Фанидан ЎҚув методик мажмуа


-mavzu O’zbekiston psixologlari tadqiqotlarida o’qitish



Download 2,07 Mb.
bet11/40
Sana21.07.2022
Hajmi2,07 Mb.
#832154
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   40
Bog'liq
170725c121daa1d40459040361c2f005 Ёш ва педагогик психология

18-mavzu O’zbekiston psixologlari tadqiqotlarida o’qitish
muammolari (2 soat)
R e j a
1.Ta‘lim tizimini tashkil qilish o’quv faoliyatini takomillashtirish.
2.О’quvchi shaxsini psixologik jihatdan rivojlantirish .
3. O’zbekiston psixologlari tadqiqotlarida o’qitish muammolari.

Ta‘lim tizimini tubdan tashkil qilish o’quv faoliyatini takomillashtirish, o’quvchi shaxsini psixologik jixatdan rivojlantirish xozirgi kunda dolzarb masala xisoblanadi.Bu borada O’zbekiston psixologlaridan M.G.Davletshin , B.R.Qodirov , E.G’oziev, R.I.Sunnatova, S.Jalilova, F.Xaydarov, Z.T.Nishonovalar tomonidan bu borada tadqiqot ishlari olib borilib ta‘lim muassasalarida o’qitish , tarbiya berish masalalari atroflicha yoritilib berilgan.


M.G.Davletshin o’z tadqiqotlarida talabalarning o’qish faoliyatidagi ko’nikma, malakalarni hosil bo’lishi va psixik qobiliyatlarni rivojlantirish masalalarini ilgari surdi. Shuningdek, uning shogirdlari tomonidan tadqiqot muammosini ilmiy dalillar asosida asoslab berganlar.
Jumladan, M.G.Davletshin, S.X.Jalilovlar tomonidan hozirgi zamon ta‘limining asosiy yo’nalishlari sifatida quyidagilar belgilangan:
a) ta‘limning har bir darajasini uzluksiz ta‘lim tizimining tarkibiy qismi sifatida anglash. Bu yo’nalish maktab bilan oliy o’quv yurti o’rtasidagi aloqa muammolarinigina emas, balki talabalarning kasbiy tayyorligini oshirish vazifasini hisobga olgan holda oliy o’quv yurti bilan mutaxassisning ishlab chiqqarish faoliyatini o’rtasidagi aloqani ham ko’zda tutadi;
b) “Ta‘limni industriallashtirish” ya‘ni kompyuterlashtirish va texnologiyalashtirish asosida hozirgi zamon jamiyatining aqliy faoliyatini kuchaytirish;
d) ta‘limning hozirgi vaqgacha ustunlik qilgan axborot beruvchilik shakllaridan faol o’qitish metodlari va shakllariga o’tish. Bu yo’nalish “Xotira maktabi”dan “tushunish maktabi”, “tafakkur maktabi”ga o’tishdan iborat;
e) o’quv tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish va boshqarishning qat‘iy belgilangan nazorat usullaridan rivojlantiruvchi, faollashtiruvchi, takomillashtiruvchi usullar va o’yin usullariga o’tish. Bu esa ta‘lim oluvchilarning tashkiliy-ijodiy, mustaqil faoliyatini qo’llab-quvvatlash va uni rivojoantirishni taqozo etadi.
f) ta‘lim oluvchi va muallif o’rtasidagi o’zaro ta‘sirini tashkil etish, ta‘lim oluvchilarning birgalikdagi jamoa faolligi sifatida tashkil qilish zaruriyati qayd qilinadi. Bunda asosiy urug’, o’qituvchining bilim berish faoliyatidan talabaning bilim olish faoliyatiga o’tkaziladi.
Psixolog E.G’oziev tomonidan ham o’quvchilar o’quv faoliyatlari xususiyatlari talabalar o’qish jarayonlari va undagi qiyinchiliklar masalalari tadqiq qilingan. Uning “O’quv faoliyatini boshqarish” nomli o’quv qo’llanmasida o’quv jarayonni boshqarish, bu borada xorij tadqiqotlari o’quvchi shaxsi va aqliy taraqqiyot, intellekt muammolari tahlil qilingan. Shuningdek, olim tomonidan tafakkur muammosi keng doirada talqin qilinib, yoshga xos tafakkur jarayonlarini rivojlanish ko’rsatkichlari tadqiqot natijalari asosida yoritib berilgan.
Ma‘lumki talabalarning yetakchi faoliyatini o’qish hisoblanadi. O’quv faoliyati jarayonida mutaxassislarni tayyorlash asosiy maqsadlariga erishiladi. O’qish faoliyati talabaning psixik jarayonlarini xususiyatlarini rivojlanishiga kasbiy muhim bilimlar, ko’nikmalar va malakalarni egallashga ta‘sir ko’rsatadi. Agar o’qish ijodga aylansa, talabalarning hissiy sohasiga ijobiy ta‘sir qiladi., diqqat va xotirasini rivojlantiradi, qoniqish hissini yuzaga keltirdi, faoliyatga nisbatan qiziqishi ortadi.
A.A.Abdurazzoqov va E.P.Nazirovlarning o’tkazgan tadqiqotlaridan ma‘lum bo’lishicha birinchi va ikkinchi kurslarda auditoriyada beriladigan vazifalarga qiziqish kuchli bo’ladi. Yuqori kurslarda esa auditoriyadan tashqari vazifalarga va mutaxassislikka bog’liq fanlarni chuqur o’rganishga qiziqish kuchayadi. Shuning uchun talabalarning o’quv faoliyatini rivojlantirishda ularning bu hususiyatlarini e‘tiborga olish maqsadga muvofiq.
Talabalarning o’quv faoliyatini o’rgangan E.G’oziev rahbarligida uning shogirdlari tomonidan zo’r qiziqish bilan o’rganildi. Jumladan, A.X.Ruhieva “Talabalar o’quv faoliyatida o’z-o’zini boshqarishning psixologik xususiyatlari” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasida umumlashgan o’quv faoliyatining usullari sistemasi orqali o’quv faoliyatini boshqarish deganda maqsadga yo’naltirilgan, rejalashtirilgan, nazorat qilinadigan sistemalashtiriladigan, tashkil qilinadigan mustaqil bilim olishga qodir bo’lgan faoliyatini tushuniladi. Tadqiqotda o’z-o’zini boshqarishning barcha komponentlarining tarkibiy qismlari xususiyatlarga egaligi professional qiziqishini takomillashtirish va faoliyatni amalga oshirishda uchraydigan to’siqlarni yengish orqali talaba o’quv faoliyati sub‘ektiga aylanishi isbotlangan.
R.I.Sunnatova ilmiy izlanishlarida shaxsda o’z-o’zini boshqarish va tafakkur operatsiyalari tadqiq qilinib, bu borada tadqiqot ishlari olib boriladi. Olim tomonidan ta‘lim muassasalarida o’qitish ishlarini tashkil qilish va uni shaxs rivojlanishiga ta‘sir masalalari yetarlicha yoritib berildi. Shuningdek, olti yoshli bolalarni maktab ta‘limiga tayyorligi, moslashish xususiyatlari, psixik rivojlanish masalalari atroflicha tahlil qilingan.
Z.T.Nishonova tadqiqotlarida aynan o’smirlik davri o’quv faoliyatlarini egallash masalalari yoritilib, muallif bu borada tafakkur sifatlarini rivojlanishi, bilimlar egallashning asosi ekanligini tadqiqot natijalari asosida ko’rsatib o’tadi.
F.I.Haydarov tomonidan o’rganilgan muammo o’quv faoliyati motivlari masalasiga bag’ishlangan bo’lib bu borada qishloq va shahar maktablari o’quvchilarining o’qish motivlarini rivojlanishi bo’yicha tadqiqot ishini olib bordi. Tadqiqot natijalaridan shuni ko’rish mumkin-ki,o’smirlik davrida o’qish motivlarini namoyon bo’lish xususiyatlari ya‘ni bilish , ijtimoiy , tashqi , ichki motivlari yoritiladi.
SHuningdek, ularning o’zaro farqlar bo’yicha dinamikasi ko’rsatiladi . Ma‘lumki , shaxsda o’qishga nisbatan ijobiy xususiyat bilimga qiziqish, intiluvchanlikni yuzaga chiqishi ichki turtki sabablar ya‘ni motivlarga bog’liqligi asoslab berilgan.
S.X.Jalilovaning “Pedagogika instituti talabalarida shaxsiy sifatlar shakllanishining psixologik xususiyatlari” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasida talabalarda shaxsiy sifatlar dinamikasini aniqlashga uringan. Pedagogika institutilaridagi ta‘lim jarayonida talabalarni sistemali o’rganish shuni ko’rsatadiki, “retrospektiv”, “real”, “ideal”, va“refleksiv”- “men”ni bir-biri bilan taqqoslash talabalarning shaxsiy-extiyoj sohasida hamda ularning shaxsiy professionallashuv jarayoniga ta‘sir qiladi. Tadqiqotlardan olingan ma‘lumotlar asosida pedagogika institutilarining talabalarini pedagogik – psixologik tayyorlashni takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan bo’lib, bu tavsiyalar milliy psixologiya va pedagogikaning eng yaxshi an‘analarini hisobga olgan holda tuzilgan.
Yuqoridagi fikrlardan ko’rinib turibdiki,o’qish, o’qitish masalasiga e‘tiborining ortishi bu boradagi tadqiqot ishlari olib borilishiga turtki bo’ladi. O’quv faoliyati masalasining mohiyati mazmuni o’rganilgan bo’lsada , yosh olimlarimiz tomonidan uning o’rganilmagan jabhalari bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

Download 2,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish