Fanidan topshiriqlar



Download 16,34 Kb.
bet1/2
Sana12.04.2022
Hajmi16,34 Kb.
#547157
  1   2
Bog'liq
116112 10 вариант (1)


PЕDАGОGIK MАHОRАT” FANIDAN TOPSHIRIQLAR
10 - Variant

  1. Topshiriq.


Quyidagi savollarga yozma javob yozing
1. O`zbekistonda ta’lim va pedagogik fikr taraqqiyoti.


1-savolga yozma javobi.


Mustaqillik e’lon qilingan (1991 yil 1 sentyabr) dastlabki yillardanoq
O’zbekiston hukumati ta’limga ustuvor soha sifatida e’tibor berib kelmoqda.
O’zbekiston Respublikasining ta’lim sohasida aniq va ravshan hamda ilmiy
asoslangan davlat siyosati mavjud bo’lib, u insonparvarlik va demokratik
tamoyillarga asoslanadi hamda har bir fuqaroning bilim olishi O’zbekiston
Respublikasi Konstitusiyasida qonuniylashtirilgan.
Mustaqil Respublikamizda xalq ta’limi tizimi mazmunini yangilash va yangi
ijtimoiy muhit sharoitida uni yanada rivojlantirish zarur edi. Chunki huquqiy,
iqtisodiy, ma’naviy sohalarda olib borilayotgan islohotlarda asosiy maqsad ham
barcha fuqarolarning hayotini ijtimoiy himoyalash, ularning turmush sharoitini
yaxshilash, ma’naviy jihatdan yuksaltirish, eng muhimi, ozod va obod Vatan, erkin
va farovon hayot barpo etishdan iboratdir. «Barcha ezgu niyatlarimizning
markazida farzandlarimizni ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan sog’lom qilib
o’stirish, ularning baxtu saodati, farovon kelajagini ko’rish, dunyoda hyech kimdan
kam bo’lmaydigan avlodni tarbiyalash orzusi turadi», deb ta’kidlagan edilar
Prezidentimiz I.A.Karimov «Barkamol avlod yili» Davlat dasturini qabul qilingan
kundagi o’z nutqlarida.
Ana shu maqsadni amalga oshirish borasida Respublikamiz hukumati xalq
ta’limi tizimini tubdan isloh qilish vazifasini qo’ydi. Jamiyatni ma’naviy
yangilashda avvalo ta’lim tizimini isloh qilishni va milliy kadrlarga bo’lgan
ehtiyojni tobora ortib borayotganligini hisobga olib ta’lim tizimini ham yangilashni
taqozo etar edi. Shu maqsadda 1997 yil 29-avgustda O’zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisning IX sessiyasida «Ta’lim to’g’risida» Qonuni hamda «Kadrlar
tayyorlash Milliy dasturi» keng muhokama qilindi va tasdiqlandi.
«Ta’lim to’g’risida»gi Qonun va tarbiya fuqarolar kasbiy tayyorgarligi va har
bir fuqaroning ilm olish konstitusion huquqini ta’minlash kabi qator dolzarb
vazifalarni belgilab berdi.
Respublikamiz bugungi kunda tubdan yangi davlat bo’lib, unda har bir
siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy sohadagi islohotlar ham yangi ta’lim tizimida
bosqichma- bosqich olib borishni nazarda tutadi. Zero, ta’lim sohasidagi islohotlar
ham yangi bosqichma-bosqich o’tish tamoyiliga asoslangandir. «Kadrlar
tayyorlash Milliy dastur» ham uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilishning tashkiliy,
ilmiy va metodik asosi bo’lib hisoblanadi. Milliy dasturning asosiy maksadi
uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish bo’lib, u ijodiy va mustaqil fikrlovchi,
tafakkuri rivojlangan, erkin shaxsni shakllantirish bilan barcha sohalarda
rakobatbardosh kadrlar tayyorlashni kafolatlash bilan ahamiyatlidir.
Shunga ko’ra, mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq boy
madaniyatimizni tiklash va uni rivojlantirish, ta’lim tizimini takomillashtirish, uni
zamon talablariga jabob bera oladigan jahon andozalari darajasiga ko’tarish
maqsadiga e’tibor berib borilmokda.
Ta’lim sohasida «Ta’lim to’g’risida» Qonun qabul qilinganligi, 1996-1997
yildan boshlab birinchi sinflarda o’qishning lotin yozuviga asoslangan yangi
alifboda olib borilgani, ular uchun yangi alifboda dastur, qo’llanma, darsliklarning
yaratilganligi - bu ta’lim sohasida ko’yilgan dastlabki odimlar edi.
O’tgan davrda yangi turdagi ta’lim muassasalari tashkil etildi. Oliy o’quv
yurtlari qoshida liseylar ochildi. Qobiliyatli o’quvchilar chet ellarda ta’lim ola
boshladi. O’qituvchilar xorijiy davlatlarda bo’lib, ilg’or tajribalarni o’rganib kela
boshladilar.
Viloyatlarda yangidan yangi biznes maktablari, kichik va o’rta kasb-hunar
kurslari ochila boshladi va bozor iqtisodi sharoitida fermer, soliq va bojxona
xodimlari, audit v.b. yangi mutaxassisliklar kiritildi.
Oliy maktab sohasida test usuli joriy etildi. Viloyatlardagi pedagogika
institutlari universitetlarga aylantirildi, chet el mutaxassislari respublikamiz o’quv
muassasalariga jalb etildi.
Respublikamizda Davlat va jamiyat qurilish Akademiyasi, Bank va Moliya
Akademiyasi tashkil etildi.
«Mahalla», «Kamolot», «Sog’lom avlod uchun», «Nuroniy», «Ulug’bek»,
«Umid»
jamg’armalari
ham
ta’lim
sohasini
rivojlantirishga
hissalarini
qo’shmoqdalar.
Lekin hozirgi davrda amalga oshirilgan barcha ishlarga karamay ta’lim tizimi
xali hayot talabi darajasida natijalarga erishmayotgani, eski Sho’ro zamonidan
meros bo’lib qolgan mafkuraviy qarashlardan va sarqitlardan xalos bo’la olmagani,
shuningdek, uzluksiz ta’lim tizimini tashkil etish. Oliy ta’lim. Oliy ta’limda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi.
Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash universitet, akademiyalar, institutlar
va oliy maktabning boshqa ta’lim muassasalarida o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim
asosida amalga oshiriladi.
Oliy ta’lim ikki bosqichda: bakalavriatura va magistraturaga ega.
Bakalavriatura - oliy ta’lim yo’nalishlaridan biri bo’yicha puxta bilim
beriladigan, o’qish muddati kamida to’rt yil bo’lgan tayanch oliy ta’limdir.
Magistratura - aniq mutaxassislik bo’yicha bakalavriat negizida kamida ikki
yil davom etadigan oliy ta’limdir.
Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim shartnoma asosida olinadi.
Oliy o’quv yurtidan keyin malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarga
bo’lgan ehtiyojga karab oliy o’quv yurti va ilmiy tadqiqot muassasalarida,
ad’yunktura, doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik tarzida davom ettiriladi.
Oliy ta’limdan so’ng kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash
kasb bilimini va ko’nikmalarini chuqurlashtirish va yangilashga qaratiladi.
Bolalar va o’smirlarning bo’sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun
madaniy-estetik, ilmiy-texnikaviy, sport va boshqa yo’nalishlarda maktabdan
tashqari ta’lim muassasalari mavjud. Bunday maskanlarga bolalar, o’smirlar
ijodiyoti saroylari, uylar, klublar va markazlar, sport maktablari, san’at maktablari,
musiqa maktablari, studiyalar, kutubxonalar, sog’lomlashtirish muassasalari kiradi
va bu joylarda bolalar o’z ehtiyojlari va qiziqishlariga ko’ra shug’ullanadilar.
Ta’lim islohotlarida kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy
qismlarini asosan quyidagilar tashkil qiladi:
-shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta’lim
sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi;
-davlat va jamiyat - ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga
solish va nazorat qilishning amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul
qilib olishning kafillari;
-uzluksiz ta’lim - malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashning asosi
bo’lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash
tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko’rsatish muhiti o’z ichiga oladi;
-fan - yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi,
ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi;
-ishlab chiqarish - kadrlarga bo’lgan ehtiyojni, ularning tayyorgarlik sifati va
saviyasiga nisbatan qo’yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar
tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnik jihatidan ta’minlash jarayonining
qatnashchisi.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida intelektual, ma’naviy-axloqiy jihatdan
tarbiyalash bilan bog’liq bo’lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama
barkamol shaxsni shakllantirish nazarda tutiladi.
Kadrlar tayyorlash milliy modelida fan, jumladan, pedagogika fani, ham
yangi fundamental va bilimlarni shakllantirish orqali muhim ilmiy natijalarni
jamlaydi. Oliy malakali va ilmiy va pedagogik kadrlar tayyorlashning amalga
oshirilishi, ilg’or pedagogik texnologiyalarni yaratish va o’zlashtirish orqali ilm-
fanning ta’lim amaliyoti bilan aloqasini ta’minlashni amalga oshirish ko’zda
tutiladi, ilg’or axborot va tendensiya texnologiyalarini joriy etish mexanizmlarini
ishlab chiqishga e’tibor qaratildi.
Mustaqillik yillarida pedagogika sohasida ham yirik tadqiqotlar olib
borilmoqda. Pedagogika va psixologiya fanlari bo’yicha doktorlik dissertasiyasini
himoya qilish uchun Ixtisoslashgan Kengashlar faoliyat ko’rsatmoqda.
Mustaqillik yillarida pedagogik fikr taraqqiyoti.
Mustaqillik yillarida pedagogika fanining eng dolzarb muammolari ustida
doktorlik dissertasiyalari himoya qilindi. Chunonchi, O.Musurmonova «Yuqori
sinf o’quvchilarida ma’naviy madaniyatni shakllantirishning pedagogik asoslari»,
S.Nishonova «Sharq Uyg’onish davri pedagogik fikr taraqqiyotida barkamol inson
tarbiyasi», U.Mahkamov «Yuqori sinf o’quvchilarining axloqiy madaniyatini
shakllantirish», M.Inomova "Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning
pedagogik asoslari" kabi doktorlik dissertasiyalari shular jumlasidandir.
Hozirgi paytda Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston Pedagogika fanlar ilmiy
tadqiqot instituti, hunar ta’lim ilmiy tadqiqot instituti, Nizomiy nomli Toshkent
Davlat pedagogika universiteti yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda ta’lim sohasi
bo’yicha Davlat ilmiy-texnikaviy dasturining ijrochilari hisoblanadilar.
Hozirgi davrda, O’zbekistonning mustaqil taraqqiyoti strategiyasi, o’zbek
xalqining buyuk davlat barpo etish yo’lidagi ezgu orzu-umidlarini, milliy istiqlol
mafkurasini asl mohiyatini yoshlar qalbiga va ongiga singdirish jarayoni
kechayotgan bir davrda bu muhim ishni «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»
asosida uzluksiz tarzda olib borishni taqozo etadi.
Prezidentning quyidagi fikrlarini yod oling!
Ma’rifatga intilish xalqimizning azaliy fazilatlaridan biridir.
Kelajakda O’zbekiston yuksak darajada taraqqiy etgan iqtisodi bilangina
emas, balki bilimdon, ma’naviy jihatdan yetuk farzandlari bilan ham jahonni qoyil
qilishi lozim.
Har qanday millatning ravnaqi, umumbashariyat tarixida tutgan o’rni,
mavqyei va shuhrati bevosita o’z farzandlarining aqliy va jismoniy yetukligiga
bog’liqdir.
Aqliy zakovat va ruhiy-ma’naviy salohiyat ma’rifatli insonning ikki qanotidir.
Zero, istiqlol mafkurasi hur fikrlilik va jur’atsizlikdan xoli bo’lgan, o’z bilimi
va kuchiga ishonib yashaydigan insonni tarbiyalaydi.

Download 16,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish