Kurs ishining maqsadi: O‘zbekistonda arxeologiya fani va uning yurtimiz tarixini o’rganishda tutgan o’rnini o’rganishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari:
Mavzuga oid manbalarni tahlil qilish va umumlashtirish.
O‘zbekistonda arxeologiya ishi haqidagi ma’lumotlarni o‘rganish.
Arxeologik ilmiy ekspeditsiyalar tizimini o’rganish.
Arxeologiyaning tadqiqot metodlarini o’rganish.
Amaliy arxeologik bilimlarimizni xulosalash.
Surxondaryo arxeologiyasi tarixini o’rganish. o‘rganish.
Ob’ekti: Tarixiy-arxeologik manbalarga boy yodgorliklari.
Predmeti: “Oks sivilizatsiyasi”ni o‘rganish jarayoni.
Tadqiqotning nazariy ahamiyati: Arxeologiya fani va uning tadqiqot vazifalarini, arxeologik nazariy bilimlarning amaliyotda qo’llanilishini o’rganish. Shuningdek arxeologiya fanining O’zbekistonda rivojlanish tarixi va Surxondaryo viloyati arxeologiyasini ilmiy jihatdan tahlil etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish qismi, boblar, xulosa, adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat.
I Bob. Arxeologiya fanining asosiy vazifalari.
1.1. Arxeologiya fanining shakllanish jarayonlari.
Qadimgi buyumlarni o’rganish arxeologiyaning birdan – bir maqsadi emas. Topilmalar tarixiy tadqiqotlar uchun faqat material sifatida ilmiy qimmatga ega bo’ladi, xolos. Arxeologlar qazib olingan buyumlarni ta’riflash, ularning yoshini, qaysi davrga mansubligini va shu kabilarni aniqlash bilangina cheklanib qolmaydilar. Arxeologiyaning asosiy maqsadi aniqlangan manbalar vositasida o’tmish tarixining barcha qirralarini tiklashdan iborat.
O’tmish davrni tiklashda arxeologiya fani tarkibida numizmatika, epigrafika, sfragistika fan tarmoqlari rivoj topdi va etnografiya, antronologiya, geologiya, paleobotanika, paleozoologiya fanlari bilan hamkorlikda ish olib bormoqda.
Arxeologiya jamiyatning iqtisodiy taraqqiyoti o’zgarishini ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlari asosida emas, aksincha ishlab chiqarish usullari va qurollarini o’zgarishi asosida baholashga harakat qiladi. Hozirgi kunda arxeologik tadqiqotlar yer sharining barcha hududida davom ettirilmoqda. Jumladan O’zbekistonda ham so’nggi yillarda arxeologiya fani sohasida ko’pgina yutuqlar qo’lga kiritilmoqda. Arxeologiya fani oldida bugungi kunda ba’zi muammolar ham ko’ndalang turibdi. Rivojlanish jadal sur’atlarda borayotgan bugungi kunda ko’pgina arxeologik yodgorliklar buzilib ketmoqda. Arxeologlar oldidagi vazifa insonlar yoki tabiat kuchlari faoliyati natijasida yo’q bo’lib ketish xavfi ostida turgan yodgorliklarni birinchi bo’lib o’rganishdir.
Arxeologiya insoniyatning o’tmish tarixini o’rganishda arxeologik ekspeditsiyalar natijasida topilgan ibtidoiy makonlar, qishloqlar, shaharlar, mudofaa va suv inshootlari, qoyatosh rasmlari hamda boshqa buyumlarga suyanib ish ko’radi. Arxeolgik ekspeditsiyalar deyilganda viloyat, shahar, tuman, qishloq va boshqa joylarda moddiy madaniyat yodgorliklarini dala – tadqiqot yo’li bilan o’rganish usuli tushuniladi. Arxeologik ekspeditsiyalar va otryadlarning ish uslubi uch pog’onali bo’lib, arxeologik qidiruv, sinov va qazish ishlarini amalga oshirishdan iborat. Uning vazifasi yodgorlikning paydo bo’lish davri, qancha yashagani va boshqa xususiyatlarini aniqlash hisoblanadi. Keyingi bir asr davomida jahon arxeologiyasi juda katta yutuqlarni qo’lga kiritgan bo’lsa, O’zbekiston arxeologiyasi mustaqillikni qo’lga kiritgach, katta yutuqlarga erisha boshladi. Arxeologiya so’zi asli yunon tilidagi ikki so’zdan kelib chiqqan bo’lib, «arxios» qadimgi, «logos» fan yoki so’z demakdir. Tarixiy fan insoniyatning o’tmishini, insoniyat jamiyati taraqqiyotining rivojlanish qonuniyatlarini o’rganadi, Arxeologiya fani ham aynan shu maqsadni amalga oshirishni o’z oldiga vazifa qilib qo’yadi. Shuning uchun ham fanda arxeologi ya`ni tarixning bir qismi deyish rasm bo’lgan. Aslida arxeologi ya`ni insoniyat tarixining eng uzoq davom etgan boshlang`ich va sinfsiz davri desak to’g`riroq bo’ladi.
Arxeolog olimlarimizni fikrlariga ko’ra insoniyat tarixi, mehnat qurollarini yasashdan boshlanadi. Ajdodlarimiz tomonidan mehnat qurollarini yasash davri ya`ni, hayvonot dunyosidan ajralib chiqishi er sharining hamma joyida bir vaqtda sodir bo’lgan emas. Afrikaning efiopiya mamlakatida insoniyat ajdodlarining faoliyatlari 3 million yil muqaddam boshlangan bo’lsa, bizning Markaziy Osiyo mintaqasining O’zbekiston xududida bunday voqea hozirgi kunimizdan 1 million yil avval sodir bo’lgan. Ana shu 1 million yillik ajdodlarimizning tarixini qariyb 99,75 foizini sinfsiz jamiyat, faqat 0,25 foizinigina sinfiy jamiyat tashqil qiladi, xolos. Aniqrog`i, insoniyat tarixini 99,75 foizi ijtimoiy iqtisodiy formatsiyalarining birinchisi bo’lgan ibtidoiy jamiyat tarixiga taalluqli bo’lsa, faqat 0,25 foizi sinfiy jamiyatlar: quldorlik, feodalizm, kapitalizm va imperializm kabilarni o’z ichiga oladi.
Tarix fani ajdodlarimiz tarixini yoritishda asosan ikki xil ko’rinishdagi manbaaga tayanadi: 1. Yozma manbalarga 2. Moddiy ashyolarga. Yozuvning ilk bora paydo bo’lganiga besh ming yildan ortiqroq vaqt bo’lganini va er sharining juda ko’p joylarida nisbatan ancha kech yuz berganini hisobga olsak, yozma manbalar faqat sinfiy jamiyatlar xaqidagina ma`lumot bera olishi mumkinligiga iqror bo’lamiz. Chunki yozuvning paydo bo’lish davri sinfiy jamiyatning vujudga kelish davri bilan bir vaqtga to’g`ri keladi. Aniqrog`i sinfiy jamiyatni boshqaruvchi davlatning paydo bo’lish bilan yozuvga extiyoj kuchayadi. Ilk yozuv va sinfiy jamiyat paydo bo’lgan hududlardan biri Misrdagi yozma manbalarda o’z atroflaridagi sinfsiz jamiyatda, ya`ni ibtidoiy tuzum sharoitida yashagan xalqlarning; urf odatlari, kiyimlari, yuz tuzilishlari, xatto ularning bir birlaridan farqlari, haraterlari to’g`risida yozib qoldirganlar. Ammo bu ma`lumotlar biz uchun qanchalik ahamiyatli bo’lmasin bu yozma manbaalar ibtidoiy tuzumning oxirlarida yashagan odamlar hayotini juda oz qismini yoritadi xolos.
Ajdodlarimizni eng qadimgi davridan to sinfiy jamiyat paydo bo’lgunga qadar, ayrim xollarda esa sinfiy jamiyatning kattagina kismini xam asosan arxeologiya fani o’rganadi va har tomonlama keng ma`lumotlarni beradi. Taniqli rus olimlaridan ko’p xollarda, yozma manbalarga qaraganda to’laroq va aniqroq ma`lumotlarni beradi. Chunki bu manbalar jamiyatni eng muxim tomoni bo’lgan moddiy ishlab chiqarish faoliyatini ko’rsatadi» deydi. Shuning uchun ham arxeologiya yordamchi fanlar qatoriga kirmay, u o’zining moddiy ashyolariga tayangan xolda, yirik tarixiy muammolarni xal qilish vazifasini o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Arxeologiya ko’p qirrali fan bo’lib, u inson tarixining ilk shakllanishidan tortib, to ijtimoiy ongining ma`lum darajada taraqqiy etgunga qadar bo’lgan davrni o’rganadi. Arxeologik yodgorliklarni va ulardan qazib olingan topilmalarni o’rganishda arxeologlar arxeologiya fani uchun yaqin bo’lgan va xatto unga mutlaqo daxli bo’lmagan fanlarning yutuqlaridan ham foydalanadilar. Masalan u yoki bu yodgorlikning mutlaq yoshini aniqlashda va ba`zi arxeologik topilmalarni qotirishda fizika va kimyo fanidan foydalanadilar. Insoniyatning qadimgi davrini aks ettiruvchi yozma manbalar bizgacha juda oz miqdorda etib kelgan. Moddiy manbalar esa arxeolog olimlarimiz tomonidan juda ko’plab topilmoqda va har tomonlama o’rganilmokda. Bu jarayon o’zining murakkabligi tufayli mutaxassis arxeolog olimlar tomonidan ancha qiyinchiliklar bilan amalga oshirilmokda. Bu jarayonning murakkabligi shundaki, ming xatto million yillar avval ajdodlarimiz tomonidan qoldiriyagan mehnat qurollari, ya`ni moddiy manbalarning barchasi ham qanday bo’lsa shundayligicha bizgacha saqlanib kelmaydi. Balki tabiatning ta`sir kuchi natijasida o’zgaradi. Buning ustiga ular doimo to’la ravishda saqlanib kelmaydi. Arxeologik topilmalarni to’la xolatda yoki chala xolatda topilishi, aniqrog`i bizgacha etib kelishi u yoki bu yodgorlikdagi madaniy qatlamning qay xolatda saqlanganligiga ham bog`liq. Madaniy qatlam odatda ibtidoiy odamlarning qarorgoxlarida materikdan to yuqori qatlamgacha bo’lgan oraliqda joylashib uni qalinligi ajdodlarimizni o’sha qarorgoxda uzoq yoki qisqa vaqt yashaganliklariga bog`liq bo’ladi, agar uzoq vaqtlar yashagan bo’lsa qalin, oz muddat yashagan bo’lsalar yupqa bo’lishi mumkin. Umuman madaniy qatlam deyilganda ana shu qarorgoxda materikdan to ustki qatlamgacha bo’lgan qatlamdagi ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan mehnat qurollari va ularning chiqindilari, gulxan qoldiqlari tushuniladi. Umuman ajdodlarimiz tomonidan yasalgan va ularni faoliyatlarini aks ettiruvchi narsalarni o’zida saqlab qolgan tuproq aralashmasi madaniy qatlam hisoblanadi. Madaniy qatlamlar ajdodlarimizni yashagan sharoitlariga qarab har xil bo’ladi: bitta yodgorlikda bir nechta madaniy qatlam mavjud bo’lib, ularning barchasi bir davrni mezolit yoki neolit davrini aks ettirishi mumkin. Ammo bu qatlamlarni birinchisi ilk davri bo’lgani uchun, undagi mehnat qurollari dag`alroq va soddaroq bo’lsa, qolganlari asta sekin rivojlanishlari natijasida ixchamlashgan va takomillashgan bo’ladilar. Demak bir yodgorlikda misol uchun beshta madaniy qatlam mavjud bo’lib, ularning barchasi bitta neolit davriga mansub bo’lsa, bu neolit yodgorligida uch ming yil yashagan odamlarning dastlabki ming yilligiga oid mehnat qurollari sodda ko’rinishga ega bo’ladi. Keyingi ming yillikdagilari esa tobora takomillashib boradi. Shuni alohida ayniqsa joizki ayrim yodgorliklardagi madaniy qatlamlar yuqorida aytilganidek faqat bitta davrni emas balki bir nechta davrni ham aks ettirishi mumkin. Demak ular ashell’, must’e va yuqori paleolit kabi davrlarni o’z boshlaridan kechirganlar. Bu davrlarni bir biridan tabiiy qatlamlar ajratib turadi. Tabiiy qatlamlar, madaniy qatlamlardan farq qilib ularda ajdodlarimiz tomonidan vujudga keltirilgan mehnat qurollari yoki boshqa qoldiqlar bo’lmaydi. Chunki bu tabiiy qatlamlar insonlar tomonidan emas balki, tabiat tomonidan vujudga keltirilgan qumlik, tuproq kabilardan paydo bo’lgan qatlamlardir. Bular shamol, bo’ronlar uchirib kelgan va uzoq vaqtlar o’tishi natijasida yuzaga kelgan. Odatda bunday qatlamlar u yoki bu sabablarga ko’ra qarorgohlarda uzoq vaqt hayot to’xtashi natijasida sodir bo’ladi. Bunday sabablardan biri, ajdodlar o’z qarorgoxlarini o’zgartirganlaridan so’ng uzoq vaqt qaytib kelmaganliklaridir. U yoki bu yodgorliklarni madaniy qatlamlarini birin ketin o’rganilishi arxeologlar uchun juda katta ahamiyatga egadir. Chunki bunday o’rganish qarorgoxlardagi ajdodlarni birin chidan taraqqiyot jarayonlarini ko’rsatsa, ikkinchidan ularni xronologiyasini ya`ni sanasini aniqlashda katta rol o’ynaydi. eng muximi bu madaniy qatlamlarda ajdodlarimizning arxeologlar uchun juda zarur bo’lgan moddiy ishlab chikaruvchi manbalarini ifodalovchi mehnat qurollari va ularni ma`naviy hayot faoliyatlarini ko’rsatuvchi daliliy ashyolar saqlanib qolgan. Bu arxeologik ashyolarga suyangan xolda ularning bir birlaridan farqlari, yoshlari va tarqalgan xududlari aniqlanadi.,
Arxeologiya fani o’zining ilmiy izlanish usullarini va echilishi lozim bo’lgan masalalarining kengligi tufayli gumanitar fanlar: antropologiya, etnografiya, poleontologiya, tilshunoslik, geologiya xatto aniq fanlar fizika, kimyo, botaniqa, zoologiya, tuproqshunoslik va boshqa fanlarga suyangan xolda o’z maqsadlarini amalga oshiradi. Arxeologlar ajdodlarimizni ilk ishlab chikarish va texnika soxalaridagi o’z davrini inqilobiy•darajasidagi bosib o’tgan taraqqiyot yo’llarini qadam baqadam o’rganib keladilar. Inqilob darajasidagi ajdodlarimiz tarixida yuz bergan voqealarga: O’q yoyning paydo bo’lishini, g`ildiraklardan foydalanishga o’tishni, dehqonchilik va chorvachilikni vujudga kelishini, xo’jalikda metaldan foydalanish sirlarini o’zlashtirilishi kabi voqeliklarni kiritish mumkin. Insoniyat hayotidagi bu kabi yirik voqealarsiz hozirgi hayotimizdagi ulkan yutuqlarni ko’lga kiritishimizni tasavvur qilish qiyin. Birinchi prezident I. A. Karimov:» o’tmish tariximizni yaxshi bilmay turib kelajagimiz to’g`risida fikr yuritish noto’g`ri bo’ladi» deganlarida xuddi shu masalalarni nazarda tutgan bo’lsalar ajab emas.
Arxeologiya fani gumanitar fan bo’lib u tarbiya ishiga, insonlarni dunyoqarashlarini shakllanishiga, madaniyatini yuksalishiga xizmat qiladi. Arxeologik topilmalar o’zlarining moddiy ashyoligi va aniqligi tufayli yaratilganligi hamda ulardan mehnat quroli sifatida foydalanganliklari sababli ular ajdodlarimiz kundalik hayotlarini aks ettiruvchi, biz uchun qimmatli bo’lgan ma`lumotlarni beradi. Ammo bu ma`lumotlarni xajmi u yoki bu yodgorlikda arxeologik topilmalarni qay darajada saqlanganligiga va ana shu yodgorlikda qazish ishlarini arxeolog tomonidan to’g`ri yoki noto’g`ri usul bilan olib borishga ko’p jixatdan bog`liqdir. Agar arxeolog har qanday yodgorlikda qazish ishlarini olib borishda to’g`ri usulni qo’llasa u ko’zlangan maqsadiga erishishi mumkin. Bordiyu noto’g`ri usulni tanlasa. unda u nafaqat maqsadiga erisha olmaydi, balki fan olamida tuzatib bo’lmaydigan xatto og`ir insnoyatga teng bo’lgan qo’pol xatoga yo’l qo’yadi. Chunki har qanday yodgorlikda arxeologik qazish ishlari bir marta bajariladi. Markaziy Osiyo xududidagi son sanoqsiz yodgorliklarning yoshi o’rta asrlardan to bir million yilga teng. Demak, agar arxeolog tarixiy yodgorliklarni qazish ishlarida noto’g`ri usulni qo’llasa, biz uchun ajdodlarimizdan million yillar davomida meros bo’lib kelayotgan yodgorliklar poymol kilinadi va ular fan uchun o’z ahamiyatini yo’qotadi. Shuning uchun ham arxeologik yodgorliklarda qazish ishlarini olib borishga ma`lum darajada tajribalarga ega bo’lgan mutaxassislargagina ruxsat beriladi. Arxeolog tarixiy yodgorliklarda asosiy qazish ishlarini boshlashdan oldin, yodgorlik qaysi davrga mansub ekanligin bilish maqsadida arxeologlar tili bilan aytganda bo’yi ikki metr eni bir metr bo’lgan shurfini yodgorlikni satxidan to materikkacha kaziydilar. Bu bilan yodgorlikda nechta madaniy qatlam borligini va bu madaniy qatlamlarda qanday arxeologik ashyolar borligini bilib oladilar. Shundan so’ng asosiy qazish ishlarini boshlash uchun o’z usullarini belgilaydilar.
1.2. Arxeologiya fanining asosiy vazifalari
Arxeologiya fani bir necha tarmoqlarni o’z ichiga oladi: numizmatika tangalar to’g`risidagi fanni, epigrafika toshlardagi yozuvlarni o’rganuvchi fanni va nihoyat sfragistika muxrlarni o’rganuvchi fanni. Insoniyatning qadimgi davrini aks ettiruvchi yozma manbalar bizgacha juda oz miqdorda etib kelgan. Moddiy manbalar esa arxeolog olimlarimiz tomonidan juda ko’plab topilmoqda va har tomonlama o’rganilmokda. Bu jarayon o’zining murakkabligi tufayli mutaxassis arxeolog olimlar tomonidan ancha qiyinchiliklar bilan amalga oshirilmokda. Bu jarayonning murakkabligi shundaki, ming xatto million yillar avval ajdodlarimiz tomonidan qoldiriyagan mehnat qurollari, ya`ni moddiy manbalarning barchasi ham qanday bo’lsa shundayligicha bizgacha saqlanib kelmaydi. Balki tabiatning ta`sir kuchi natijasida o’zgaradi. Buning ustiga ular doimo to’la ravishda saqlanib kelmaydi. Arxeologik topilmalarni to’la xolatda yoki chala xolatda topilishi, aniqrog`i bizgacha etib kelishi u yoki bu yodgorlikdagi madaniy qatlamning qay xolatda saqlanganligiga ham bog`liq. Madaniy qatlam odatda ibtidoiy odamlarning qarorgoxlarida materikdan to yuqori qatlamgacha bo’lgan oraliqda joylashib uni qalinligi ajdodlarimizni o’sha qarorgoxda uzoq yoki qisqa vaqt yashaganliklariga bog`liq bo’ladi, agar uzoq vaqtlar yashagan bo’lsa qalin, oz muddat yashagan bo’lsalar yupqa bo’lishi mumkin. Umuman madaniy qatlam deyilganda ana shu qarorgoxda materikdan to ustki qatlamgacha bo’lgan qatlamdagi ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan mehnat qurollari va ularning chiqindilari, gulxan qoldiqlari tushuniladi. Umuman ajdodlarimiz tomonidan yasalgan va ularni faoliyatlarini aks ettiruvchi narsalarni o’zida saqlab qolgan tuproq aralashmasi madaniy qatlam hisoblanadi. Madaniy qatlamlar ajdodlarimizni yashagan sharoitlariga qarab har xil bo’ladi: bitta yodgorlikda bir nechta madaniy qatlam mavjud bo’lib, ularning barchasi bir davrni mezolit yoki neolit davrini aks ettirishi mumkin. Ammo bu qatlamlarni birinchisi ilk davri bo’lgani uchun, undagi mehnat qurollari dag`alroq va soddaroq bo’lsa, qolganlari asta sekin rivojlanishlari natijasida ixchamlashgan va takomillashgan bo’ladilar. Demak bir yodgorlikda misol uchun beshta madaniy qatlam mavjud bo’lib, ularning barchasi bitta neolit davriga mansub bo’lsa, bu neolit yodgorligida uch ming yil yashagan odamlarning dastlabki ming yilligiga oid mehnat qurollari sodda ko’rinishga ega bo’ladi. Keyingi ming yillikdagilari esa tobora takomillashib boradi. Shuni alohida ayniqsa joizki ayrim yodgorliklardagi madaniy qatlamlar yuqorida aytilganidek faqat bitta davrni emas balki bir nechta davrni ham aks ettirishi mumkin. Bunga misol qilib O’zbekiston xududida joylashgan Ko’lbuloq yodgorligini ko’rsatishimiz mumkin. Bu ajdodlarimiz ashell’ davridan to mezolit davrigacha bo’lgan davr mobaynida yashaganlar. Demak ular ashell’, must’e va yuqori paleolit kabi davrlarni o’z boshlaridan kechirganlar. Bu davrlarni bir biridan tabiiy qatlamlar ajratib turadi. Tabiiy qatlamlar, madaniy qatlamlardan farq qilib ularda ajdodlarimiz tomonidan vujudga keltirilgan mehnat qurollari yoki boshqa qoldiqlar bo’lmaydi. Chunki bu tabiiy qatlamlar insonlar tomonidan emas balki, tabiat tomonidan vujudga keltirilgan qumlik, tuproq kabilardan paydo bo’lgan qatlamlardir. Bular shamol, bo’ronlar uchirib kelgan va uzoq vaqtlar o’tishi natijasida yuzaga kelgan. Odatda bunday qatlamlar u yoki bu sabablarga ko’ra qarorgohlarda uzoq vaqt hayot to’xtashi natijasida sodir bo’ladi. Bunday sabablardan biri, ajdodlar o’z qarorgoxlarini o’zgartirganlaridan so’ng uzoq vaqt qaytib kelmaganliklaridir. U yoki bu yodgorliklarni madaniy qatlamlarini birin ketin o’rganilishi arxeologlar uchun juda katta ahamiyatga egadir. Chunki bunday o’rganish qarorgoxlardagi ajdodlarni birin chidan taraqqiyot jarayonlarini ko’rsatsa, ikkinchidan ularni xronologiyasini ya`ni sanasini aniqlashda katta rol o’ynaydi. eng muximi bu madaniy qatlamlarda ajdodlarimizning arxeologlar uchun juda zarur bo’lgan moddiy ishlab chikaruvchi manbalarini ifodalovchi mehnat qurollari va ularni ma`naviy hayot faoliyatlarini ko’rsatuvchi daliliy ashyolar saqlanib qolgan. Bu arxeologik ashyolarga suyangan xolda ularning bir birlaridan farqlari, yoshlari va tarqalgan xududlari aniqlanadi.,
Buday xolat esa o’z navbatida arxeologlarga ma`lum bir xudud uchun harakterli bo’lgan arxeologik madaniyatni ajratish imkonini beradi. Arxeologik madaniyatlar u yoki bu yodgorliklarning mehnat qurollariga qarab yoki o’sha yodgorliklarning nomlariga qarab ataladi. Masalan O’rta Osiyo xududida neolit davrida bir vaqtning o’zida uch xil yunalishdagi madaniyatlar mavjud bo’lgan.
1.Kaltaminor madaniyati
2.Xisor madaniyati
3.Joyitun madaniyati
Kaltaminor madaniyatiga xos kabilalarni xo’jaliklarini asosan ovchilik baliqchilik va termachilik tashqil qilgan bo’lsa, Hisor madaniyati xo’jaligining asosini chorvachilik tashqil qilgan. Joyitun madaniyatiga oid yodgorliklarda esa, bir vaqtni o’zida dehqonchilik va chorvachilik bilan shug`ullanganlar. Kaltaminor madaniyatiga oid birinchi yodgorlik Qoraqalpoq avtonom respublikasining To’rtko’l tumanidagi Kaltaminor qishlog`idan topilgani uchun o’sha er nomi bilan S. P. Tolstov tomonidan arxeologiya faniga kiritilgan. Joyitun madaniyati ham KopetDog` bilan Qoraqum oralig`idagi yalanglikdan birinchi topilgan ibtidoiy manzilgohni nomi. Hozirgi kunda maxalliy xalq tomonidan Joyi tun deb atalgani uchun, bu manzilgoxni V. M. Masson tomonidan arxeologiya faniga Joyitun madaniyati nomi bilan kiritildi. Shuni aytish kerakki Joyitun qarorgoxlariga o’xshash yodgorliklar keyingi yillarda juda ko’plab topilgan va ularning nomlari har xil. Ammo ular Joyitun madaniyati bilan deyarli bir xil bo’lganliklari uchun ularni nomlari har xil bo’lishidan kat`iy nazar ular ham bitta Joyitun madaniyati nomi bilan yuritiladi. Shunday qilib, u yoki bu nom bilan yuritiladigan arxeologik madaniyat mazmuniga ko’ra ma`lum bir geografik xududdagi bir necha ibtidoiy makonlarni yig`indisi bo’lib, bularning mehnat qurollari, yashash tarzlari, urfodatlari, kundalik mashgulotlari bir birlariga juda o’xshash bo’ladi.
Mutaxassis arxeologlarning ilmiy ish jarayonlari bir muncha murakkab bo’lib, ular bir necha bosqichdan iboratdir. Birinchi bosqichda arxeolog qadimiy qarorgoxlarni topish uchun qidiruv ishlari bilan shug`ullanadi. Bu qidiruv ishlari qarorgoxlarni davriga qarab, o’ziga xos usullar bilan olib boriladi. Masalan g`orlarda yashagan ajdodlarimizni qarorgoxlarini qidirishda birinchi navbatda g`orlarni og`zi quyosh tomon qaraganmi? yoki yo’qmi? shunga e`tibor beriladi. Chunki ibtidoiy odamlar o’zlariga qarorgox tanlaganlarida quyosh nuridan foydalanishga katta ahamiyat berganlar. Ikkinchi navbada ana shu qarorgoxga yaqin joydan suv o’zani o’tganmi? yoki yo’qmi? bunga ham katta e`tibor berilgan. Sababi yashash joylari qanday yaxshi bo’lmasin suvsiz yashash mumkin bo’lmagan. Ana shu kabi talablarga javob bera oladigan g`orlardagina ajdodlarimiz yashaganlar va o’zlaridan bizga meros qilib madaniy qatlamlarni qoldirganlar. Ikkinchi bosqichda arxeolog ana shu topilgan qarorgoxlarda qazish ishlarini olib boradi. Bu qazish ishlarini olib borishdan asosiy maqsad, avvalo qarorgohlardagi madaniy qatlamlarni nechtaligini aniqlash va ulardagi arxeologik materiallarni bir biriga aralashtirmay har qaysi qatlamdagi ashyolarni alohida alohida qilib shifr belgilarini qo’yib olish bo’ladi. Uchinchi bosqichda arxeolog qazib olingan barcha arxeologik materiallarni to’plab olgandan so’ng ularni klassifikatsiya qilish bilan shug`ullanadi, ya`ni ularni xajmiga, shakliga va hokazolariga qarab guruxlarga bo’ladi. To’rtinchi bosqichda arxeolog o’zi topgan o’sha ashyolarni boshqa yodgorliklardan topilgan ashyolar bilan solishtiradi va ular o’rtasidagi o’xshashliklarni topishga harakat qiladi. Shundan so’ng oxirgi xal qiluvchi bosqichda o’zining tarixiy xulosalarini bayon qilishga kirishadi, ya`ni arxeologik ashyolarni davrini, ularni funktsiyalarini va shu ashyo egalarining yashash tarzl'arini yoritishga kirishadi. Ammo bu jarayon juda murakkab va o’ta qiyin jarayon hisoblanadi. Ayniqsa u yoki bu yodgorlik hozirgi kunimizdan qancha uzoq davrga oid bo’lsa, shuncha mushqullik tug`diradi. Masalan bronza asriga oid birorta yodgorlikdan topilgan sopol idishlarni xajmiga va shakliga qarab ularni funktsiyalarini ya`ni qaysi maqsad uchun foydalanganliklarini aniqlash mumkin. Lekin. ajdodlarimizni ilk faoliyatlariga oid bo’lgan shell’ va ashell’ xatto must’e davrining toshdan yasalgan mehnat qurollarini funktsiyalarini aniqlash juda murakkab masalalardan hisoblanadi. Sababi juda ko’p xollarda ana shu qadimiy toshdan ajdodlarimiz tomonidan yasalgan mehnat qurollarini tabiatning ta`sir kuchi natijasida vujudga kelgan tabiiy tosh bo’laklaridan ajratish qiyin. Sababi ularni tashqi ko’rinishlari birbirlariga juda o’xshashdir. Shunday bo’lishi tabiiydir. Chunki ilk bor ajdodlarimiz ham o’zlari toshdan mehnat qurollarini yasashga aqllari etmagan davrlarida tabiat ta`sir kuchi natijasida yuzaga kelgan o’tkir qirrali tosh siniqlaridan kesish, chopish kabi ishlarni bajarishda foydalanganlar. Uzoq vaqtlarni o’tishi bilan ular ana shu tabiiy tosh bo’laklarini o’tkir qirralarini ahamiyatini tushunib etganlar. Natijada keyinchalik bir toshni ikkinchi tosh bilanr urib, ikkinchisidan o’tkir qirrali uchirindilar paydo qila boshlaganlar.
Arxeologiya fani o’zining ilmiy izlanish usullarini va echilishi lozim bo’lgan masalalarining kengligi tufayli gumanitar fanlar: antropologiya, etnografiya, poleontologiya, tilshunoslik, geologiya xatto aniq fanlar fizika, kimyo, botaniqa, zoologiya, tuproqshunoslik va boshqa fanlarga suyangan xolda o’z maqsadlarini amalga oshiradi. Arxeologlar ajdodlarimizni ilk ishlab chikarish va texnika soxalaridagi o’z davrini inqilobiy•darajasidagi bosib o’tgan taraqqiyot yo’llarini qadam baqadam o’rganib keladilar. Inqilob darajasidagi ajdodlarimiz tarixida yuz bergan voqealarga: O’q yoyning paydo bo’lishini, g`ildiraklardan foydalanishga o’tishni, dehqonchilik va chorvachilikni vujudga kelishini, xo’jalikda metaldan foydalanish sirlarini o’zlashtirilishi kabi voqeliklarni kiritish mumkin. Insoniyat hayotidagi bu kabi yirik voqealarsiz hozirgi hayotimizdagi ulkan yutuqlarni ko’lga kiritishimizni tasavvur qilish qiyin. Birinchi prezidentimiz I. A. Karimov:» o’tmish tariximizni yaxshi bilmay turib kelajagimiz to’g`risida fikr yuritish noto’g`ri bo’ladi» deganlarida xuddi shu masalalarni nazarda tutgan bo’lsalar ajab emas.1
Arxeologogik tadqiqoti ishlari olib borishning xarakterigina emas, uning texnik ta’minotida ham katta o’zgarishlar qilindi. Jumladan Xorazm arxeologik ekspeditsiyasida urushgacha tuyalardan foydalanilgan bo’lsa, keyinchalik, avtomashina va aviatsiya qo’llanildi. Arxeologik yodgorliklar yoshini va tarkibini aniqlashda fizikada yangi radiokorbon analiz, kuchaytirilgan mikroskoplar yordamida ibtidoiy qurol—aslahalarning xo’jalikda qo’llanish funksiyalarini aniqlash kabi metodlar ishlab chiqildi va bu sohada katta yutuqlarga erishildi.2
___________________
*I.A.Karimov-Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q.
**Kabirov J., Sagdullayev A. O’rta Osiyo arxeologiyasi. - T., 1990.
II Bob. O’zbekistonda arxeologiya fanining rivojlanishi.
2.1.O‘zbekistonda arxeologiyasi fanining rivojlanish tarixi
Shuni alohida aytish joizki, XVIII asrda jahonning ayrim ilg`or mamlakatlarida boshlangan arxeologik ilmiy izlanishlar XIX asrga kelib bir muncha rivojlandi. XX asrda esa ayniqsa taraqqiy etdi. Ammo bizning Markaziy Osiyo xududida, garchi insoniyat tarixini barcha davrini aks ettiruvchi yodgorliklarni ko’p bo’lishiga qaramay bu jarayon sust darajada bo’ldi. Bunga sabab chor Rossiyasini ham, Qizil imperiya`ni ham Markaziy Osiyo respublikalariga nisbatan mustamlakalar sifatida munosabatda bo’lishi edi. XX asrning ikkinchi yarmiga qadar Yahyo G`ulomovdan tashqari Markaziy Osiyo respublikalarida birorta ham milliy mutaxassislardan arxeolog yo’q edi. Shuning uchun ham Markaziy Osiyo xududida arxeologik izlanishlarni asosan rus olimlari olib borar edilar.
XX asrni birinchi yarmida rus olimlari tomonidan ko’zga ko’rinarli qilingan ishlardan biri A. P. Okladnikovni O’zbekiston Respublikasini Surxondaryo viloyatida must’e davriga oid Teshiktosh g`orini ochilishi va undan 8 yashar bolani suyak qoldiqlarini topilishi bo’lsa, ikkinchisi S. P. Tolstovning sinfiy jamiyatga oid O’rta Osiyo yodgorliklarni o’rganishi, sun’iy sug`orish kanallarini topilishi, gullab yashnagan Xorazmdagi shaharkal`ani ochilishi va neolit davriga mansub bo’lgan «Kaltaminor madanyati» ni arxeologiya faniga kiritilishi bo’ldi. Uchinchi yirik voqea V. M. Masson tomonidan XX asrning uchinchi choragida o’ziga xos dehqonchilikka va chorvachilikka asoslangan ishlab chiqaruvchi xo’jalikka oid «Joyitun madaniyati» deb nom olgan madaniyatni aniqlanishi bo’ldi. Ammo bu ishlarning bari Markaziy Osiyo respublikalarining xududlarida qilinishi lozim bo’lgan katta arxeologik izlanishlarni boshlanishi edi xolos. Shuning uchun ham oldinda juda katta miqyosda arxeologik ishlarni amalga oshirish vazifasi turar edi.
O’zbekiston tarixining arxeologik jixatdan o’rganilishini 3 davrga bo’lish mumkin: 1.Rossiya mustamlakasi davri.
2. Sovetlar xukmronligi davri.
3. O’zbekiston mustaqilligi davri.
Rossiya mustamlasi davri 3 bosqichga bo’linadi.
1- bosqich XIX asrning birinchi yarmi xisoblanadi. Bu davrda Rossiya O’zbekistonning sharoitlarini o’rganish uchun turli ekspeditsiyalar uyushtiradi. 1819 yilda kapitan N.N.Muravyev boshchiligida dastlabki arxeologik ekspediya yuboriladi. U harbiy xarakterdagi ekspediya bo’lsada, Xiva xonligidagi turli arxeologik yodgorliklarni ruyxatga olib, muxim ma’lumotlar to’plagan. Bu to’plagan ma’lumotlar fransuz va nemis tillariga tarjima qilingan va undan dastlab O’zbekiston xududida ibtidoyi odamlar yashaganliklari haqida fikr bildirilgan.1
Birinchi bosqichda O’zbekistonda arxeologlar bo’lmaganligi sababli ham turli kasbdagi kishilar tomonidan moddiy manbalar to’planib, muzeylarga topshirilgan. Ular hozirda ham saqlanmoqda.
2- bosqich XIX asrning ikkinchi yarmida boshlangan. O’rta Osiyo Rossiya vassa-liga aylangach, bu yerdagi moddiy yodgorliklarni o’rganish boshlandi. V.V. Bartolьd, V.A. Jukovskiy, N.I.Veselovskiy kabi sharqshunos olimlarning hamda A.L.Kun, P.I.Lerx, V.L.Vyatkin, I.T.Poslovskiy, N.P.Ostroumov va boshqa havaskorlarning O’rta Osiyo arxeologiyasi va tarixini o’rganishdagi xizmati katta bo’ldi. 1870 yilda Toshkentdagi eski qal’a yaqinida topilgan. Afrosiyob xarobasi orqali yo’l qurilishida chaqmoqtosh nukleusi (tosh o’zagi), tosh qirgich topilgan. 1896 yilda Toshkent atrofidan topilgan tosh bolg’aga o’xshash topilmalar Orenburg, Issiqko’l xududlaridan ham topiladi. Bu topilmalar o’sha davr uchun katta ahamiyatga ega edi.
3-bosqich Turkiston xavaskor-arxeologlar to’garagining tuzilishi bilan bog’liq. U bevosita V.V. Bartolьdning rahbarligida 1895 yilda tuzilib, ustavi tasdiqlandi. U
1917 yilgacha faoliyat ko’rsatdi. To’garakda turli kasb egalari a’zolari bo’lib,
____________
*Arxeologlar hikoya qiladi. Asqarov A. tahriri ostida. –T., 1970
, o’lkadagi arxeologik yodgorliklarni o’rganish ishiga jiddiy e’tibor berib, bu sohadagi dastlabki yutuqlarni qo’lga kiritdilar. U dastlab Ashxobodda tashkil qilindi, keyinchalik Samarqandda tuzilgan. 1896 yilda Toshkentda to’garak muzeyi tashkil qilingan.Uning raxbari N.P.Ostroumov bo’lgan. To’garakda mahalliy havaskorlardan Akrom Asqarov, Mirza Buxarin, Mirza Abdulin, Gafiz, I.Mirmuxamedovlar faol ishtirok qilganlar. To’garak a’zolari turli hududlardan birmuncha material to’plashga muvoffaq bo’lganlar. Lekin o’sha davrdagi mavjud ilmiy to’garaklar arxeologiyani fan darajasiga qo’tara olmadi.
Ikkinchi davr ham 3 bosqichga bo’linadi.
1-bosqich. 1917 yildan 1938 yilgacha davom qilgan. Bunda Sho’rolar hokimiyati tashkil qilingan dastlabki davrlarda moddiy yodgorliklarni saqlash va ximoya qilish masalalari qo’tarilgan. 1918 yilda Moddiy Madaniyat tarixi Rossiya Akademiyasi tuzildi. Unga barcha arxeologik, san’at, madaniyat, va me’morchilik yodgorliklarini hisobga olib ularni davlat himoyasiga o’tkazish vazifasi qo’yildi. Bu akademiyada arxeologlarga katta imkoniyat yaratilib faoliyatlari qo’llab quvvatlandi .O’rta Osiyo arxeologiyasiga ham qiziqish kuchaydi. 1920 yil 27 noyabrda Toshkentda muzeylar, qadimgi yodgorliklarni asrash, san’at va tabiatni muhofaza qilish Turkiston Komitetini tashkil qilinishi (Turkomstaris) O’zbekiston arxeologiyasining shakllanishida muhim rolь o’ynadi. Bu davrda yodgorliklarni keng ko’lamda qazib o’rganish ishlariga va har bir topilmani ilmiy asoslashga alohida e’tibor qaratildi.G.V. Grigorьyev 1934 yildan boshlab Toshkent atrofidagi yodgorliklarni va Samarqand yaqinidagi antik davrga oid obidalarni qazib tekshirdi. Shuningdek tarixni davrlashtirish masalasi arxeolog va tarixchilarning diqqat markazida turdi.
O’zbekiston hududida arxeologik tadqiqotlar XX asrning 30 yillari avj oldi. Bu ikkinchi bosqichni tashkil qiladi. Unda sobiq SSSR FA ning O’rta Osiyo respublikalaridagi filiallari, Leningrad va Moskvadagi ilmiy tashkilotlar, Moddiy madaniyat tarixi akademiyasi (hozirgi Rossiya FA ning Arxeologiya instituti), Sharq madaniyati Muzeyi kabi tashkilotlar olib borgan.
Arxeologik tadqiqotlarni kengaytirish maqsadida O’rta Osiyo hududida 5ta epspeditsiya tashkil qilindi.
1. 1936 yilda M.Ye.Masson boshchiligidagi Termiz arxeologiya ekspeditsiyasi.
2. 1937 yilda A.N.Bernshtam rahbarligida Yettisuv arxeologik ekspeditsiyasi.
3. 1937 yilda S.P.Tolstov rahbarligida Xorazm arxeologik. ekspeditsiyasi.
4. 1937 yilda Yu.A.Zadneprovskiy rahbarligida Farg’ona arxeologik ekspeditsiyasi.
5. 1937 yilda V.A. Shishkin rahbarligida Quyi Zarafshon arxeologik ekspeditsiyasi.1
Shulardan 4 tasi: Termiz, Xorazm, Quyi Zarafshon, Farg’ona ekspeditsiyalari o’z faoliyatini O’zbekiston hududida olib borganlar.
1939 yildan boshlab ilmiy arxeologik kadrlarni aspirantura orqali tayyorlash boshlandi. 1940 yilda O’zbekistonda Fanlar Akademiyasi tashkil qilinib, Tarix instituti qoshida arxeologiya bo’limi tuzildi. Shu davrda Toshkent davlat universitetining Tarix fakulьtetida Arxeologiya kafedrasi ochilib, kadrlar tayyorlana boshlandi. Arxeologiya kafedrasi mudiri M.Ye.Masson bo’lgan. Arxeolog olimlar o’zaro xamkorlikdagi faoliyatlari natijasida 2-bosqichda o’z davrining katta yutuqlarini qo’lga kiritdilar. Mn: 1937 yilda V.A.Shishkin Buxoro vohasining g’arbiy qismida tadqiqot olib bordi. 1938 yili A.P.Okladnikov Surxondaryoning Boysun tog’larida tekshirish olib borib, paleolit davriga oid makonni kashf etdi.1939 yilda M.Ye.Masson Katta Farg’ona kanali hududida arxeologik ishlar olib bordi, A.I. Terenojkin, A.N.Nabiyevlar va boshqalar 1939—40 yillarda Toshkent yaqinidagi Oqtepa va Toshkent kanalida tekshirish o’tkazdilar. 40-yillarning boshlariga kelib, yangi qurilish joylarida 8 ta arxeologik kuzatuv ekspediyalari olib borildi. Xullas, arxeologik tadqiqotlar natijasida katta ilmiy ma’lumotlar to’plandi. Bunda asosiy diqqat e’tibor O’rta Osiyo xalqlarining tarixini davrlashtirish va etnogenez masalalariga qaratildi.
3-bosqich 1945 yildan keyingi davrlarni o’z ichiga oladi. Endilikda Quyi Zarafshon ekspeditsiyasi ishini O’zbekiston FA ning Buxoro ekspeditsiyasi, Yettisuv ekspeditsiyasi ishini 1944-49 yillarida Tyanь—Shanь Oloy ekspeditsiyasi, 1951—55 yillari esa Qirg’iziston arxeologik etnografik ekspeditsiyasi davom qildirdi. 1946 yildan 1952 yillargacha Farg’ona arxeologiyasini A.N.Bernshtam rahbarligida
_______________
*Arxeologiya UMK-TerDu 2019-yil
Pomir-Oloy va Pomir-Farg’ona ekspediyalari o’rgandi. 1947 yildan boshlab Samarqand davlat universiteti ekspeditsiyasi ibtidoyi tarix soxasida muhim ma’lumotlarni qo’lga kiritdi. Ya.G’.G’ulomov va V.A.Shishkinlar rahbarligida O’zbekiston Fanlar Akademiyasining O’zbekiston arxeologiya ekspeditsiyasi ish boshladi. Bu ekspeditsiyaning ko’pgina otryadlari Surxondaryo, Samarqand, Buxoro va Toshkent vohalarida hamda Farg’ona vodiysida katta arxeologik tadqiqotlar o’tkazdi.
Arxeologogik tadqiqoti ishlari olib borishning xarakterigina emas, uning texnik ta’minotida ham katta o’zgarishlar qilindi. Jumladan Xorazm arxeologik ekspeditsiyasida urushgacha tuyalardan foydalanilgan bo’lsa, keyinchalik, avtomashina va aviatsiya qo’llanildi. Arxeologik yodgorliklar yoshini va tarkibini aniqlashda fizikada yangi radiokorbon analiz, kuchaytirilgan mikroskoplar yordamida ibtidoiy qurol—aslahalarning xo’jalikda qo’llanish funksiyalarini aniqlash kabi metodlar ishlab chiqildi va bu sohada katta yutuqlarga erishildi.
1970 yilda O’zbekiston Fanlar Akademiyasi qoshida Arxeologiya institutining tashkil topishi hamda 1971 yilda Samarqand davlat universitetida arxeologiya kafedrasining tashkil qilinishi kadrlar yetishtirib chiqarishda va ilmiy tadqiqot ishlarini yanada jonlantirishda katta ahamiyat kasb etdi.
Sobiq SSSR vaqtida O’zbekiston arxeologiyasining rivojida S.P.Tolstov, M.Ye. Masson, M.M. Dьyakonov, A.P. Okladnikov, M.M. Gerasimov, V.G. Grigorьyev, A.Yu. Yakubovskiy, Ya.G’. G’ulomov, M.P. Gryaznov, A.N. Bernshtam, A.I. Terenojkin, B.A. Latinin, A.M. Belenitskiy, V.A.Shishkin, V.M. Masson, B.A. Litvinskiy, G.A. Pugachenkova, I.A. Itinalarning hissasi katta bo’ldi.
Shuni aytish kerakki, XX asrning ikkinchi yarmida O’rta Osiyoda arxeologlarning katta guruhi yetishib chiqdi. A.Asqarov, A.Muxammadjonov, O’.Islomov, P.I. Alьbaum, Yu.F. Buryakov, R.X. Sulaymonov, N. Ne’matov, I.Axrorov, V.I. Sarianidi, K. Akishev, X. Oltmishboyev, A.V. Vinogradov, V.N.Yagodin, O.K. Berdiyev, M.R. Qosimov, T. Mirsoatov, E. V . Rtveladze, M.Jo’raqulov, Ye.B. Bijanov, M. Mambetullayev va boshqalar. Ularning olib borgan tadqiqotlari natijasida XX asrning 80 – yillarida olamshumul tadqiqotlar o’tkazildi. Jumladan; 1980 yilda arxeolog O’.Islomov Selung’ur g’orida qayta tadqiqot o’tkazib, sinantrop odami suyagi qoldiqlarini topdi. M.R.Qosimov Ko’lbuloq makonini keng o’rgandi, shuningdek O’zbekiston arxeologisining ko’pgina muammoli masalalari yoritildi.
3 davr O’zbekistonning mustaqillikni qo’lga kiritgandan keyingi davrlar kiradi. Mustaqillikning dastlabki davrlarida arxeologik tadqiqot ishlari birmuncha to’xtaganday bo’ldi. Lekin Vazirlar Mahkamasining 1998 yilda Tarix instituti faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan ishlari natijasida va Buyuk ipak yo’lining tarixining keng tadqiq qilinishi yuzasidan olib borilgan ishlar bo’yicha yana arxeologik ishlar jonlanib ketdi.
Hozirda O’zbekiston arxeologiyasini o’rganish ancha yaxshi yo’lga qo’yilgan. Bu ish bilan maxsus institutlar, universitetlar, pedagogika institutlari va turli bo’limlar shug’ullanmoqdalar. Ular qoshida ko’plab arxeologik ekspeditsiyalar tashkil etilgan.
Arxeologik ekspeditsiya ish uslubi 3 pog’onalik bo’ladi
Arxeologik qidiruv.
Sinov.
3. Keng miqyosda (statsionar) qazish ishlari olib borish.
Ularning vazifasi yodgorliklarning paydo bo’lgan davri, qancha yashaganligi, inqirozga yuz tutishi va boshqa xususiyatlarini aniqlash hisoblanadi. Lekin, arxeologiyada qadimgi buyumlarni o’rganishning bari, bir maqsad qilib olinmaydi. Topilmalar tarixiy tadqiqodlar uchun faqat manba sifatidagina ilmiy qimmatga ega bo’ladi. Buyumlarning yoshi, nimaga ishlatilganini, qanday uslubda yasalganini aniqlash tadqiqotning zarur tayyorgarlik bosqichi hisoblanadi. Lekin arxeologlar bu bilan cheklanibgina qolmaydilar. Buyumlarni bir-biri bilan bog’lab, tarixiy va yozma manbalarga solishtirgan holda o’rganadilar.
Arxeologik yodgorliklar yer ostida yoki yer ustida joylashgan bo’ladi. Yer ostidagi yodgorliklarni o’rganish jarayonida arxeologlar madaniy qatlamlarga alohida e’tibor beradilar.
Madaniy qatlam deganda—insoniyatning turmushi, xo’jalik faoliyati izlari saqlanib qolgan tuproq qatlami tushuniladi. Madaniy qatlamlar bir va bir necha o’ntacha qatlamlarga ega bo’lishi mumkin. Ularning qalinligi bir necha santimetrdan 30—35 metrgacha bo’lishi mumkin. Bu esa mazkur joyda odamlarning qancha vaqt yashaganligi bilan bog’liq. Madaniy qatlam u yoki bu qatlamlarga shurf tashlash, keyin keng ko’lamda qazish ishlari natijasida aniqlanadi.
Shurf aslida nemischa so’z bo’lib, o’zbek tilida qaziyman degan ma’noni bildiradi. Shurf solish deganda yodgorliklardagi dastlabki qazish ishlari tushunilib, madaniy qatlamni aniqlash va yodgorliklar haqida dastlabki ma’lumotlarni olishdir. Shurf ko’pincha kvadrat va to’g’ri to’rtburchak shakllarida bo’lib, uning chuqurligi va kengligi madaniy qatlamga qarab har xil bo’lishi mumkin. Keng ko’lamda qazish natijasida madaniy qatlam to’la ochilib, inson faoliyati izlari bo’lmagan yergacha kovlab tushiladi, arxeologiyada u materik—bezovta qilinmagan yer deb ataladi.
O’zbekistonda topilgan arxeologik manbalarni shartli ravishda 2 turga bo’lish mumkin;
Tabiiy manbalar inson va hayvon suyaklari, o’simliklar qoldiqlari geologik qatlamlari bo’lib, ularni asosan zoologlar, botaniklar, geologlar o’rganadilar.
2. Inson tomonidan yaratilgan manbalar bo’lib, ular mehnat qurollari, sopol idishlari, san’at asarlari, qoyatosh rasmlari, shuningdek yozma manbalar ham kiradi. Arxeologlar kishilik madaniyati tarixini o’rganishda moddiy va yozma manbalarga ayanib ish ko’radilar.
Arxeologik yodgorliklar deb, odamlar yashagan joylar ibtidoiy makonlari, qishloq va shahar xarobalari, qoyatosh rasmlari, istehkomlar, ibodatxonalar, qadimgi sug’orish inshootlariga aytiladi. Arxeologiya fani san’at sohasi bilan chambarchas bog’liqdir. U yoki bu topilmalar yordamida o’sha davr manzarasi, sharoiti, jamoada mavjud udumlar va evolyutsiyaning qaysi pog’onasida turganligini aniqlashga muvoffaq bo’ladi.
Qidiruv (arxeologik razvedka) va arxeologik qazuv davridayoq arxeologik manbalarni o’rganish boshlanadi. Qidiruv va qazuv chizmalar chizish, suratga tushirish va kundalik yuritish bilan qat’iy hujjatlashtirib boriladi. Qidiruv jarayonida quyidagi vositalardan foydalaniladi: piyoda yurish - yer ustidagi ashyolarni o’rganish; transport yordamida - yirik arxeologik yodgorliklar xaritaga tushiriladi; havodan kuzatish - samolyot yordamida ayerofotosurat olish orqali qadimiy suv inshoatlari va mudofa devorlari kuzatiladi; suv osti arxeologiyasi - ko’pincha okean va dengizlarda suv ostida qolgan yodgorliklar o’rganiladi.
Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, arxeologik yodgorliklarning bir qismi yer ostida va boshqa xillari yer ustidadir. Bu yodgorliklarni qazish jarayonida arxeologlar madaniy qatlamga duch keladilar. Madaniy qatlam deyilganda insoniyatning turmushi, xo’jaligi va g’oyaviy faoliyatining izlari saqlanib qolgan tuproq qatlami tushuniladi. Chunonchi, g’or – makon, ochiq manzilgoh, qishloq va shahar madaniy qoldiqlarining jamiyat rivojlanishi bilan bog’liq holda joylanishi madaniy qatlamni ifodalaydi. Qazish jarayonida «shurf», «raskop», «transheya» kabi kesma chuqur xandaqlar kovlanib, ular asosida yodgorlikning davrini belgilovchi madaniy qatlamlar aniqlanadi. Shurf aslida nemischa so’z bo’lib, qazimoq degan ma’noni anglatadi. Shurf solish deganda yodgorlikdagi dastlabki qazish ishlari tushuniladi. Qazish natijasida madaniy qatlamlar to’la ochilib, inson faoliyatining izlari bo’lmagan yergacha kovlab tushiladi, arxeologiyada u «materik» - bezovta qilinmagan yer deb ataladi. Madaniy qatlamning qalinlik darajasi bir necha sm dan 30-35 m. gacha bo’ladi. Madaniy qatlamlardan topilgan buyumlar ibtidoiy va qadimiy tarixni o’rganishda muhim manbalardir. Arxeologik manbalarni shartli ravishda ikki turga ajratish mumkin: tabiiy va inson tomonidan yaratilgan manbalar. Arxeologiyada qo’llaniladigan «yodgorlik» va «manba» so’zlari bir ma’noni anglatadi. Olingan ashyoviy dalillar belgilangan mahalliy joyda raqamlanadi va maxsus laboratoriyada tadqiqot qilinadi. Tadqiqot jarayonida arxeologik davrlar bosqichi aniqlandi. Biz ko’pincha arxeologik davrlashtirishda:
a) Tosh davri (paleolit, mezolit, neolit)
b) Bronza davri (yeneolit, bronza)
v) Temir davriga ajratamiz.
Olingan ashyolar o’rganilib, unga xronologik jadvali ishlab chiqiladi. Xronologiya bu turar joyning, birorta qabriston yoki ashyoning paydo bo’lgan davrini aniqlanishidir. Bundan tashqari geologik, biologik, ximiyaviy, fizikaviy uslublar yordamida ham xronologik tashxis qo’yiladi.
Geologik jihatdan olimlar Yer qobig’ining paydo bo’lgan davridan boshlab to hozirgi kunga qadar bo’lgan taraqqiyotini 5 eraga - arxey, proterozoy, paleozoy, mezazoy va kaynazoyga bo’ladilar. Arxey erasida yer shari hali qizib turgan bo’lib, faqat shu eraning oxiridagina dastlabki juda oddiy organizmlar paydo bo’lgan. Paleozoy erasi besh davrga bo’linadi: kembriy, silur, devon, toshko’mir, va perm davrlari. Mezozoy erasi uch davrga bo’linadi: trias, yura va bo’r davrlari.
Kaynazoy – yangi hayot erasi deb nomlanadi va ikki qismga ajratiladi. Uning umumiy davri 60-70 million yilni tashkil etadi. To’rtlamchi davr kaynazoy erasining ikkinchi bosqichi bo’lib, 3 – 3,5 mln. yilni o’z ichiga oladi. Antropogen (grekcha «antropos» – inson, «genezis» – tug’ilis) yoki to’rtlamchi davr odamning kelib chiqishi va rivojlanishi bilan bog’liq. «Antropogen» so’zini birinchi bo’lib 1922 yilda A.P.Pavlov fanga kiritgan.
To’rtlamchi davr boshlarida iqlim hozirgiga nisbatan issiqroq bo’lib, Pireney yarimorlidan Xitoygacha bo’lgan maydonlar subtropik, Osiyoning janubi va Afrikaning katta qismi esa tropik mintaqalar edi. Antropogen eopleystotsen, pleystotsen va golotsen bosqichlariga bo’linadi. Antropogenning davrlashtirilishiga iqlim o’zgarishlari asos bo’lgan.
Ma`lumki XX asrning ikkinchi yarmiga qadar o’zbek xalqining mukammal, to’lato’kis tarixini yorituvchi arxeologik ma`laumotlar deyarli yo’q darajada edi. Shuning uchun ham o’zbek xalqini tarixi xaqida gapirilganda faqat yozma manbalarga asoslangan va sinfiy jamiyatda yashagan ajdolarimizni faoliyatlari to’g`risidagina so’z yuritar edilar xolos. Vaxolanki bizning ajdodlarimiz tarixi sinfiy jamiyatda emas, balki ibtidoiy tuzum davrida ya`ni arxeologlarning xulosalariga ko’ra ajdolarimiz tomonidan mehnat qurollarini ilk bor yasagan vaqtlaridan boshlanadi. Shuning uchun ham akademik Ya. G`. G`ulomov har qaysi davr uchun alohida mutaxassis arxeolog etishtirishga kirishdi. Bu borada Ya, Gulomov Peterburg olimlari bilan kelishib, 1960-1970 yillar mobaynida A, Askarov, O’. Islomov, M. Kosimov, S. Raximov, R. Sulaymonov, T. Mirsoatov kabilarni fan nomzodlari qilib tayyorladilar. Bu milliy kadrlar Ya. G`.G`ulomov boshchiligida O’zbekistonimiz xududida keng ko’lamda arxeologik qidiruv va qazish ishlarini olib bordilar. Ya. G`. G`ulomovning tashabbuslari bilan milliy kadrlardan mutaxssis arxeologlar tayyorlash ishiga yanada e`tibor kuchaytirildi. Natijada O’zbekiston Fanlar Akademiyasining sobiq vitse prezidenti, zabardast olim, katta tashqilotchi, o’z xalqining fidoiysi, marx_um I. M. Mo’minov xomiyligida 1970 yilning 1 oktyabrida O’zbekiston Fanlar Akademiyasining tarkibida butun Markaziy Osiyoda yagona bo’lgan arxeologiya ilmiy tekshirish nstituti tashkil topdi. Bunday ilmiy dargoxni vujudga kelishi nafaqat O’zbekiston Respublikasi, balki Markaziy Osiyo respublikalarining xalqlari uchun juda katta tarixiy ahamiyatga ega bo’ldi. Oqibatda o’sha davrlarda kommunistik tuzumning siquvi kuchli bo’lishiga qramay ko’p qiyinchiliklar evaziga 10 dan ortik fan doktorlari 50 dan ko’proq fan nomzodalri tayyorlanib, ular tomonidan qadimiy tariximizni barcha jabxalarini o’z ichiga oluvchi o’nlab yirik monografiyalar va yuzlab muxim muammolar echimiga oid ilmiy maqolalar yuzaga keldi.
Yuqorida nomi zikr etilgai akademiya barcha arxeologik ishlarni tashkil etish va rahbarlik qilish vazifasini bajarishi lozim edi. Barcha arxeologik, san’at, madaniyat va me’morchilik qurilish yodgordiklarini hisobga olish, ularni himoyalash borasida ma’lum ishlar bajarildi. Sobiq jo’rolar hokimiyati yillarida arxeologik yodgorliklarni o’rganish va muhofaza qilish sohalarda ham aytarli ishlar qilindi. Arxeologik ishlarni olib borish uchun olimlarga ma’lum imkoniyatlar yaratildi. Shuningdek, barcha ilmiy muassasalar, tashabbuskor olimlar Akademiya atrofiga jipslashtirildi. O’rta Osiyoda ham arxeologiyaga bo’lgan ishtiyoq tobora kuchaya bordi va uni o’rganishga bir qadar imkoniyatlar vujudga keldi.
O’lkashunoslik harakati O’rta Osiyo arxeologiya fanining tashkil qilinishi va rivojlantirishda o’z vaqtida ma’lum rol o’ynadi. Arxeologik tadqiqot ishlarga, muzeylar, oliy o’quv yurtlari va yangi tashkil etilgan ilmiy jamiyatlar safarbar qilindi. Rossiya Akademiyasi bilan bir vaqtda mahalliy o’lkalarda mustaqil yangi ilmiy muassasalar tashkil qilina boshlandi, ular ham o’z navbatida bir qator tashkiliy va ilmiy ishlarni bajarishga kirishdilar. Jumladan, 1920 yilning 27 noyabrida Toshkentda muzeylar, qadimgi yodgorliklarni asrash, san’at va tabiatni muhofaza qilish Turkiston Komitetining tashkil qilinishi (Turkkomstaris) O’rta Osiyo arxeologiyasining shakllanishi va rivojlanishida muhim omillardan bo’ldi. Bu komitetga yodgordiklarni saqlash, muqofaza qilish va ta’mirlash vazifalari
Asrimizning 30-yillariga kelib, tarixni haqqoniy davrlashtirish masalasi arxeologlar oldidagi muhim vazifalardan biri bo’lib turar edi. Shu maqsadda keng ko’lamda arxeologik tekshiruv ishlarini olib borish taqoza qilinar edi. Bu borada O’rta Osiyo arxeolog olimlari, xususan, A.Yu.Yakubovskiy, G.V.Grigorev, S.P.Tolstov, M.E.Masson, Ya.G’.G’ulomov, V.A.Shishkinlar katta tadqiqot ishlarli amalga oshirdilar. Ular, dastlab O’rta Osiyoning bir necha tumanlarida jiddiy arxeologik qidiruv ishlari olib bordilar. Aytish o’rinliki, o’sha yillari Sankt-Peterburg, Moskva olimlarining maxalliy arxeologlar bilan hamkorlikda bajargan ishlari yaxshi ilmiy samara berdi. Bu ilmiy ishlarning hammasi O’rta Osiyo xalqlarining boshqa xalqlar singari ibtidoiy davrlardan buyon mustaqil tarix yaratib kelayotgan va mustaqil ma’naviy, madaniy an’analarga ega bo’lgan xalqlar ekanini asoslab berishga qaratilgan ishlar edi.
20-30 yillarda O’rta Osiyoning katta xududlarida qator muhim arxeologik tadqiqot ishlari olib borildi. Jumladan, Turkmaniston madaniyat instituti qoshida tashkil qilingan arxeologik sektsiya tomonidan uyushtirilgan ekspeditsiya Janubiy Turkmanistonda, Katta Balxan tumanlarida dastlabki qidiruv ishlarini boshlab yubordi. Xususan, A.A.Marushenko va S.E.Ershovlar Kaspiy bo’ylaridan to Amudaryogacha bo’lgan hududlarda tekshiruv ishlari olib bordilar va ko’ngina ibtidoiy davr yodgorliklarini hisobga oldilar. E.M.Masson raqbarligidagi Termez arxeologiya ekspeditsiyasi Surxondaryo viloyatining bir necha joylaridan turli davrlarga, ayniqsa, tosh asri makonlarini topishga erishdilar. A.N.Bernshtam rahbarligida uyushtirilgan Ettisuv eksneditsiyasi ham ko’pgina arxeologik yangiliklarni qo’lga kiritdi.
O’rta Osiyo qadimgi tarixini, xususan, ibtidoiy davr arxeologiyasini o’rganishda S.P.Tolstov va keyinchalik uning shogirdlari Ya.G’.G’ulomov, A.V.Vinogradov singari olimlarning bajargan tadqiqotlari samarali bo’ldi. Jumladan, Xorazm arxeologik, etnografik kompleks eksleditsiyasi katta kashfiyotlar qilib, O’rta Osiyo xalqlarining jahon tsivilizatsiyasi taraqqiyotidagi munosib o’rnini oydinlashtirib berdi.
Katta Farg’ona kanali qurilishi munosabati bilan tashkil qilingan E.M.Masson rahbarligidagi ekspeditsiya, hamda V.A.Shishkin rahbariligidagi Quyi Zarafshon ekspeditsiyalarining ish samaralari aytarli edi. Bu ekspeditsiyalar ibtidoiy, qadimgi va O’rta asrlar tarixini ifodalab beruvchi boy manbalarni qo’lga kiritishga erishildi.
1939 yildan boshlab arxeolog ilmiy kadrlarni aspirantura orqali tayyorlash boshlandi. Shu yilning o’zida 26 ta ilmiy tadqiqot institutlari tashkil qilingan edi. 1940 yilda O’zbekistonda Fanlar Akademiyasining bo’limi ochildi. Bunday bo’limlar boshqa qardosh respublikalarida ham tashkil qilingan edi. Keyinchalik, shu asosda O’rta Osiyo respublikalari fanlar akademiyalari vujudga keldi. Fanlar akademiyalari qoshida ochilgan tarix institutlari tarkibida arxeologiya bo’limlari tashkil topdilar. 1940 yilda O’zbekiston Milliy Universiteti tarix fakulteti qoshida arxeologiya kafedrasi tashkil qilinib, kadrlar tayyorlash borasida bu markaz muhim rol o’ynadi. Ko’pgina muzeylar arxeologiya ishlariga jalb qilindi. Turli ilmiy markazlarda ishlovchi olimlarning hamkorlik ishlari yo’lga qo’yildi. Jumladan, Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Kiev singari ilmiy markazlardan olimlar O’rta Osiyoga kelib ishlab ketadigan bo’ldilar. Arxeolog olimlarning o’zaro hamkorligi yaxshi samara beraboshladi. Taklif qilingan olimlar yirik ekspeditsiyalar tarkiblarida ishtirok qilishib, fan yutuqlaridan bahramand bo’lish ishlari yo’lga qo’yildi. Bu kabi tadbirlar arxeologik dala qidiruv ishlarini ancha jonlantirdi, ilmiy, uslubiy tajribalar orta bordi. Masalan, 40-yillarning boshlariga kelib, yangi qurilish joylarda 8 ta arxeologik kuzatuv eksneditsiyalari faoliyat ko’rsatdi. Xullas, bu eksneditsiyalar ishlari yaxshi natijalar berdi. Xususan, O’rta Osiyo xalqlarining ilk davr tarixidan O’rta asrlargacha bo’lgan tarixiy jarayonni ifodalab beruvchi boy manbalar qo’lga kiritilindi. Bu vaqtga kelib, ilmiy ekspeditsiyalarning diqqat e’tibori ibtidoiy tarixni o’rganish, O’rta Osiyo xalqlarining madaniyat tarixini davrlashtirish, xronologiyasini belgilash va etnogenez kabi muammolarga qaratildi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida garchi yirik arxeologik ekspeditsiyalar deyarli to’xtab qolgan bo’lsada, ammo, Urush ortida faoliyat ko’rsattan olimlar ma’lum tadqiqot ishlarini bajardilar. Aslida, Urushdan keyingi davrda o’z dala tadqiqot ishlari bilan O’rta Osiyoning deyarli barcha vohalarini qamrab olgan bir necha yirik ekspeditsiyalar tashkil qilindi. Masalan, 1945 yildan boshlab Xorazm arxeologik - etnotrafik kompleks eksneditsiyasi yana qayta ishga tushdi. Shu yildan e’tiboran Janubiy Turkmaniston arxeologik ekspeditsiyasi va uning A.P.Okladnikov rahbarligidagi IX-otryadi muhim tadqiqot ishlarni bajardi, qidiruv ishlarining ko’lami bir muncha kengaytirildi.
1946 yilda so’g’d-tojik ekspeditsiyasi keng ko’lamda ish boshladi. 1946-1949 va 1950-1952 yillarda A.N.Bernshtam rahbarligida Pomir-Oloy va Pomir-Farg’ona ekspeditsiyalari Farg’ona vohasi arxeologiyasini o’rgandi. Bu ekspeditsiya ishlarida O’zbekiston va Qirg’iziston olimlari faol ishtirok etishdilar va xalqlar tarixiga doir serob yangi manbalarni qo’lga kiritishga erishildi.
1947 yildan boshlab Samarqand Davlat Universiteti arxeologiya otryadi ish boshladi va Omonquton, Takalisoy, kabi Paleolit makonlarini o’rgandi.
Ya.G’.G’ulomov va V.A.Shishkinlar rahbarligida O’zbekiston Fanlar Akademiyasining eksneditsiyasi faol ish olib bordi. Bu eksneditsiyaning ko’p sonli otryadlari Surxondaryo, Samarqand, Buxoro va Toshkent vohalarida hamda Farg’ona vodiysida katta arxeologik tadqiqotlazr o’tkazdi.
Xullas, keng ko’lamda bajarilgan arxeologik tekshirishlar tufayli O’rta Osiyoning qadimgi madaniyat markazlaridan biri ekanligi isbotlandi. O’rta Osiyo xalqlari tarixining turli bosqichlariga, jumladan, ibtidoiy davrga oid juda nodir moddiy madaniyat yodgorliklari topilib, tekshirildi. Arxeologik yodgorliklarni muntazam ravishda o’rganish, ularning davrini aniqlab olish imkonini beribgina qolmay, balki O’rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy tarixi bilan bog’liq bo’lgan juda ko’p masalalarni echib berdi. Bu fakt va ma’lumotlar O’rta Osiyo arxeologiyasining mustaqil fan darajasida shakllanishini ko’rsatuvchi omillar edi.
Takroran bo’lsa ham aytish zarurki, bu borada A.P.Okladnikov, S.P.Tolstov, V.A.Shishkin, Ya.G’.G’ulomov, M.E.Masson, V.M.Masson, D.N.Lev, V.A.Ranov, A.Asqarov, U.N.Islomov, R.X.Sulaymonov, M.Qosimov singari mahalliy arxeolog olimlarning ilmiy va tashkilotchilik ishlari o’z ijobiy samarasini berdi. Jumladan, O’rta Osiyoning ibtidoiy, qadimgi va ilk O’rta asrlar tarixining uzliksiz rivojlanishda bo’lganligini ifodalovchi boy manbalar qo’lga kiritildi. Bu masalalarni biz atroflicha yoritishni O’rta Osiyo arxeologiya fani yutuqlarini zikr qilganda batafsil tuxtalish ko’zda tutilgan.
Arxeologik tadqiqot ishlarining miqyosi birmuncha osha bordi. Ayniqsa, 1970 yilda O’zbekiston Fanlar Akademiyasi qoshida maxsus arxeologiya institutining tashkil qilinishi muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Institut Samarqand shahrida faoliyat ko’satadigan bo’ldi. 1971 yilda esa Samarqand Davlat Universiteti tarix fakulteti qoshida arxeologiya kafedrasi tashkil qilinib, milliy kadrlar tayyorlashga kirishildi. Ayni vaqtda bu kafedra Markaziy Osiyo hududidagi yirik ilmiy markazlardan biriga aylandi. Keng miqyosdagi ilmiy tadqiqot ishlari yo’lga qo’yildi, boy manbalar qo’lga kiritildi. Arxeologiya kafedrasi qoshida tashkil qilingan arxeologiya muzeyi ilmiy ishlarni bajarish, o’quv tarbiyaviy jarayonni rivojlantirish va keng ko’lamda ma’rifat ishlarini amalga oshirishning markazi sifatida faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Arxeologik yodgorliklarni har tomonlama chuqur va muntazam o’rganish sohasida O’rta Osiyo arxeologiyasi ma’lum yutuqlarga erishdi. Jumladan, radiokarbon analizi yo’li bilan yodgorliklar ma’dan qatlamlaridan topilgan buyumlarning yoshini va tarkibini aniqlash, kuchaytirilgan mikroskoplar yordamida ibtidoiy qurol-aslohalarning turmushda qo’llanish funktsiyalarini aniqlash kabi ilmiy usdublar ishlab chiqildi va bu sohada Markaziy Osiyo arxeologlari ma’lum yutuqlarga erishdilar.
Shunday qilib, O’rta Osiyo arxeologiyasi mamlakatimiz taraqqiyoti bilan bir jarayonda pog’onama-pog’ona kamol topib bordi va jahon arxeologiya fanining etakchi sohasiga aylandi. To’g’ri, arxeologik tadqiqotlar borasida, fanning shakllanib borishi jarayonida qator kamchiliklar ham mavjud edi. Bu haqda alohida so’z yuritish lozim deb o’ylayman.
2.2. Surxondaryo arxeologiyasi tarixi
“Oʻzbekiston – buyuk yoʻllar va sivilizatsiyalar chorrahasi: imperiyalar, dinlar, madaniyatlar” mavzusida madaniy meros haftaligi doirasida Termiz shahrida “Oʻzbekiston – sivilizatsiyalar chorrahasi“ xalqaro arxeologiya sayyohlik forumi boʻlib oʻtdi. Forumda qatnashish uchun mamlakatimiz hududlari va 80 dan ortiq xoriji davlatlardan kelgan dunyo ilm-fani vakillari – taniqli arxeolog olimlar, muzeylar va ilmiy institutlar rahbarlari Termiz Xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi. Muhtasham Sanʼat saroyida oʻtkazilayotgan forumning tantanali ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Aziz Abduhakimov, Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish Butunjahon jamiyati raisi F. Abduholiqov, Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov, Fransuz milliy ilmiy tadqiqotlar markazining tadqiqotlar boʻyicha faxriy direktori, professor P. Lerish, AQSHning Xofstra universiteti Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo boʻyicha dasturi direktori, professor A. Naymark va boshqalar Surxon vohasining milliy va dunyo davlatchiligi tarixida tutgan oʻrni, ilm-fan, sanʼat va madaniyat rivojiga qoʻshgan hissasi, shuningdek,bu yerda ilk bor oʻtkazilayotgan arxeologik konferensiyaning ahamiyati haqida soʻz yuritishdi. Tadbir davomida Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish Butunjahon jamiyati ilmiy kengashi raisi, akademik E.Rtveladzening video tabrigi, shuningdek, “Oks Iskandariyasi – Kampirtepa: Oks boʻyidagi shahar-qalʼa” hamda “Kushon merosi” nomli videoroliklar namoyish etildi. Shoʻbalarga boʻlingan holda davom etgan konferensiya ishida taniqli sharqshunos olimlarning Oʻzbekiston, Markaziy Osiyo va dunyo tarixining soʻnggi olamshumul kashfiyotlari haqidagi shov-shuvli maʼruzalari tinglandi.1
Oʻzbek-Fransuz ekspeditsiyasi 1993-yildan buyon Surxondaryodagi bir necha tarixiy yodgorliklar ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda, -deydi Fransiya milliy ilmiy tadqiqotlar markazi professori P. Lerish. – Manimcha, jahon sivilizatsiyasi tarixini oʻrganishda Surxondaryodagi tarixiy yodgorliklar muhim oʻringa ega. Jumladan,
____________
*Ilhom Rahmatov, “Xalq soʻzi” muxbiri.
Boysundagi Teshiktosh gʻori, Sheroboddagi Zarautsoy yodgorligi, bundan tashqari, Dalvarzintepa, Kampirtepa, Jarqoʻton, Xolchayon, Qoratepa hamda Fayoztepa singari obidalar oʻz bagʻrida ne-ne sir-sinoatlarni saqlab kelmoqda. Turli madaniyat va dinlar hamda buyuk imperiyalar tarixi bu zamin oʻtmishi bilan chambarchas bogʻliq ekan, uni qiyosi oʻrganish hayotiy zaruriyat, deb bilan. Shu maʼnoda oʻtkazilayotgan xalqaro forum ahamiyati nihoyat muhimdir.
Oks Iskandariyasi bilan tanishuv
Xalqaro forum doirasida xalq orasida Kampirtepa deb nom olgan Oʻzbekiston hududidagi eng qadimgi arxeologik yodgorlikda akademik E. Rtveladze boshligida amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalari eʼlon qilindi. Bu yodgorlik Amudaryo (qadimgi Oks) oʻzanida miloddan avvalgiIV asr oxirida qurilgan va milodiy I asr boshlarigacha faoliyat koʻrsatgan port shahar – Oksiana Iskandariyasi (Aleksandriya)xarobalaridir. Mazkur qadimiy shaharcha yunon tarixchisi va geografi Ptolomey asarlarida tilga olingan Markaziy Osiyodagi ellinistik madaniyatning noyob yodgorligi, Aleksandr Makedonskiy tomonidan bunyod etilgan Oksiana Iskandariyasining oʻzi ekanligi ilmiy asoslanmoqda.
Tasdiqlangan arxeologik maʼlumotlarga koʻra, bu yerda gʻarbdan sharqqa tomon Oks boʻylab 400 metrdan ortiq masofaga choʻzilgan port-shaharning oʻlchamlari, yaxshi rivojlangan shaharsozlik tuzilmasi mavjud. Qalʼa darvozalari, muqaddas ibodatxona, xazina saqlash joyi, qabriston, shuningdek, bandargohlar, savdo nuqtalari va hunarmandchilik ustaxonalari, kemalar toʻxtaydigan koʻrfazlar borligi bu afsonaviy Oksiana Iskandariyasining xuddi oʻzi ekanidan dalolatdir. Qalʼa zovur bilan oʻralgan, asosiy qoʻrgʻondan, minorali devorlar bilan aylantirib oʻralgan “quyi shahar” va mustahkamlanmagan shahar atrofidan iborat. Arxeologlar bu yerda erta ellinistik, yunon-baqtriya vakushon-yuech davrlariga mansub yaxshi saqlanib qolingan madaniy qatlamlarni topganlar. Koʻplab topilmalar, shuningdek, shaharcha meʼmorchiligining oʻziga xos xususiyatlari Kampirtepada asrlar davomida turli xil dinlar - zardushtiylar, buddaviylar va qadimiy yunon xudolarini hurmatlovchilar birgalikda tinch-osoyishta yashaganini koʻrsatadi.
Forum qatnashchilariga ilk bora Oksiana Iskandariyasi (Aleksandriya0)ning instalyatsiyasi 3D formatida taqdim qilindi. Unda qadimiy shaharcha asl qiyofada tiklandi. Bu esa buyuk arxeologik yodgorlikning dastlabki koʻrinishda toʻla-toʻkis tanishish imkoniyatini beradi. Muzrabot tumani hududida joylashgan Kampirtepa yodgorligida 1972-yildan buyon bir guruh arxeologlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijada koʻplab noyob topilma va maʼlumotlar qoʻlga kiritilgan, - deydi afgʻonistonlik olim Sharʼiy Juzjoniy. - Bu izlanishlar tufayli Oks (Amudaryo)ning oʻng qirgʻogʻida Iskandar Maqduniyning 329-327-yillardagi yurishlari vaqtida barpo etilgan eng qadimgi yunun-makedon frurioni haqidagi ilmiy asoslar qoʻlga kiritildi. Hozirga qadar bir guruh olimlar Osiana Iskandariyasini Afgʻonistondagi Oyxonim xarobalari bilan bogʻlagan boʻlsa, yana bir guruh olimlar uniEski Termiz shahri oʻrnidan izladi. Va nihoyat Ptolemey xaritalarida koʻrsatilgan muhim jihatlar Kampirtepada yuz koʻrsatdi. “Oʻzbekiston – buyuk yoʻllar va sivilizatsiyalar chorrahasi: imperiyalar, dinlar, madaniyatlar” mavzusida madaniy meros haftaligi doirasida Termiz shahrida “Oʻzbekiston – sivilizatsiyalar chorrahasi“ xalqaro arxeologiya sayyohlik forumida qatnashib bir olam taassurotlarga ega boʻldim. Tamaddun beshigi boʻlgan Surxon zamini, uning boy oʻtmishi haqida bir-biridan qimmatli maʼlumotlar bilan tanishdim. Ayniqsa, Termiz arxeologiya muzeyidan joy olgan eksponatlar men hayratlantirdi. Xuddiki qadim tarix koʻz oʻngimda gavdalangandek boʻldi.*
Fayoztepa – buddizm ibodatxonasi
Buddizm dini rivojida Surxon zamini alohida oʻringa ega. Vohadagi koʻplab yodgorlikda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida bu borada aniq dalillar qoʻlga kiritilgan. Ulardan biri bu Fayoztepa majmuasidir.
U toshkentlik arxeolog L. I. Albaum tomonidan 1963-yilda ochilgan. Eski Termiz shaharchasining shimoli-gʻarbidan bir kilometrlik masofada joylashgan. Ushbu tarixiy yodgorlik Surxondaryo viloyati Oʻlkashunoslik muzeyi direktori R. F.
______________
*Ilhom Rahmatov, “Xalq soʻzi” muxbiri.
Fayozov sharafiga atalgan. “Oʻzbekiston – sivilizatsiyalar chorrahasi“ xalqaro arxeologiya sayyohlik forumi qatnashchilari ushbu obida bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʻlishdi.
Ibodatxona oʻn toʻqqizta alohida joylashgan, devorlaridagi chuqur tokchalari toʻsiqlar bilan birlashtirilgan xonalardan iborat. Fayoztepada olib borilgan qazish ishlarida koʻplab qiziqarli topilmalar kuzatilgan. Bu yerda olimlar gʻaroyib goʻzallikka ega monaxlar bilan birga tasvirlangan Budda haykalini topishga muyassar boʻlishdi. Endilikda u Oʻzbekiston tarixi muzeyi ekspozitsiyasini bezamoqda.
Oʻz davrida bu joy nafaqat ibodatxona, balki, monastir ham boʻlgan. Inshootdagi hujra, ziyoratchilar yashashi uchun joylar, xoʻjalik xonalari ana shu haqida guvohlik beradi.2006-yilda konservatsiya va rekonstruksiya ishlaridan soʻng Fayoztepa Budda ibodatxonasi ochildi va ochiq osmon ostidagi gʻaroyib muzeyga aylandi.
Shuningdek, forum ishtirokchilari Termiz arxeologiya muzeyiga ham tashrif buyurishdi. Bu yerdagi tosh asrdan to xonliklar davriga qadar boʻlgan vaqtlarga mansub boʻlgan nodir yodgorliklar, qadimiy ashyolar ularda boy taassurot qoldirdi.
Hozirda muzeyning kolleksiyasida 27 mindan ziyod eksponatlar mavjud. Ular orasida uy-roʻzgʻor buyumlari, qadimgi va oʻrta asrlardagi qurol aslahalar, hukmdorlar tangalari va muhrlari,shuningdek, rang-tasvir va antik haykaltaroshlik asarlari ham bor. Muzeyda kutubxonasida 16 mingga yaqin kitoblar, hukmdorlar yozishmalaridan iborat yozma manbalar ham saqlanmoqda.
“Oʻzbekiston – buyuk yoʻllar va sivilizatsiyalar chorrahasi: imperiyalar, dinlar, madaniyatlar” mavzusida madaniy meros haftaligi doirasida Termiz shahrida “Oʻzbekiston – sivilizatsiyalar chorrahasi“ xalqaro arxeologiya sayyohlik forumi koʻhna Surxon vohasi tarixi, bu yerdagi tamaddun bochqichlari, bu koʻhna diyorning turli madaniyat va dinlar rivojida tutgan oʻrni haqida qimmatli maʼlumotlarni olish imkoniyatiga ega boʻlishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |