Fanidan yozgan kurs ishi mundarija: Kirish. I. Bob. Xvii-asrda Angliya


Angliyada vujudga kelgan inqilobiy vaziyat



Download 91,2 Kb.
bet2/9
Sana31.05.2022
Hajmi91,2 Kb.
#622629
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
RAXMONOVA GULNOZA

1.1 Angliyada vujudga kelgan inqilobiy vaziyat
1640 yil 3 noyabrda chaqirilgan parlament to 1653 yil aprelgacha o`z faoliyatini davom ettirdi. Uning a`zolari orasida asl burjuaziya namoyondalari oz bo`lsada, boshlanib ketgan Angliya burjua inqilobida ular katta rol o`ynadilar. Sal kam 13 yil Ushbu parlament feodal absolyut lagerga qarshi kurashni uyushtiruvchi markaz bo`la oldi.
Burjua tarixchilari inqilobning boshlanishini parlament bilan qirol o`rtasida chiqqan «konstitutsion kelishmovchilik” edi deydilar. Bu esa haqiqatga uncha to`g’ri kelmaydi. Aslida puritanlar qirolga qarshi targ’ibot ishlarini ancha oldin boshlab yuborganlar. Fermyerlar va shaharliklardan uzluksiz parlamentga xatlar kelib turdi. Bu xatlarni ko`rib chiqish uchun maxsus qo`mita tuzish lozim bo`ldi. Uzoq parlament devorlari orqasida va ko`pgina grafliklarda dehqonlar urushining alangasi lovullamoqda edi.
Bir tomondan parlament ijtimoiy kuchlardan madad olib ikkinchi tomondan ularni «tinchlantirish” ga intilib , o`z zarbalarini Karl 1 ning eng yaqin yordamchilariga qarshi qaratdi. Uzoq parlament chaqirilgandan keyin ko`p vaqt o`tmay , Strafford qamoqqa olindi.
Straffordning sudi bir necha oy mobaynida parlamentning diqqat markazida turdi. Lekin 1641 yilning may oyining boshida Londa xalq ommasi Straffordni aybdor deb e`lon qilishga majbur bo`ldilar.
Karl I ham yon berishga majbur bo`ldi va 1641 yil 1 mayda xalq oldida Strafford qatl qilindi.
Shu narsa diqqatga sazovorki, 1641 yil may oyining o`rtalarida parlament absolyut rejimning qurbonlari Jon Lilbernni va siyosiy mahbuslarni ozod qildirdi. Demokratik kuchlar o`rtasida Jon Lilbern juda mashhur edi.
O`sha 10 may kuni parlament qirolni yana yon berishga majbur qilib, parlament roziligisiz parlamentni tarqatish mumkin emas degan hujjatga qirolni imzo chektirishga majbur yetdi. Uzoq parlament 1641 yilning may oyida London shahri mehnatkashlarining g’alayonlaridan foydalanib, qirolni yana g’oyat muhim siyosiy masala ya`ni parlament ruxsatisiz olinadigan har qanday soliq g’ayri qonuniy ekanligi yana bir marta qat`iyroq tasdiqlandi.
1640-1641 yillarda dehqonlar harakati kuchayib bordi. Shunday qilib, lordlar palatasi a`zolari manfaatlarinigina emas, balki umumpalatasida ko`pchilikni tashkil qilgan yangi dvoryanlarning manfaatlari ham xavf ostida qolgan edi. Hatto burjuaziyaning Milton kabi ideologi “boltaning juda aniq xavfi” borligini ogohlantirdi. Shuning uchun ham parlamentning ko`pgina a`zolari islohotlar yordamida dehqon – plebeylar qo`lidagi bolta “zarbasining” oldiniolish mumkin, deb reformalar o`tkazishni talab qildilar.
Parlament yozgi kanikuldan keyin 1641 yil oktyabrda yana ish boshladi. Absoyutizm bilan kurash davom yetdi.
Karl I hatti-harakatlaridan g’ashi kelgan, uzoq parlament 1641 yil noyabrida Ulug’ remonstratsiya degan nom bilan muhim hujjat ishlab chiqdi. 204-moddadan iborat bo`lgan hujjatda Karl I suiste`molliklari sanab ko`rsatilgan edi. Ulug’ remonstratsiyada uzoq parlamentning tadbiri ham ko`rsatilgan bo`lib, bundan keyin ministrlar parlamentning ishonchini qozongan kishilaridan tayinlanishi talab qilingan edi. Savdo va sanoat erkinliklari masalalari, burjuaziya presviteran cherkovini barpo qilish parlament oldida javobgar hukumat tuzish haqidagi fikrlar ulug’ remonstratsiyada yo`q edi. Burjuaziya va yangi dvoryanlar xalq ommasi manfaatlarini ko`zlab jiddiy sotsial demokratik reformalar o`tkazmoqchi emas edilar. Vaholanki, parlament o`zi Angliya xalqining eng noroziligi asosida siyosiy kuch bo`lib qaror topgan edi. Jon Gempdenga “ko`maklashgani” kelgan Gxekingemsher grafligining dehqonlari, ayniqsa, katta faoliyat ko`rsatdilar. Qirol parlament binosidan chiqib, olamon oldida gapirmoqchi bo`ldi, ammo xalq uning so`ziga quloq solmadi. Natijada qirol oppoziciya peshvolarini qamoqqa olish to`g’risidagi farmonini bekor qildi. 10 yanvarda Karl I Londonni tark etib, dvoryanlardan madad olish niyatida, York shahriga jo`nadi. Bu hol Angliyada grajdanlar urushi xavfi kuchayib borayotganligini ko`rsatar edi.
Ulug’ remonstratsiyada ingliz burjuaziyasi bilan yangi yirik dvoryanlar, manufakturachi-mofutchilar va indipendentlar manfaatlari aks etgan edi. Bu sinfiy kuchlarning hammasi o`z dasturida Angliya feodal munosabatlariga qarshi kurash g’oyalarini ilgari surgan edilar. Grajdanlar urushi yillarida sinfiy manfaatlar bir biridan ajraldi. Bu ziddiyatlar shuning uchun ham kuchaydiki, eng radikal kuch deb talqin qilingan ingliz puritanizmi g’oyalari xalq ommasiga singib borib, xalqni yanada revolyutsiyani kuchaytirishga otlantirdi.
1642-1648 yillardagi grajdanlar urushi jarayonida yirik burjuaziya Angliyaning feodal absolyut kuchlari bilan murosaga kelishga intila boshladi.
Karl I parlamentga qarshi kurash uchun harbiy kuch to`plash maqsadida, 1642 yilning yanvarida poytaxtni tashlab, kichik bir otryad bilan Gun shahridagi qurolxonani olishga urinib ko`rdi. Bu urinish muvaffaqiyatsiz bo`lgach, Notingem grafligiga yo`l oldi va o`z kuchini mustahkamlab olishga erishdi. Parlament esa qirol bilan kelishishga harakat qildi. Jumladan, 1642 yilning yozida qirolga 19 taklif deb atalgan hujjat – Ulug’ remonstratsiyada qo`yilgan talablarning qisqacha ro`yxati yuboilib, Parlament papa tarafdorlarining lordlar palatasidan chiqarilishini va yangi myerlar parlamentning ikkala palatasi roziligi bilan tayinlanishini va nihoyat, ushbu tayinlash parlament ixtiyoriga o`tkazilishini talab qildi.
Qirol bu talablarni rad qildi. Natijada parlament bilan qirol o`rtasida kelishmovchilik kelib chiqdi. Bu voqealardan so`ng parlament armiyasi tuzila bordi va unga ko`proq kishilar yozila boshladilar. Angliyani shimoli bilan g’arbi asosan qirol qo`lida edi. Lekin Angliyaning shimolidagi yirik sanoat markazlari esa parlamentni quvvatlar edi. Barcha eng yirik dengiz portlar parlament tomonida edi. Bu mamlakatning barcha hududlarini parlement atrofida birlashishga keng imkon berdi. Ammo Fransiyadan qurol aslaha keltirishni qiyinlashtirdi.
Angliya territoriyasi shu tarzda ikki qismga bo`lindi. Bu bo`linish Angliyaning sinfiy jihatdan ham ya`ni feodallar va burjua Angliyasiga bo`linishiga olib keldi. Shunday qilib, qirol armiyasining sinfiy negizi eski dvoryanlardan tashkil topgan edi.
1643 yilning may-iyun oylarida janubiy g’arbiy Angliyada dehqonlarning katta qo`zg’olonlari bo`lib o`tdi. Jamoa yerlarining o`rab olinishiga turli guruhdagi dehqonlarning munosabatlari turlicha edi. Shunday bo`lishiga qaramay, grajdanlar urushining birinchi yillarida bo`lib o`tgan dehqonlar harakatlari yer-suv egalariga qarshi qaratilgan, ammo yaxshi uyushmagan va stixiyali kurash edi. Katolizmga moyil bo`lgan anglichan cherkovi qirolga tayanch bo`ldi, ammo ingliz puritanizmi tarkibiga kiruvchi presvetirianlar bilan independentlar parlamentni qo`llab quvvatladi. Kalvinizm Angliyadagi burjuaziyanigg eng ilg’or qismining diniy va siyosiy ideologiyasi bo`lib qoldi, bu idnologiyani u monarxiyaga qarshi kurashning “tayyor jangovor nazariyasi” deb bildi. Iqtisodiy jihatdan qoloq hisoblangan katoliklar Irlandiyasi ham, qirol tomonida edi. Qirol tarafdorlari “kavallyerlar” degan umumiy laqab oldi, parlament tarafdorlari esa “dumaloq boshlilar” (sochi olinganlar) deb atala boshlandi. Grajdanlar urushining birinchi katta janggi 1642 yilning kuzida edjgillda bo`ldi. Qirolning otliq askarlari parlament qo`shinlariga og’ir talofot etkazishdi.
Qirol Oksfordni bosib olib, london tomon yo`l oldi. Biroq u erda matonatli xalq lashkarlarining qattiq qarshiligiga duch keldi. Qurolli kurashning dastlabki davrida qirol poytaxtni ro`paradan zarba berish yo`li bilan ololmay, Oksfordga chekindi. Oksford butun grajdanlar urushi davrida qirolning asosiy qarorgohi bo`ldi. Parlamentning ikkala palatasidagi qirol tarafdorlari nihoyat Oksfordga qochdilar.
1643 yilning yozida parlament kuchlari yana katta xavfga duch kelib, parlament qo`shinlari mag’lubiyatga uchradilar, buning natijasida qirol qo`shinlari Devonsher bilan Bristolni bosib oldilar. Bu joylarda Karl I ko`p qurol aslahalarni qo`lga kiritdi. Ammo Londonga shimoldan ya`ni Oksforddan, Temza vodiysi orqali hujum qilish uchun qirolning kuchi kamlik qildi.
1643 yilning 25 sentyabrida Angliya parlamenti bilan Shotlandiya parlamenti o`rtasida ittifoq “kovenant” tuzildi, bu “kovenant”ga muvofiq inglizlar bilan shotlandlar o`z zimmalariga Angliya hamda Shotlandiya parlamentlarining erkinliklarini saqlab qolish majburiyatlarini oldilar.
“Kovenant” tuzilishi natijasida 1644 yilda harbiy vaziyat parlament uchun birmuncha qulay bo`ldi. Shimoldan bostirib kirgan Shotlandiya armiyasi parlament qo`shinlari bilan birgalikda harakat qildi, va bu armiya, shubhasiz, grajdanlar urushining dastlabki paytida katta rol o`ynadi.
Parlament armiyasi qirolning asosiy qarorgohi bo`lmish Oksfordga hujum qildi. Ammo Karl I parlamentning ikki generali- Esseks va Uoller qo`shinlarini batamom tor-mor qildi. Parlament armiyasining mag’lubiyatga uchrashishning ikki sababi bor edi. Birinchidan parlament armiyasi doimiy qo`shinlardan va xalq lashkrlaridan iborat edi, ular uchun harbiy xizmat kasbday bo`lib qolgan edi. Ikkinchidan grajdanlar urushining birinchi yillarida qirol tomonidan qozonilgan g’alabalarning qirol armiyasining “kovalyerlar”dan iborat armiyaning harbiy jihatdan ustunligi emas, balki parlament qo`shinlariga shunday kishilar boshchilik qilar ediki, bu kishilar qirol bilan kelishishni xoxlar va revolyutsiyaning yanada chuqurlashib borishidan qo`rqar edi. Bu armiyaning bosh qo`mondoni eski arestokrat graf Esseks bo`lib, uning qo`l ostidagilar asosan zodagonlardan iborat edi. Bular qirol bilan parlament o`rtasidagi janglarni faqat “konstitucino” janjal deb qarashar edi. Shuning uchun ular qirolga kamroq shikast etkazishga intilar edilar. Bu armiyaning bosh qo`mondonlaridan biri Lord Manchester o`z mavqeini quyidagicha ifodalagan edi: “Biz qirolni hatto 999 marta tor-mor keltirsak ham, baribir u qirolligicha qolaveradi, ammo qirol bizni biror marta tor-mor keltirsa, hammamiz osilamiz, avlodlarimiz qullikka tushadi”.
