Uzunchoq miyaning oq moddasi uzun va qisqa tolalardan iborat. Uzun tolalar uzunchoq miyani oldingi qismida pastga tushuvchi, harakatlantiruvchi piramida yo‘lini hosil qiladi. Uning orqa lateral yuzasida yuqoriga ko‘tariluvchi orqa miyani miya yarimsharlari va miyacha bilan bog‘lovchi sezuvchi yo‘llar joylashadi. Orqa miya-po‘stloq yo‘li uzunchoq miya sohasida kesishib qovuzloq kesishmasini (decussatio lemniscorum) hosil qiladi. M-miyacha; K-bosh miya yarim sharining po`stloq qismi; T-talamus; Mo-Miya ko`prigi; P-uzunchoq miya; S-orqa miya. Dorboz qizning tana muvozanatini miyacha tomonidan boshqarilishi tasvirlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |