"Tarixiy xotirasiz kelajak
yo‘q"
(1998-yil, avgust) nomli asarida keng bayon etib berildi. Yurtboshimiz
haqqoniy tarix millatning o‘zligini anglashning poydevori, ma'naviy-mafkuraviy,
g`oyaviy-siyosiy ishlarimizning haqiqiy manbayi ekanligini qayta-qayta taqqoslab
ko‘rsatadi. Prezidentimiz har bir "siyosatchiman, arbobman degan odam, agar vijdoni
bo`lsa, o‘z xalqining tarixiy o`tmishini bilishi shart" deb vazifani keskin qo`ydi.
O`tish davrining murakkab vazifalari, qarama-qarshiliklari davlat rahbaridan
boshqaruvning har xil usullarini kerak bo`lsa qattiqo`llikni talab qiladi. Prezident
Islom Karimov shunday vaziyatda xalqimiz manfaatlariga mos keladigan demokratik
usullardan foydalanib mamlakatni boshqarmoqda.
1992-yil
Rossiyaning
"Komsomolskaya
pravda"
gazetasi
muxbiri:
"Muxoliflaringiz sizni totalitarizmda ayblab tanqid qilmoqda" desa, unga javoban
I.A.Karimov: "Ha, men buni yaxshi bilaman. Muxoliflarim meni diktator qilib
ko‘rsatishni juda xohlaydilar. Tan olaman, ehtimol mening harakatimda avtoritarizm
nishonalari bordir. Ammo men buni faqat bir narsa bilan izohlayman: tarixning
muayyan davrlarida, haqiqiy davlatchilik qaror topayotgan paytda ayniqsa bir
tizimdan ikkinchisiga o`tish davrida har holda kuchli hokimiyat zarur. Qon
to`kilishiga va qarama-qarshilikka yo'1 qo`ymaslik, mintaqada millatlararo va
fuqarolarning totuvligi, tinchligi va barqarorligini saqlash uchun shunday bo‘lishi
zarur. Bu yo`ldamen jonimni fido qilishga tayyorman" deb javob bergan edi.
Savollar:
1. Nima sababdan ittifoqdosh respublikalar SSSR tarkibidan chiqa boshladilar?
2. SSSR o‗rniga qanday ittifoq tuzish masalasi ko‗tarildi, u qanday prinsipda tuzilishi
kerak edi?
3. Referendumning ma‘nosini bilasizmi? 4. „9+1― deb nom olgan hujjat qachon
imzolangan, uning mazmuni nima?
5. Qanday kuchlar, nima maqsadda Moskvada fitna uyushtirdilar?
6. O‗zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning 1991- yil 20- avgustdagi Bayonotida
nimalar deyilgan edi?
7. 1991- yil 25- avgustda O‗zbekiston Prezidentining qanday farmoni e‘lon qilindi?
8. O‗zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991- yil 31- avgustda bo‗lgan
sessiyasida qanday hujjatlar qabul qilindi?
9. O‗zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‗g‗risidagi Oliy Kengash
Bayonoti haqida so‗zlab bering.
10. Oliy Kengashning O‗zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e‘lon qilish
to‗g‗risidagi qarorining mazmunini bilasizmi?
11. „O‗zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‗g‗risida―gi
Konstitutsiyaviy qonunni kutubxonadan toping va daftaringizga yozib oling.
12. Mustaqillik to‗g‗risidagi referendum va uning natijalarini bilasizmi?
13. O‗zbekiston Davlat mustaqilligini qo‗lga kiritishning tarixiy ahamiyati
nimalardan iborat?
Adabiyotlar:
1. Mustaqil O‗zbekiston tarixining dastlabki sahifalari. - Toshkent, 2000.
2. Erkaev A. O‗zbekiston yo‗li. - Toshkent: Ma‘naviyat, 2011.
3. Mustaqillik: Izohli ilmiy-ommabop lug‗at // M.Abdullaev va boshqalar:
to‗ldirilgan uchinchi nashr. - Toshkent: Sharq, 2006.
4. Mustaqil O‗zbekiston tarixi. Mas‘ul muharrir A.Sabirov. - Toshkent: Akademiya,
2013.
5. Karimov I.A. O‗zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. – Toshkent:
O‗zbekiston, 2011.
6. Levitin L. O‗zbekiston tub burilish pallasida. - Toshkent: O‗zbekiston, 2005.
7. O‗zbekiston mustaqillik yillarida. - Toshkent: O‗zbekiston, 1996.
8. G‗ulomov S., Ubaydullaeva R., Ahmedov E. O‗zbekiston. - Toshkent: Mehnat,
2001.
Do'stlaringiz bilan baham: |