Urushning birinchi yillaridayoq Kromvel o`zining zo`r harbiy tashkilotchilik qobiliyatiga ega ekanligini ko`rsatdi. Parlament armiyasining kamchiliklarini ko`rib, Kromvel` o`z mablag’lari hisobidan otliq askarlar otryadini tuzishga kirishdi va bunga erishdi. Kromvel intizomga ongli ravishda buysunadigan kishilarni tanlab, bunday kishilarni u Kembridjdagi dehqon-yomenlar va hunarmandlar ichidan osongina to`play oldi. Kromvel shular bilan bir vaqtda askarlikka faqat sektantlarni, o`z kurashiga diniy kurash deb qarovchi kishilarni ham oldi. Kromvelning nazarida , bu xususiyatlar xalqning jangovor kuchini, dvoryan burjua rahbarligida buysundirish uchun imkon beradi. Kromvel otryadi «temir biqinlilar” dushman safini yorib o`tib, jang natijalrini hal qildi. Bu g’alaba inqilob tarafdorlarining ruhini juda ham ko`tarib yubordi. Shundan keyin qirol tarafdorlarini tor-mor keltirish mumkin ekanligi aniq bo`lib qoldi. Ammo armiya qo`mondonligi buni e`tiborga olmadi. Kromvel esa qo`mondonlarning bu hatti-harakatlaridan norozi bo`lib, xalq madadiga tayangan holda Yangi armiya tuzishga kirishdi va barcha qo`mondonlar o`z vazifasidan chetlashtirildi. Natijada keng xalq ommasi Kromvelning bu siyosatini har jihatdan ma`qullashdi. Ommaning 1644-1646 yillardagi inqilobiy harakatlari o`ziga xos ikki shaklda ya`ni parlament nazoratidagi hududda bu harakat sekstanlik guruhlari va jamolarning faoliyati formasida va kambag’allarning inqilobiy faolligi esa eski feodal-absolyutizm usul idorasiga qarshi qaratilgan diniy oppozitsiya tusida namoyon bo`ldi. Parlament 1643 yilning kuzida «konvent” qabul qilish bilan eski ingliz davlat cherkovini bekor qildi va yangi davlat presvetirian cherkovini joriy etgan edi. Ana shu davlat diniga barcha sektalar qarshi chiqdi. Qabul qilinishi majbur qilib qo`yilgan bu dinga qarshi olib borilayotgan kurashning yashirin shakli edi. Har bir diniy jamoaning tamoman mustaqil bo`lishi sektalar oppozitsiyasining asosiy masalasi bo`lib qoldi. Shimoliy Amerikalan qaytib kelayotgan qochoq puritanlar bu erkinlik ruhini avj oldirib yubordi. Xalq harakatining boshqa bir shakli Angliyaning g’arbida va janubiy g’arbida ro`y berdi. Bu harakat «tayoqchilar” yoki “klobmenlar” deb atalgan nom bilan mashhurdir. (“Glubs” tayoq degan ma`noda bo`lib, dehqonlar qurol topa olmaganlaridan tayoqlar bilan ham qurolangan edilar). Klobmenlar harakati dehqonlarning tizimli harakati bo`lib, uning g’oyasi yo`q edi. Ammo bu harakatning rahbarlari tomonidan ilgari surilgan fikrlardan ma`lumki, harakat rahbarlari badavlat kishilar edi.
Klobmenlar parlament armiyasiga ham dushmanlik bilan qaragan yoki goh unga, goh bunga yordam berayotgan guruh bo`lib, bu parlamentning dehqonlar manfaatiga befarq qaraganini bildirar edi. Dehqonlarni qirol armiyasi qanday xonavayron qilgan bo`lsa, parlament armiyasi ham shunday xonavayron qildi. Dehqonlar qandaydir «uchinchi bir guruh” tashkil qilishga urindilar. Klobmenlar “Bizning niyatimiz zo`ravonlikdan va aldanishdan saqlab qolishdir, haqiqatan biz istagan baxtli dunyoning dushmani kim ekanligini bilib olmaganimizcha hech kimga qo`shilmaslik va hech kimga qarshi ish ko`rmaslikdir” dedilar. Shubhasiz, bir xil guruhlar ba`zan klobmenlarni qirol qo`shinlari tomonidan turib parlamentga qarshi jang qilishga tortdi. Kromvel tomonidan qayta tuzilgan armiya 1645 yilning 14 iyunida Nezbi yonida qirol armiyasi ustidan katta g’alabani qo`lga kiritdi. G’oliblar qirolning qarorgohini va u yerdagi “shaxsiy kabinetini” (bu kabinetda diplomatik “yozishmalar bo`lib” bu yozishmalar Karl I ni batamom fosh qilib tashladi) qo`lga kiritdi. Qirolning Irlandiya katoliklari bilan shartnoma tuzilganligi, Yevropada chet yeldan harbiy yordam olishga harakat qilganligi aniqlandi. Karl I shotlandlar bilan parlament o`rtasidagi ziddiyatlardan foydalanish maqsadida, 1646 yilning mayida shotlandlar lageriga qochib bordi. U shuningdek, tog’lik klanlarning (urug’ jamoalarining) boshliqlaridan ham yordam olish umidida ularga murojaat qildi. Bunday boshliqlarning biri, Montroz 1645 yildayoq ochiqdan –ochiq Karl I tomoniga o`tgan edi. Ammo shu yilning avgustida Montroz tor-mor keltirildi. Qirolning Shotlandiyani o`z tomoniga og’dirib olish umidlari puchga chiqdi: unga ishonmadilar. Parlament Shotlandiya armiyasiga 1645-1646 yillarda ko`rsatgan yordami uchun to`planishi lozim 400 ming funt sterling maoshni endi darhol to`lay boshlashni taklif qildi vash u pulga qirolni shotlandlardan sotib oldi. 1647 yilning fevralida Angliya vakillari qirolni Nezbi yaqinidagi Golmbi qal`asiga soqchilar bilan olib ketdilar. Presviterianlardan iborat ko`pchilik o`z muvaffaqiyatlarini yangi mazhab-presviterianlar (kalvinistlar) cherkovini joriy etish yo`li bilan mustahkamladi. Hamma yerda oqsoqollikka mahalliy puldor kishilar ko`tarila boshladi, bu oqsoqollar, parlamentning presviterian siyosatini ayniqsa, so`ldan turib qilinadigan har qanday tanqiddan himoya qlishga harakat qildilar. “Levellyerlar”-“tenglashtiruchilar” ijtimoiy tarkibi xilma-xil bo`lgan bir guruh edi. Levellyerlar, asosan, 17 asrning 40-yillaridagi ingliz burjuaziyasining eng revolyutsion tizimining manfaatlarini aks ettirardi. Ammo levellyerlar o`z faoliyatining dastlabki davrlarida (1848 yilning oxirigacha) xalqing independentlardan ixlosi qaytgan tabaqalarini –o`z ketidan ergashtira oldi.
Ammo bu partiyaning birinchi bosqichidagi asosiy g’alabalari keng siyosiy reformalar o`tkazish; umumiy saylov huquqi joriy etish, hammani qonun oldida rasmiy ravishda teng qilish va boshqa demokratik o`zgarishlar edi. Iqtisodiy sohada levellyerlar to`la savdo va sanoat erkinligi joriy etilishini, talab qildi.
Lilbern asarlari soldatlar orasida zo`r berib o`qilar edi, hamda xalq orasida keng tarqalgan edi. Lilbern 1646 yilning noyabrida Trauerda qamoqda yotgan vaqtidayoq “Lordlar zalemona hukumronligining anatomiyasi” degan asar yozdi. Bu asarda u Vilgelmni gersoglar, graflar, baronlar deb atalgan safdoshlarining avlodlaridan , deb atadi. Karl I ning parlamentga ushlab berilishi va uning keyingi taqdiri masalasi bayon qilingan bo`lib, qirolning o`limga mahkum etilishi aytilgan edi.
Parlament revolyutsion xalqning tazyiqidan so`ng Karl I ning o`z taxtiga qaytib kelish shartlari haqida u bilan muzokara olib borish niyatida edi. Ammo independet qo`mondonlikning amaldagi siyosati esa bu hayoliy umidlarga mutlaqo to`g’ri kelmas edi. Shunday bo`lsa ham 1647 yilning yozi va kuzida soldatlar

Download 91,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish