnologiya va boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida
tuziladigan, aniq belgilangan ma‘muriy chegaralari va alohida huquqiy tartiboti
bo‗lgan maxsus ajratilgan hududdir.
Prezidentimizning 2008-yil «Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy zona
tashkil qilish to‗g‗risida»gi Farmoni asosida «Navoiy» xalqaro intermodal logistika
markazi bunyod etildi. 2013-yildagi O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining
«Jizzax» maxsus industrial zonasini barpo etish to‗g‗risida»gi va «Angren» maxsus
industrial zonasini barpo etish to‗g‗risida»gi farmonlari qabul qilindi. Mazkur
farmonlar raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni ta‘minlaydigan zamonaviy,
yuksak texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy
investitsiyalarni jalb etish, bu borada qulay shart-sharoitlarni shakllantirishga, ishlab
chiqarish va resurs salohiyatidan samarali foydalanish, yangi ish joylarini yaratish va
aholi daromadlarini oshirishga xizmat qilishi ko‗zda tutilgan. Iqtisodiy zonalar
kiritiladigan investitsiya miqdoridan kelib chiqqan holda 3 yildan 7 yilgacha
muddatga bojxona va soliq to‗lovlaridan ozod etiladi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil oktabrdagi «Urgut»,
«G‗ijduvon», «Qo‗qon» va «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish
to‗g‗risida» 2017-yil «Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va
kengaytirishga doir qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida»gi farmonlari asosida,
bugungi kunda (2018) mamlakatimizda 10 hududda
14 ta
erkin iqtisodiy zona
faoliyat yuritmoqda. «Navoiy», «Angren», «Jizzax», «Urgut», «G‗ijduvon»,
«Qo‗qon» va «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonalarida 62 loyiha amalga oshirilgan, 4
ming 600 dan ortiq ish o‗rni yaratilgan. Farmatsevtika sohasiga ixtisoslashgan
«Nukus-farm», «Zomin-farm», «Kosonsoy-farm», «Sirdaryo-farm», «Boysun-farm»,
«Bo‗stonliq-farm», «Parkent-farm» singari 7 yangi erkin iqtisodiy zonani
rivojlantirish bo‗yicha izchil ishlar olib borilmoqda. Prezidentning 2016-yildagi
farmoniga ko‗ra «Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasi, «Angren» va «Jizzax»
maxsus industrial zonalari nomini birxillashtirish maqsadida ular bundan buyon
«Navoiy», «Angren» va «Jizzax» erkin iqtisodiy zonalar deb yuritiladigan bo‗ldi.
1991-yil avgustda O‗zbekistonda eng zamonaviy shaklda, yangi tipdagi soliq
tizimi yuzaga keldi. O‗zbekiston soliq organlari 1991-yilda qabul qilingan
«Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‗g‗risida»gi qonun,
2008-yilda yangi tahrirda qabul qilingan «O‗zbekiston Respublikasining soliq
kodeksi» asosida ish yuritmoqda. Tibbiyot, ta‘lim va sport ob‘yektlarini saqlash
xarajatlari korxonalarning soliqqa tortiladigan bazasidan chiqariladi, savdoda ilgari
to‗lab kelingan uchta to‗lov o‗rniga esa yagona soliq to‗lov joriy etildi. Rivojlangan
davlatlar tajribasi asosida fuqarolarning yillik daromadlarini Deklaratsiya qilish
tartibi joriy qilindi.
2008-yildan keyingi davrda ham mamlakatimizda kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik sohasi ham barqaror rivojlandi. Xo‗jalik yurituvchi sub‘yektlarning soliq
yukini yanada kamaytirish, mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq
to‗lovining 10 foizdan 8 foizga, 2009-yilda 7 foizga, keyinchalik ushbu ko‗rsatkichni
5 foizga tushirilishi, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗i stavkalarining
kamaytirilishi va ayni paytda uni hisoblash tartiblarining takomillashtirilishi
tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesni izchil rivojlantirish uchun rag‗batlantiruvchi
omillar yaratdi.
2017–2021-yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan, soliq solish
tizimini izchillik bilan soddalashtirish, soliq solinadigan bazani kengaytirish orqali
soliq yukini pasaytirish kabi vazifalar belgilangan. Ushbu vazifalar ijrosi yuzasidan,
shuningdek, soliq ma‘muriyatchiligining zamonaviy uslublarini joriy etish, soliqlar
va boshqa majburiy to‗lovlar yig‗iluvchanligini oshirish maqsadida 2017-yil 18-
iyulda Prezidentning «Soliq ma‘muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va
boshqa majburiy to‗lovlarning yig‗iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari
to‗g‗risida»gi farmoni qabul qilindi. 2018-yil 1-yanvaridan boshlab, soliq organlari
va halol soliq to‗lovchilar o‗rtasida ularga joriy soliq solish masalalarini hal etishda
har tomonlama ko‗maklashgan holda kengaytirilgan axborot almashinuvini
ta‘minlaydigan soliq nazoratining zamonaviy shakli – soliq monitoringini joriy etish
belgilandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |