Fanidan yozgan kurs ishi mundarija: Kirish. I. Bob. Xvii-asrda Angliya



Download 91,2 Kb.
bet4/9
Sana31.05.2022
Hajmi91,2 Kb.
#622629
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
RAXMONOVA GULNOZA

II. BOB. XVIII-asrda Angliya.
XVIII asrda Angliyaning davlat tuzumi.
XVIII asrda hokimiyat to'laligicha ikki palata – lordlar palatasi va jamoa palatasidan iborat parlament qo'lida edi. Jamoa palatasi aholi tomonidan saylansa-da, mamlakatning 5,5 mln aholisidan faqat 250 ming ki shigina saylov huquqiga ega edi. Ko'pgina yirik sanoat shaharlari parlamentda yoki butunlay o'z deputatlariga ega emas yoki deputatlar soni juda kam edi. Masalan, 500 ming aholiga ega bo'lgan London shahri 4 ta deputatlik o'rnigagina ega edi. Asr oxiriga kelib qirolning parlamentda ko'pchilik o'ringa ega bo'lgan partiyalar vakillaridan vazirlarni tayinlashi odat tusiga kirdi. Bu paytda parlamentda o'ringa ega bo'lgan asosiy partiyalar ikkita tori va vigi edi. Ular bir-biridan nimasi bilan farq qilar edi.
Torilar qirolning huquq va manfaatlari hamda mavjud tartiblarning buzilmasligini quvvatlardi. Vigilar esa parlament huquqlarini faol himoya qilardi va mamlakat hayotida muhim iqtisodiy va siyosiy islohotlar o'tkazilishining tarafdorlari edilar. Asr boshlarida bu partiyalarning eng ko'zga ko'ringan arboblari gertsog Malboro (vig) va vikont Bolingbrok (tori) edi. Ko'pchilikning quvvatlashidan mahrum bo'lgan partiya hokimiyatga bo'lgan huquqini ham yo'qotar va hukumat iste'foga chiqar edi. 1707 yili parlament Angliya bilan Shotlandiya o'rtasidagi uni- yani qonunlashtirdi. Endi mamlakat Buyuk Britaniya deb atala boshladi. Shotlandiya parlamenti tugatilib, uning deputatlari Angliya parlamenti tarkibiga qo'shildi. 1716 yili parlament vakolatining uch yillik muddati o'rniga olti yillik muddat o'rnatildi. Bu bilan mamlakatni idora qilishda professional boshqaruvchilar qatlamining shakllanishiga keng yo'l ochildi. 1714 yili Angliya taxtida turgan Oranskiylar sulolasining oxirgi vakili vafot etdi. 1701 yili qabul qilingan «Taxt vorisligi to'g'risida bill» Styuartlarning taxtga qaytishi uchun imko- niyat qoldirmagan edi. Bill Yakov II ning qizi Annani taxt vorisi deb e'lon qiladi va uning vafotidan so'ng (agar u farzandsiz bo'lsa) taxt Yakov I nevarasining avlodlari bo'lgan gannoverliklar sulolasiga o'tishi tartibini o'rnatadi. Sudyalarni tayinlash va ishdan olish parlament ixtiyoriga o'tadi. Qiroldan tashqari yana bir vazir (odatda qonun loyihasini parlament muhokamasiga kiritgan vazir) tomonidan ham imzolangan qonun aktlarining haqiqiyligi belgilab qo'yiladi. Vazirlarning parlament oldida mas'ulligi printsipi kiritiladi. Shunday qilib, davlat siyosatining muhim masalalarini hal qilish bo'yicha amalda parlament ustuvorligi o'rnatiladi. Yakov II Styuartning taxtga kelishidan qo‘rqib (u katolik edi) va yuqorida aytilgan «Taxt vorisligi to‘g‘risida bill'»ga asoslanib parlament gannoverlik nemis knyazlari sulolasidan, Yakov I ning ajdodi Georg I (1660–1727) ni Angliya taxtiga taklif qiladi. Gannoverliklar protestantlar edi va ingliz taxtini butun XVIII asr davomida va XIX asr boshlarigacha egallab turdilar. Bu sulo- ladan bo‘lgan dastlabki qirol Georg I inglizcha so‘zlashmas va davlat ishlariga aralashmas edi. Gannoverliklarni viglar qo‘llab- quvvatlaganligi tufayli Georg I ham, Georg II (1683–1760) ham shu partiyaga suyanardi. Amalda hokimiyat viglar partiyasining Robert Uolpol1 singari yo‘lboshchilari qo‘lida edi. R. Uolpol 20 yildan ortiqroq (1721–1742) viglar partiyasiga, parlamentga, hukumat va mamlakatga boshchilik qildi. Uning timsolida viglarning xarakterli tomonlari o‘z aksini topdi: beburdlik, tadbirkorlik, ustamonlik va iqtisodiy faollik. Uolpol olib borgan nisbatan tinch tashqi siyosat viglarning asosan mustamlakalar hisobiga boyib borayotgan qismini qanoatlantirmas edi. Ular yangi yerlarni bosib olishni, yangi bozorlarni egallashni talab qilardi. Muxolifatga Katta Uil'yam Pitt boshchilik qildi. U mustamlakalar talonchilari oilasidan edi. Uolpol hukumatning siyosati parlamentni qanoatlantirmay qattiq tanqidga uchray boshlaganda butun kabineti bilan iste'foga chiqqan birinchi bosh ministr bo‘ldi. 1756–1761 yillari bosh ministr lavozimini Katta Pitt egallab turdi.
1760 yili hokimiyatga kelgan Georg III (1738–1820) otasi va bobosidan farqli o‘laroq hokimiyatni amalda boshqarishga harakat qiladi. U vazirlarni shaxsan tayinlash huquqidan foydalanib, bu lavozimlarga qirolga sodiq va asosan bo‘ysunuvchi kishilarni tanlaydi. Bu kishilar «qirolning do‘stlari» nomini olib, 60–70 yillar ularning siyosiy terror va boshboshdoqlik yillari bo‘ldi.
Georg III ning siyosatini torilarning ham bir qismi quvvatlaydi, chunki bu paytga kelib torilarning asosiy qismini hali ham skvayrlar tashkil qilayotgan bo‘lsda, iqtisodiy o‘zgarishlar tufayli ular faoliyatining xarakteri bir qadar o‘zgargan, ya'ni ularning ko‘pchiligi foyda olishning burjuacha usullarini o‘zlashtirib olishgan edilar.
1773 yili hukumatga Kichik Pitt1 boshchiligidagi yangi torilar keldi. Kichik Pittning parlamentni isloh qilish borasidagi harakatlari deputatlarning qarshiligiga uchradi. Shunda Kichik Pitt parlamentni tarqatib yubordi va yangi saylovlar e'lon qilib, unda g‘alaba qozondi. Biroq Kichik Pittning parlament islohoti qirol va viglar qarshiligi tufayli amalga oshmadi. Keyin esa boshlanib ketgan Fransuz inqilobi va uning oqibatlari islohotga to‘sqinlik qildi...
Tashqi siyosat.
Angliyaning tashqi siyosatida ikkita bosh yo‘na- lish bor edi: birinchidan, qit'adagi biron-bir davlatning kuchay- ib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va ikkinchidan, yangi mustamlakalarni egallash. Angliyaning bu yo‘ldagi bosh raqibi Fransiya edi. Ikkala davlat o‘rtasidagi ispan taxti uchun bo‘lgan urush (1701–1714) Angliya uchun foydali bo‘lgan Utrext sulhi bilan yakunlandi. Angliya Gibraltar, Minorka oroliga, Fransiyaga qarashli bo‘lgan Gudzon ko‘rfazi qirg‘oqlaridagi keng yerlarga, ispan mustamlakalari bilan savdo qilish huquqiga hamda Amerika mustamlakalariga qullar yetkazib berish huquqi – «asiento»ga ega bo‘ldi.
Avvalroq Angliya Portugaliyaning iqtisodiy va siyosiy tobeligiga erishgan edi. Ispaniyadan Yamayka orolini hali protektorat paytidayoq tortib oldi, Ispaniya va Gollandiya bilan raqobat ham Angliya foydasiga hal bo‘ldi.
Butun XVIII asr davomida Angliya Fransiya bilan qizg‘in kurash olib bordi. O‘sha davr kishilari bu kurashni «ikkinchi yuz yillik urush» deb atadilar. 40-yillarda savdo raqobati Amerikaga ko‘chib, Kanada uchun ochiq urushga aylandi. 1760 yilga kelib inglizlar Fransiyaning Kanadadagi asosiy tayanch punktlari – Dyuken, Kvebek va Monrealni egallab oldilar, 1763 yili esa fransuzlarni Kanadadan umuman siqib chiqardilar.
Hindistondagi kurash esa shiddatliroq bo‘lib, uzoqroq davom etdi. Angliyaning Ost-Indiya kompaniyasi hali XVII asrdayoq Bombey (Mumbay) ni egallab, bir nechta mustahkamlangan portlarni barpo qildilar. Fransuzlar ham bir nechta dengiz bazalari va mustahkamlangan punktlarni qurdilar. Boburiylar imperiyasi qulagandan so‘ng paydo bo‘lgan hind knyazliklari o‘rtasidagi ziddiyatdan foydalanib, ikkala davlat ham ularning ichki ishlariga faol aralasha boshlaydi. Fransuzlar bilan inglizlar o‘rtasida ochiq urush XVIII asr o‘rtalarida boshlanib, inglizlar Hindistonning shimoli sharqi – Bengaliyani tortib oldi. Keyinchalik esa Benga- liya, Bixar, Madras va boshqa bir qator viloyatlar ham inglizlar qo‘liga o‘tdi. Qator yirik hind knyazliklari Angliyaga qaram bo‘lib qoldilar. Fransiya esa Hindistonda beshta punktni, uni ham mustahkamlamaslik sharti bilan qo‘lda ushlab qoldi.
Shunday qilib, XVIII asrning 60-yillaridayoq Buyuk Britaniya qo‘pgina mustamlakalarga ega bo‘ldi: Shimoliy Amerikada 13 ta shtat, Kanada, Nyufaundlend oroli, Karib dengizidagi orollar, Hindistonning bir qismi va Afrikadagi faktoriyalar shular jumlasidan edi.
Shu tariqa Buyuk Britaniya mustamlakachilik imperiyasiga asos solindi. Angliya «dengiz hukmroni»ga aylandi.
Qishloq xo‘jaligidagi o‘zgarishlar.
Angliyada ikki yuz ellik yil ichida yuz bergan «agrar inqilob» oqibatida yerlar yirik mulkdorlar qo‘lida to‘plandi, dehqonlar yo‘qoldi, qishloq xo‘jaligida yollanma ishchilar asosiy kuch bo‘lib qoldi. XVII asr 70-yillariga kelib an'anaviy yer egalari – dehqonlar qariyb qolmadi.
Qirollik yerlarini va irland dehqonlarining yerlarini sotib olgan yangi mulkdorlar ijarachilarni juda yuqori ijara narxi bilan siqib qo‘ydilar. Lendlordlarning o‘zlari esa xo‘jaligini yuritishmas edi. Yerni ular endi yirik tadbirkorlarga ijaraga berar, ular esa yollanma ishchilar mehnatini faol qo‘llar edi. O‘sha davrdagi ingliz qishlog‘i uchun xarakterli bo‘lgan piramida – lendlord, ijarachi fermer, batraklar – shakllanib kelayotgan edi.
XVIII asrdagi Angliya qishloq xo‘jaligi shaharlarni va sanoat qo‘rg‘onlarini muvaffaqiyat bilan boqardi.
Yirik yer egaligining shakllanishi don ishlab chiqarishni oshirish uchun sharoit yaratdi, bu esa don narxining tushishiga olib keldi. Shahar aholisining o‘sishi chorva mahsulotlariga, xususan go‘shtga bo‘lgan talabni oshirdi va fermerlar chorvachilik bilan faol shug‘ullana boshladilar. Oziq-ovqat uchun ishlatiladigan va qumloq yerlarda ham yaxshi o‘sadigan ekinlar ekila boshlandi va bu avvallari tashlandiq bo‘lib yotgan yerlarning ham o‘zlashtirilishiga olib keldi. Markazlashgan manufakturalarning soni oshib, shahar bilan qishloq o‘rtasida savdo rivojlandi. Hatto savdo yangiliklarini yoritadigan gazetalar ham paydo bo‘ldi. Tobora foydali bo‘lib borayotgan savdo manfaatlari uchun mamlakatda ariqlar qazildi, yangi yo‘llar va tosh ko‘priklar qurildi.
Sanoat to‘ntarishi.
XVIII asr o‘rtalariga kelib Angliyada sanoat to‘ntarishi uchun, ya'ni manufaktura ishlab chiqarishidan ma- shinalar keng qo‘llaniladigan fabrika ishlab chiqarishiga o‘tish uchun sharoit yetildi. Bu hol mamlakatning butun oldingi rivoji bilan tayyorlangan edi. Bu birinchidan, yakunlangan agrar inqilob juda ko‘p bo‘sh ishchi kuchlari zahirasini yaratdi. Aholining o‘sishi tezlashdi. 1700 yili mamlakat aholisi 6 million, 1790 yili esa 8,2 million kishini tashkil qildi. Ortiq ishchi kuchining hammasi sanoatda yollanib ishlashga tayyor edi. Ikkinchidan, mahsulotni sotish bozori shakllandi. Shaharlar soni va aholisi o‘sib bordi. Qishloqlardagi boy ijarachilarning asbob-uskuna va o‘g‘itga bo‘lgan ehtiyoji ham oshib bordi. Uchinchidan, mamlakat ichkarisida yer oldisotdisi, mustamlakalarni talash va qul savdosi natijasida savdogar va tadbirkorlar qo‘lida fabrikalar qurish va mashinalar xarid qilish uchun zarur bo‘lgan katta mablag‘lar paydo bo‘ldi. Mashinalar ixtiro qilish esa jamiyatning o‘ziga xos iqtisodiy ehtiyojiga aylandi. 1761 yili «San'at va sanoatni rag‘batlantirish jamiyati» tomonidan yigiruv mashinasi kashf etgan kishiga katta mukofot va'da qilingan edi.
Sanoat to‘ntarishi dastlab to‘qimachilikda boshlandi. Buning sabablari to‘qimachilikda ishlab chiqarishni chegaralaydigan sexlarning yo‘qligi, arzonligi va chidamliligi jihatidan hind matolari bilan bellasha oladigan mahsulotga ehtiyojning oshib borayotganligida edi. Bu ehtiyojni qondirishga faqat mashinalar yordamidagina erishish mumkinligini ko‘pchilik yaxshi tushunardi.
To‘quvchi va mexanik Jon Key (1704–1764) 1733 yili to‘quv dastgohi ixtiro qildi. Avvallari to‘quvchining o‘zi g‘altak ipla- ri orasidan o‘rmakni o‘tkazib turishga majbur edi. Endi o‘rmak oyoq qurilmasini bosish orqali o‘tkaziladigan bo‘ldi. Bu ixtiro to‘qish jarayonini 2 marta tezlashtirdi, lekin endi yigirilgan ip tanqisligi paydo bo‘ldi.
1765 yili lankashirlik to‘quvchi Jeyms Hargrivs (tug‘ilgan yili noma'lum – 1778) bir yo‘la 15–18 yigirgich ishlaydigan mexanik urchuq ixtiro qildi. U bu urchuqni o‘z qizining nomi bilan
«Jenni» deb atadi. Mashina arzon, qurilishi juda sodda edi va shu sababli tezda butun dunyoga tarqaldi.
1767 yili duradgor Xeys suv g‘ildiragi (charx) bilan harakatga keltiriladigan mashina yaratdi. Bunday mashina yuksak unumdor- ligi bilan ajralib turardi. Yigiruvdagi yutuqlar mexanik to‘quv dastgohlari yaratilishini keltirib chiqardi. Edmund Kartraytning (1743–1823) yangi dastgohi to‘quvchilik ishlab chiqarishi unumdorligini 40 martaga oshirdi.
Fabrikalar – mashinali ishlab chiqarishning butun bir tizimi paydo bo‘la boshladi. Suv dvigatellaridan foydalanish fabrikalarni faqat daryo bo‘ylaridagina qurishga majbur qilardi. Jeyms Uatt1 tomonidan universal bug‘ mashinasining yaratilishi esa boshqa yerlarda ham fabrikalar qurish imkoniyatini berdi.
XVIII asr oxirlari boshqa muhim ixtirolar bilan ham ajralib turadi. 1784 yili metallurg Korb2 prokat stanini3 ixtiro qildi, Modsli esa tokarlik dastgohini yaratdi.
Yangi texnika sanoatning yangidan tashkil etilishiga olib kel- di. Manufaktura o‘rnini fabrika egalladi. Sanoat to‘ntarishi mehnat unumdorligini ulkan yuksalishga olib kelgan haqiqiy sanoat inqilobi edi.
Natijada XVIII asr oxiriga kelib sanoat ishlab chiqarishining keskin darajada o‘sishi yuz berdi. Cho‘yan ishlab chiqarish 1740 yilgi 17350 tonna o‘rniga 1796 yili 125079 tonnani tashkil qildi, ko‘mir qazib olish 1700 yili 2,6 mln tonna bo‘lsa, 1795 yili 10 mln tonnaga yetdi. Yangi sanoat rayonlari paydo bo‘ldi. Lankashir to‘qimachilik sanoatining markaziga, Yorkshir, Uel's, Shotlandiya – ko‘mir qazib olish markazlariga aylandi.
Ishchilarning ahvoli.
Fabrika ishchilar hayotini ijobiy tomonga o‘zgartirdimi? Ko‘pincha fabrikada butun oila – otasi, onasi, bolalari birga ishlashardi. Ayollar ip yigiruvchi bo‘lib ishlashardi, bolalarga esa iplarning uzilgan joylarini ulash yoki chiqindilarni chiqarish topshirilardi. Erkaklar ham shu yerning o‘zida ishlardilar – ular yigirar yoki mashinalarni sozlashardi.
Fabrika oila a'zolarini bir-biridan ajratmagan holda ularning hayot tarzini o‘zgartirdi. Tarixda birinchi bor ish vaqtining aniq jadvali paydo bo‘ldi. Dushanbadan shanbagacha fabrika qo‘ng‘irog‘ining ertalab soat 6 yoki 7 da jaranglashi ish kuni bos langanidan darak berardi. Suv g‘ildiraklari va mashinalar tushgacha olti soat va tushdan keyin olti soat aylanardi. Qish va kuzning sovuq kunlarida ertalab ishni kechroq boshlash imkoniyati yo‘q bo‘ldi; seshanbadan shanbagacha g‘ayrat qilib ishlaganlik uchun beriladigan yana bir dam olish kuni – «muqaddas dushanba» ham bekor qilindi.
Ishchilar qanday sharoitda yashar edilar? Faqat ba'zi bir fabrika egalari, masalan, Richard Arkrayt1, ishchilar uchun uylar qurdirdi. Lekin bu juda kamdan-kam uchraydigan hol edi. Ishchi- lar uylarini ommaviy qurish asosan XVIII asr ikkinchi choragidan boshlandi.
Ko‘mir shaxtalari yaqinida qurilgan yangi fabrika shaharlarida oilalar katta eski uylardan bir-ikki xonani ijaraga olishar yoki muttaham pudratchilar qurgan yupqa devorli va zax polli, arzon uylardan biriga ko‘chib o‘tardilar. Bu uylarda sharoit juda yomonligi sababli ular xalq orasida «ishchilar uchun Bastiliya» nomini olgan. Korxona xo‘jayinlarining aksariyati fabrikalarda qat'i qoidalar zarurligiga sidqidildan ishonishardi. Ko‘plab jari- malar bor edi – kechikkani uchun, so‘kinish uchun, xunuk ko‘rinishi uchun. Lekin fabrikantlarning kamdan-kamigina ishchilariga og‘ir hayotlarini yengillatishda yordam berardi. O‘sha Arkraytning xuddi o‘zi ishchilariga uncha katta bo‘lmagan ijara haqi evaziga yer maydonlari ajratdi, eng yaxshi ishchilariga esa mukofot tariqasida sog‘in sigirlar berdi. Ayni paytda fabrikalarda ayollar va bola- lar mehnatidan foydalanish ommalashadi. 1788 yili Angliyaning to‘qimachilik sanoatida 26 ming erkak, 31 ming ayol va 35 ming bolalar mehnat qilgan. Ish kuni 14–17 soat davom etardi. «Yordamchi ishchilar» deb hisoblanadigan bolalarga odatda qo‘pol muomala, sifatsiz ovqat va og‘ir mehnat tegardi, xolos. Ular 5–8 yoshlaridan ishlay boshlashardi. Ishchilar, ayniqsa bolalar o‘rtasida o‘lim darajasi juda yuqori edi.
Yomg‘irdan keyingi qo‘ziqorinday ko‘payib borayotgan fabrika- larda ishchilar sog‘ligi va mehnatining hech qanday muhofazasi mavjud emasdi.
Yangi ixtirolar.
XVIII asrda Angliyada cho‘yan olishning yangi usullarini, quyish ishini, dastgohlar ixtiro qilishni rivojlan- tirishga ulkan hissa qo‘shgan fabrika egalarining butun bir sulolalari paydo bo‘ldi. Ular orasida Darbilar va Uilkinsonlar sulolalari ayniqsa mashhur edi.
Abraxam Darbi (1677–1717) murakkab shakldagi buyumlarni, masalan, tuvaklarni quyish imkonini beradigan cho‘yan quyishning yangi uslubini ixtiro qildi. U toshko‘mirdan koks olish usulini ham yaratdi. Toshko‘mir uyumi toki mayda, yaltiroq, qattiq zarralarga aylanmaguncha sekin qizdiriladi. Bu xuddi o‘sha temir rudasi bilan birga domna pechiga kiritiladigan «koks» (koksli qoldiq) edi. Koks yog‘och ko‘mirga o‘xshab uqalanib ketmas va pechga ko‘proq ruda ortish imkonini berardi. Darbi pechning hajmini va havo oqimini oshirdi. Natijada pechda yuksak harorat hosil bo‘lib, cho‘yan suyuqroq bo‘lar va uni murakkab shakllarda quyish mumkin bo‘lardi. Darbining buyumlari: tuvaklar, dazmollar, pechka va kaminlar uchun qismlar butun mamlakat bo‘ylab tarqaldi.
Abraxam Darbining o‘limidan so‘ng ish uning o‘g‘li Abraxam Darbi II ga (1711–1763) o‘tdi. U Nyukomen mashinasi yordamida domna pechining parraklarini harakatga keltiruvchi suv charxi ustida joylashgan zavod hovuziga suv chiqardi. Bu hatto ariqlar qurib qolganda ham pechga doimiy havo berilishini ta'minladi. Fabrika markaziy grafliklarda talab katta bo‘lgan sifatli quyma po‘lat ishlab chiqarardi.


Abraxam Darbi III (1750–1791) zavodni 1768 yildan 1781 yilgacha boshqardi. Uning davrida dunyodagi birinchi cho‘yan ko‘prikning qismlari quyildi. 1779 yili ko‘prikning qismlari murvatlar bilan mustahkamlandi va ko‘prik Ayronbrij yaqinidagi Severn daryosining ikki qirg‘og‘ini birlashtirdi.
Jon Uilkinson (1728–1808) cho‘yan quyish zavodlarini boshqa- rardi. 1774 yili u cho‘yan bo‘lagi markazida qurolning o‘q chiqaradigan teshigini ochish imkonini beradigan tokarlik dastgohini ixtiro qildi. Kelgusi yili Angliya bilan uning Amerikadagi mustamlakalari o‘rtasida jang boshlanib ketganida to‘plarni ana shu usulda yasay boshladilar.
1775 yili Jeyms Uatt o‘zining bug‘ mashinasini ixtiro qildi va bu dvigatellar uchun silindrlarni Uilkinsonning quyish zavod- larida yasay boshladilar.
Uilkinsonning o‘zi ham o‘z ishxonasi uchun bir necha bug‘ mashinalarini sotib oldi. 1788 yili u Parijning suv ta'minoti uchun quyilgan cho‘yan quvurlarni tayyorlab berdi (quvurlarning uzunligi 40 mil' edi).
Angliyada Uilkinsonni «cho‘yan jinnisi» deyishardi, chunki u cho‘yanni qo‘llaydigan yangidan-yangi sohalarni tinimsiz izlardi. Uilkinson cho‘yan kema yasashga urinib ko‘rdi, uning qiyofasi tushirilgan cho‘yan taqinchoklar markaziy grafliklarda tanga sifatida qo‘llanardi. Uilkinson 1808 yili vafot etdi. Vasiyatiga ko‘ra uni cho‘yan tobutda ko‘mishdi.
Luddchilik harakati.
Ishchilar har doim ham yangi turmush tarzi va sanoat inqilobi paytida tashkil topgan mehnat sharoitini itoat bilan qabul qilgan emas. Ularni xo‘jayinlar zulmidan himoya qiladigan qonunlar yo‘q edi. Shuning uchun ular o‘z kurash vositalarini qo‘llashga majbur bo‘ldi. Aholining o‘sishi va yollanma mehnatning joriy qilinishi natijasida ishsizlik ortib, ishchilarning siyosiy ongi ham o‘sib bordi.
Sanoat to‘ntarishi davrida ishchilarning birinchi ommaviy harakati – mashina va dastgohlarni buzuvchilar harakati paydo bo‘ldi. Bu yillarda maoshlar qisqarib ketdi, ishsizlik ko‘paydi. Ko‘pgina ishchilar o‘z kulfatlariga, o‘zlarining achinarli ahvollariga mashinalarni aybdor deb hisoblardilar. Shu sababli mashinalarni buzish harakati keng ko‘lamda avj oldi. Bu harakat ishtirokchilari go‘yoki birinchi bo‘lib dastgoh tuzgan afsonaviy ishchi Ned Ludd nomi bilan o‘zlarini luddchilar deb atashdilar.

Tobora keng quloch yoyib va avj olib ketayotgan luddchilikdan qo‘rqib ketgan tadbirkorlar parlamentdan himoya qilishini talab qildi va parlament 1769 yili mashinalarni buzganlik uchun o‘lim jazosi berish haqida qonun qabul qildi. 40ta luddchi qatl qilindi.
Buyuk ingliz shoiri Jorj Bayron bu voqealar xususida afsus bilan yozgan edi:

Ajabmasmi, ochlik mehmonga kelib,


Qashshoq jon holatda faryodlar ursa.
Dastgoh sindirganning suyagi sinib,
Hayot paypoqdan ham arzonroq tursa.

Ingliz xalqi uchun qishloq xo‘jaligi va sanoatdagi taraqqiyot, savdodagi birinchilik juda qimmatga tushdi.


Shu tariqa Angliyada yuz bergan inqilob tufayli hokimiyat feodallar qo‘lidan burjuaziyaga o‘tdi, feodal munosabatlar va ularning qoldiqlari yo‘q qilindi. Kapitalizm taraqqiyoti uchun shart-sharoitlar paydo bo‘lib, ishchilarning shaxsiy ozodligi, kapitalning to‘planishi, ichki bozorning rivojlanganligi, mustamlakalardan ko‘plab boyliklarning tashib kelinishi, manufakturadan fabrika ishlab chiqarishiga o‘tish, chetga kapital chiqarishning boshlanishi kabilar jamiyatning qiyofasini tubdan o‘zgartirib yubordi. Yangi texnik ixtirolar odamlarning mehnat sharoitlarini yaxshilashga, ishlab chiqarish samaradorligining oshishiga olib keldi. Kishilarda boylik yig‘ish, munosib hayot kechirish hissi kuchaydi.


XVIII asr oxiriga kelib Angliya dunyoning birinchi sanoat mamlakatiga aylandi.



Download 91,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish