2015-yilda
Qarshi shahrigacha,
2016-yilda
esa ―Toshkent–Buxoro‖ yo‗nalishi,
2018-yili
Toshkent–Xiva yo‗nalishi
ishga tushirildi. Poyezd maksimal tezlikni soatiga 250 kilometrgacha oshirishi
mumkin.
Mustaqillik yillarida Toshkent metrosi qurilishi ham jadal sur‘atda o‗sdi.
2001-
yil avgustda
Yunusobod yo‗nalishining 6 ta bekatdan iborat birinchi qismi
foydalanishga topshirilib, yo‗lovchi tashish yo‗lga qo‗yildi.
2016-yil
Sh.
Mirziyoyevning tashabbusi bilan 7,1 kilometr bo‘lgan Toshkent metropolitenining
Sergeli liniyasi qurilishi olib borilmoqda. Mazkur qarorga ko‗ra yangi liniyani 2020-
yilga qadar qurib foydalanishga topshirish ko‗zda tutilgan. Sergeli metro liniyasi
bugungi kungacha Markaziy Osiyoda qo‗llanilmagan butunlay yangicha estakada
usulida bunyod etilmoqda. Ya‘ni mazkur yo‗l ko‗priksimon tarzda quriladi, poyezdlar
yer ustida harakatlanadi.
O‗zbekiston dengizga to‗g‗ridan-to‗g‗ri chiqish imkoni cheklangan 34 ta
davlatdan biri hisoblanadi. Shu sababli havo yo‗llari transporti respublika
iqtisodiyotida alohida ahamiyat kasb etadi. 2012-yilga kelib aviakompaniya
zamonaviy havo kemalari bilan ta‘minlandi. «O‗zbekiston havo yo‗llari»
aviakompaniyasi dunyoning 25 dan ortiq mamlakatiga parvozlarni amalga oshirib,
yiliga qariyb 75 ming tranzit yo‗nalishning havo harakatini boshqarmoqda.
Shuningdek, aviakompaniya tarkibida faoliyat ko‗rsatayotgan, so‗nggi avlod
aviatsiya texnikalariga texnik xizmat ko‗rsatish va ularni ta‘mirlash bo‗yicha
Markaziy Osiyo mintaqasida yagona bo‗lgan markazning xizmatlaridan 320 ta xorijiy
aviakompaniya samolyotlariga aeronavigatsiya xizmati ko‗rsatila boshlandi.
O‗zbekiston Milliy Aviakompaniyasi Boeing –757/767, A-320 samolyotlari,
vatanimizda ishlab chiqarilgan Il-114–100 zamonaviy laynerlari, Boeing – 767–300
ER yuk tashuvchi samolyotlarga ega bo‗ldi. 2016-yilda yangi avlod samolyotlari
Boeing – 787 Dreamliner keltirildi. Xalqaro parvozlar xaritasiga e‘tibor bersak,
O‗zbekiston MDHning barcha yirik shaharlari va jahonning AQSH, Germaniya,
Buyuk Britaniya, Shveysariya, Hindiston, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Janubiy
Koreya, Singapur singari ellikka yaqin mamlakatlari bilan bevosita havo yo‗llari
orqali bog‗landi.
«O‗zbekiston havo yo‗llari» aviakompaniyasi tarkibida 11 ta (Toshkent,
Nukus, Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, Qarshi, Namangan, Andijon,
Farg‗ona, Navoiy) zamonaviy aeroportlar jahon andozalari darajasida modernizatsiya
qilindi.
2017-yilda
Islom Karimov nomi berilgan Toshkent xalqaro aeroporti
Markaziy Osiyodagi yirik xalqaro aeroportlardan biri hisoblanadi. Buxoro,
Samarqand va Urganch aeroportlari xalqaro aeroport maqomini oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |