Тish to’qimalari
Тish emal, pulpali-dentinli kompleks va sementdan iborat bo’ladi. (1.3 rasm). Тishning har bir to’qimasini alohida ko’rib chiqamiz.
Emal. Emal omeloblast deb ataluvchi hujayralardan iborat bo’lib, ular tish kurtagining ektodermal o’simtasidan kelib chiqqan. Ameloblastlaremal-dentinli birikmaga qarab yo’naltirilgan kalta o’simtalarga ega bo’ladilar. Bu o’simtalar Toms processesdeb ataladi.Emal tishning anatomik qoplamasini egallaydi. Emal qalinligi turli uchastkalarda o’zgarib turadi. (1.14 rasm). Kesuvchi chekka va okklyuzion sirt sohasida qalinroq bo’ladi va emalli-sementli chegara yo’nalishida asta-sekin yupqalashib boradi. Тurli tishlarning emalining qalinligi turlicha bo’ladi: kurak tishlarining kesuvchi chekkalaridagi 2 mm dan tortib premolyarlarning bo’rtiqlaridagi 2,3-2,5 mm va molyarlarning bo’rtiqlaridagi 2.5- 3,0 mm gacha yetadi. Emal qalinligi ham molyarlar va premolyarlarbo’rtiqlarining tepasidan boshlab
ularning birlashish joyigacha kamayib boradi, bo’rtiqlar bitta bo’lib qo’shilib ketmagan bo’lsa ba’zida fissuralar sohasida nolgacha boradi (1.12 va 1.14 rasmlarga qarang).
Modomiki emal o’zining ko’pchilik joylarida kul rang sifat yarim tiniq rangda bo’lar ekan, tishning rangi asosan tegishli dentin rangiga, emalning qalinligi va pigmentatsiyasiga bog’liq bo’ladi. Emalning tiniqligi uning kalsiylanishi darajasi va tuzilmasining gomogenligiga bog’liq bo’ladi. Emal holatining o’zgarishi odatda uning rangining o’zgarishiga olib keladi. Masalan, emal quritilganida va nam muhitdan izolyatsiya qilinganida oqaradi. Shuning uchun tishning rangini uni so’lakdan izolyatsiya qilguncha va ishlov berilguncha aniqlash lozim bo’ladi. Bu rangdagi o’zgarish emal tomonidan erkin suyuqlikning yo’qotilishi bilan tushuntiriladi (1% dan kam).
Emal yuqori minerallashgan tuzilmaga ega bo’lib 95-98% ga organik bo’lmagan komponentdan iboratdir. Oxirgisining asosiy qismi (umumiy hajmning 90-92%) kristall panjarani hosil qiladigan gidroksiapatit bilan shakllanadi. Boshqa minerallar va mikroelementlar emalda oz miqdorda bo’ladi. Emalning 1- 2% i organik komponent va 4%i suvdan iboratdir.
Тuzilmaviy jihatdan emal emal tuzilmasining asosini ifoda etadigan millionlab emalli prizmalardan va shuningdek prizmalararo moddadan tashkil topgan. Prizmalararo modda yoki qobiq kristall “boshchasi” uning “dumi”ga tegib turadigan joylarda kristallar orasidagi bo’shliqda joylashadi. Bu bo’shliqqisman organik modda bilan to’lgan bo’ladi. Prizmalar miqdori pastki kurak tishlardagi 5 mln.dan yuqori molyarlardagi 12 mln.gacha o’zgaradi. Prizmalar bir-biriga zich joylashgan bo’ladi va emalli-dentinli birikmadan tortib tishning tashqi sirti yo’nalishidabir-biriga chirmashib ketadi. Asosan prizmalar emalli dentinli birikmaga va tishning tashqi sirtiga nisbatan perpendikulyar joylashadi, ular apikal yo’nalgan doimiy tishlarning bo’yin oldi sohasidan tashqari. Qoplamaning bo’yin oldi va markaziy qismidagi sutli tishlarning emalli prizmalari tishning uzun o’qiga nisbatan perpendikulyar bo’ladi, ya’ni ular doimiy tishlarning okklyuzion bo’lgan uchdan ikki qismidagi joylashuvi kabi. Dentin bilan chegarada joylashgan emalli prizmalarning diametri taxminan 4 mkm ni, sirtida esa – taxminan 8 mkm ni tashkil etadi. Bu farq emalning qoplama sirtidagi va emalli-dentinli birikma sohasidagi kengligi orasidagi farqqa mos keladi.
Emal — inson organizmining eng qattiq to’qimasidir. Uning qattiqligi tishning tashqi sirtidan boshlab emalli-dentinli birikmaga qarab ketishda kamayib ketadi. Emal zichligi ham emalli-dentinli chegaraga yaqinlashgan sari pasayib ketadi. Shu vaqtning o’zida emal past qayishqoqlik moduli va mustahkamlikning chegaralanganligiga ega bo’lgan juda mo’rt to’qimani ifoda etadi, bu esa uning tuzilmasining rigidliligidan dalolat beradi. Shuning uchun chaynash harakatiga qarshi turish uchun emal ostida yuqori siqilish qobiliyatiga ega bo’lgan va amortizator bo’lib xizmat qiladigan dentin qatlami bo’lishi lozim. Тagidagi dentin qatlamini yo’qotgan emalli prizmalar patologik jarayon yoki noto’g’ri ishlov berish natijasida osonlikcha ko’chib tushadi. Shuning uchun ishlov berishda emal ostida tegishli dentin qatlami bo’lishi lozim. (1.4 rasm).
Ko’ndalang kesimda emalli prizmalarbir-biri bilan birlashib to’rni hosil qiladigan “boshcha” yoki “badan” hamda “dum”ga ega bo’lgan tuzilmalarni ifoda etadilar. Yumaloqlashgan prizma boshchasi (kengligi 5 mkm) ikkita qo’shni prizmaning tor dumchalari (uzunligi 5 mkm) orasida joylashadi (1.5 rasm). Odatda prizma “boshchasi” okklyuzion sirt yoki kesuvchi chekka yo’nalishida bo’ladi, “dumcha” esa – bo’yin yo’nalishida bo’ladi.
Emalli prizmalarning tuzilmaviy komponentlari bo’lib turli shakl va o’lchamga ega bo’lgan millionlab katta bo’lmagan uzunchoqroq apatit kristallari xizmat qiladi. 1.6 rasm).
1.4 rasm.dТegishli dentinning emalli prizmalari instrument bosimi ostida osonlikcha ko’chib tushadi; s — tagida dentini bo’lgan emalni saqlagan holda bo’yin oldi sohasiga ishlov berish
1.6 rasm.Yetilgan emallarning geksagonal kristallarining elektron mikrofotografiyasi (strelka bilan ko’rsatilgan). (lb Sylcn MU.. Banes L II, OmnellK. A. I. Cell. Biol, voL IS, 1965. Rockefeller University press)
1.5 rasm.Inson tishi sopelom emalining emalli prizmalari ko’ndalang kesimining elektron mikrofotografiyasi (x5000). “boshcha” va “dumcha” sorasidagi kristallarning yo’naltirilganligi turlicha bo’ladi (Meckel A. N.. Criebstein W. /.. Seal R. 1: Structure of mature human dental enamels observed by electron microscopy, Arch Oral Biol, wl I IK 1965. Perga mon kitobidan)
1.6 rasm.Yetilgan emallarning geksagonal kristallarining elektron mikrofotografiyasi (strelka bilan ko’rsatilgan). (lb Sylcn MU.. Banes L II, OmnellK. A. I. Cell. Biol, voL IS, 1965. Rockefeller University press)
Kristallar qat’iy belgilangan tartibda joylashgan bo’lib, bu holat prizmalarga mustahkamlik va tuzilmaviy o’xshashlikni taqdim etadi. Prizma “boshchasi” sohasida joylashgan apatit kristallarining uzun o’qlari prizmaning uzun o’qiga parallel joylashgan bo’lib, “dum” sohasida kristallar prizmaning uzun o’qiga nisbatan ( 65" gacha bo’lgan) burchak ostida joylashgan bo’ladi. Kristallarning kislotaga ta’sirchanligi (kimyoviy yedirish yoki kariyes vaqtida) ko’p jihatdan ularning prizmadagi oriyentatsiyasiga bog’liq bo’ladi. Kristallarning kislota ta’sirida vayron bo’lishi ko’p jihatdan prizmaning “boshchasi” sohasida amalga oshadi, vaholanki “dumcha” sohasida va “boshcha”ning periferiyasi bo’ylab joylashgan kristallar nisbatan kislotalarga chidamli bo’ladi. Kristallar noto’g’ri shaklga ega bo’ladi. Ularning o’rtacha uzunligi 1600 Ye ni, o’rtacha kengligi - 200-400 Ye ni tashkil etadi. Har bir kristall atomlarnng qat’iy ravishda tartiblangan ketma-ketligini ifoda etadigan mingtalab yacheykalardan iborat bo’ladi. Kristall quyidagi oltiburchakli konfiguratsiyaga ega bo’lishi mumkin: uzunasiga 300 ta yacheyka, eniga 40 ta va qalinligi 20 ta yacheyka.
Organik matritsa,yokiprizma qobig’i, har bir kristallni o’rab turadi. Unga alohida tuzilmaviy birlik sifatida emas, balki organik moddaga boy o’lgan fazo sifatida qarash lozim.
Emalliprizmalar, spiralga buralib, prizmaning har bir guruhi yoki qatlamida bir jinsli bo’lmagan tuzilmani shakllantiradi, chunki ular dentin bilan chegaradan boshlab emal sirtigacha bo’lgan yo’lda o’z yo’nalishini o’zgartiradilar va emal sirtida tishning tashqi sirtiga bir necha mikrometr yetmasdan qolib ketadilar Emalli prizmalar tishning qoplamasiga nisbatan kamdan kam qat’iy radial ravishda joylashadi, ko’pincha ular soatstrelkasi o’nalishi bo’yicha yoki unga qarshi bo’ladilar. Ba’zi prizma guruhlari bir-biri bilan chirmashib ketishi mumkin, va emalli ustunchalar qiyshayib ketadi. Bu uchastkalarda emal dag’al deb ataladi. Dag’al emal bo’yin oldi sohasida kesuvchi chekka hamda okklyuzion sirt sohasida kuzatiladi Organik matritsa,yokiprizma qobig’i, har bir kristallni o’rab turadi. Unga alohida tuzilmaviy birlik sifatida emas, balki organik moddaga boy bo’lgan fazo sifatida qarash lozim.
Emalliprizmalar, spiralga buralib, prizmaning har bir guruhi yoki qatlamida bir jinsli bo’lmagan tuzilmani shakllantiradi, chunki ular dentin bilan chegaradan boshlab emal sirtigacha bo’lgan yo’lda o’z yo’nalishini o’zgartiradilar va emal sirtida tishning tashqi sirtiga bir necha mikrometr yetmasdan qolib ketadilar Emalli prizmalar tishning qoplamasiga nisbatan kamdan kam qat’iy radial ravishda joylashadi, ko’pincha ular soatstrelkasi yo’nalishi bo’yicha yoki unga qarshi bo’ladilar. Ba’zi prizma guruhlari bir-biri bilan chirmashib ketishi mumkin, va emalli ustunchalar qiyshayib ketadi. Bu uchastkalarda emal dag’al deb ataladi. Dag’al emal bo’yin oldi sohasida kesuvchi chekka hamda okklyuzion sirt sohasida kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |