Fanidan yozgan kurs ishi mundarija: Kirish. I. Bob. Xvii-asrda Angliya



Download 91,2 Kb.
bet8/9
Sana31.05.2022
Hajmi91,2 Kb.
#622629
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
RAXMONOVA GULNOZA

Yangi mafkuraning paydo bulishi.
Iqtisodda imperialistik belgilarning kuchayishi jamiyatning mafkurasida ham o`z aksini topdi. 60-yillarning oxiridan bir qator olimlar jamiyatning
yangi iktisodiy xolatiga mos mafkuraviy tizimlarni taklif qila boshladilar. Shundaylardan biri Charl'z Dilk (1843-1911) o`zining
«Yanada Buyuk Britaniya» nomli asarida ko`chkinchi inglizlardan
tashkil topgan mustamlakalarda (Kanada, Avstraliya, Yangi Zellandiya, Janubiy Afrika) burjuaziyaning xuquqlarini kengaytirishni, amalda ularni mustamlakalarni boshqarishga sherik qilishni taklif kildi. Dilkning fikricha bu Angliyaning dunyodagi yetakchilik rolini saqlab qolishga yordam berar ekan. Shu bilan birga Dilk «erkin savdo» urniga Angliyani va butun Britaniya imperiyasini
chet davlatlar raqobatidan himoya qilishga qaratilgan «adolatli savdo»ni joriy qilish zarur deb xisoblaydi.
1883 yili Jon Silining (1834-1895) «Angliya ekspansiyasi» nomli kitobi nashr qilindi. Bu kitob mustamlakachilik g`oyalarini («Imperiya federatsiyasi» kabi) tarqatish maqsadida targ`ibot jamiyatlarining tashkil topishi uchun turtki buldi. Bu davrning ideologlari mustamlakachilik g`oyalarini «imperiyani qutqarish», «ishchilarning ijtimoiy xuquqlari» kabi shiorlar bilan qo`shib olib bordilar. XIX asr oxirida Angliya mustamlakachilik ekspansiyasining faollaridan biri Sesil Rods (1853-1902) o`z mafkurasining maqsadini ochiq bildirib: «Imperiya-qorin masalasi. Agar fuqarolar urushini xohlamasangiz, siz imperialist bulishingiz kerak», - degan edi.
Ishchilar harakati.
XIX asr 60-yillari oxiri 70-yillari boshidagi iqtisodiy yuksalish ishchilarga o`z ahvollarini yaxshilash uchun kurashish imkonini tug`dirdi. Kasaba uyushmalarining ish vaqtini qisqartirish va o`z faoliyatlarini legallashtirish
uchun kurashi ular saflarining sezilarli kengayishiga olib keldi. O`sha davrda ishchilarning faoliyatiga katta ta'sir kursatgan ijtimoiy fikrning yo`nalishlaridan biri «fabianlik» edi. Fabianlik jamiyati 1884-yilning boshida tashkil topdi. Fabianlar inqilobiy xarakatga keskin qarshi chiqib, ko`plab ishchilarni ham
bu yo`ldan qaytarishga xissa qo`shdilar. Fabianlar jamiyatining a'zolari orasida Beatrisa (1858-1943) va Sidney (1859-1947) Vebblar va taniqli yozuvchi Bernard Shou (1856-1950) kabi mashxur kishilar bor edi.
Xulosa
Karl I ning mamlakatni parlamentsiz idora qilishga qaror qilishi natijasida mustabid hukumatning ahvoli yanada tang bo`ldi. Parlamentning soliqlar to`lanmasi degan chaqirio`i keng xalq ommasiga ma’qul tushdi. Ispaniyaga hamda Fransiyaga qarshi urushning davom etishi tashqi savdo sohasida krizisga olib keldi. Parlamentsiz idora davrida Karl I maslahatchilaridan uchinchisi xazinachi – lord Richard Uetson bo`lib, u Karlni nohaq yig’inlar joriy qilishga undadi. Parlamentsiz davridagi moliya siyosati shunday ediki, bunda saltanat xususiy mulkchilikka qo`pol aralashar edi. Hukumat parlament tasdiqlamagan yangi soliqlar undirib olish uchun har - xil bahonalar qidirib topar edi. Parlamentga bog’liq bo`lmagan moliya bazasini yaratish va doimiy armiyani tashkil etish, absolyutizmning aniq maqsadi bo`lib qoldi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun qilingan urinishlar revolyutsion portlashni tezlashtirdi xolos.

Karl I tomonidan turli-tuman nohaq yig’inlar, nihoyat Angliyada XI-XII asrlarda joriy qilingan kema pullari Yana olinadigan bo`ldi va bu hukumatga mablag’ tushib turishini ta`min etmadi, balki davlat byudjetiga yamoqday kichik bir madad bo`ldi, xolos.5 Bunday soliqlar yer soliqlaridan ko`ra keng aholi ommasining g’azabini qo`zg’atdi. 1635 yilda hukumat “kema solig’i”ni joriy qilgandan so`ng soliq yig’ishga qarshi norozilik harakatlari boshlandi. Natijada mamlakatda inqilobiy vaziyat yuzaga kela boshladi. Bu Shotlandiya bilan Karl I ning urushiga sabab bo`lib, Shotlandiya qo`zg’aloni Angliyada iqilobning boshlanishi uchun turtki bo`ldi. Shotlandiya qo`zg’aloni mutlaq hukumatning Shotlandiya ustidan nazoratni kuchaytirishiga urinishi natijasida kelib chiqqan bo`lib, Shotlandiya 1603 yilda Yakov I vaqtida Angliya bilan shaxsiy uniya asosida birlashgan bo`lsada, hali avtonomiya huquqini saqlab qolgan edi. Shotland dvoryanlari o`z mustaqilliklarini himoya qilishlarining sababi shundan iborat ediki, quyi Shotlandiya burjuaziyasi Angliya savdogarlarining raqobatidan qo`rqib, Angliya bilan batamom birlashishdan qo`rqar edi.Shotland dvoryanlari Yakov 1 ning onasi Mariya Styuart vaqtida qo`lga kiritgan feodal erkinliklarni saqlab qolishga intilar edi. XVI asrdan boshlab Shotlandiyada keng tarqalgan oppozicion ruhda bo`lgan dvoryanlarga qo`l kelgan presvetirianlik shaklidagi kalvinizm bu ikki sinfning ittiqoqini mustahkamlab,Styuartlarga qarshi kurashda qurol bo`lgan edi.Shotlandiyada ingliz episkop cherkoviga nafrat bilan qarar edi.Lord 1637 yilda Shotlandiyani ingliz cherkovi tarkibiga kiritmoqchi bo`lganida, Karl 1 ga qarshi qo`zg’olon ko`tarishga sabab bo`lganligi bejiz emas edi.Shotlandlar maxsus hujjutga imzo chekib, papa oldida “haqiqiy dinni” himoya qilish majburiyatini olgan edi.Shotlandiyada juda tez ko`ngilli qo`shin tashkil topdi va 1639 yilda Angliyaga bostirib kirdi. Angliyada xalqning keng qatlamlari, shotlandlarga xayrixohlik bildirdilar.Yollanma qo`shinlar yordamida Shotlandiyaga qarshi urush Yana boshlanib ketdi.Karl 1 1640 yil 13 Aprelda Parlament chaqirdi. Parlamentga Jon pim va jon gempden kabi oldingi parlamentdagi oppoziciya a`zolari Yana qaytadan saylandi. Parlament urushni davom ettirishga pul ajratmadi. Natijada 1640 yil 5 mayda Karl 1 bu parlamentni ham tarqatib yubordi va bu qirol hukumatiga qarshi namoyish qilinishiga sabab bo`ldi. Xalq 6 mayda qamaldagi «to`polonchilarni” qutqarish uchun qamoqxonalarga hujum qildilar.Dehqonlar bu siyosiy krizisni o`z iqtisodiy manfaatlari yo`lida oshkora kurash olib borish uchun qulay fursat etganligini hisobga olib,1640 yilning yozidan boshlab inqilobiy harakatlarni kuchaytira boshladi.Ana shu hol inqilobning negizini tashkil qildi. Shotlandlar esa parlament tarqatilgandan so`ng Yana hujum boshladilar.1640 yil 24 sentyabrda York shahrida to`plangan lordlar palatasi a`zolari ham yangi parlamentni chaqirishi kerak deb o`z fikrlarini bildirdilar.Karl 1 1640 yil 30 sentyabrda parlament chaqirilishini e`lon qildi.Oktyabrda Angliyada favqulodda keskin bir sharoitda parlament saylovi bo`lib o`tdi.Puritanlarning peshvolaridan Pim, Gempden,shuningdek, 1628-29 yillardagi parlament deputati bo`lgan Kromvel saylov vaqtida faollik ko`rsatdilar.Saylov eskicha tartiblar asosida Shtkazilishiga iuaramay, saylovda parlament –burjuaziya oppoziciyasi ustidan g’alaba qozondi. Pim parlament rahbari qilib belgilandi.


Download 91,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish