TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI
TARIX(MAMLAKATLAR VA YO’NALISHLAR BO’YICHA) TA’LIM YO’NALISHI
1-BOSQICH 104-GURUH TALABASI
ABDURAHIMOV JAYXUNNING
ETNOLOGIYA
FANIDAN TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI
Janubi – sharqiy osiyo davlatlari Reja:
2
3
4
Sharqiy Osiyo davlatlari
1
Subregionda o‘rtacha urbanizatsiya
Mintaqa tabiiy resurslari
Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari.
Sharqiy Osiyo davlatlari
Osiyoning sharqiy qismida joylashgan hududlari Sharqiy Osiyo subregioni hisoblanadi.
Uning umumiy maydoni 11,8 mln km2, aholisi soni esa 1,5 mlrd.dan ortiq. Mazkur mintaqa Yer shari quruqlik maydoning deyarli 8% ini egallaydi; dunyo aholisining 22,2% ni o‘z ichiga oladi. Xitoy maydon kattaligiga ko‘ra jahonda uchinchi, aholi soniga ko‘ra esa, birinchi o‘rinni egallaydi. Koreya Respublikasi mintaqaning maydon jihatdan kichik davlati hisoblansa, Mongoliya aholi soniga ko‘ra guruhda so‘nggi o‘rinni egallaydi. Sharqiy Osiyo davlatlari relyef xususiyatlari nisbatan o‘xshash. Barcha davlatlarda tog‘li hududlar katta maydonni tashkil qiladi. Shu bilan bir qatorda, Gobi, Taklamakon kabi cho‘llar ham mavjud.
Taklamakon cho’li
Sharqiy Osiyo davlatlari, asosan, mo‘tadil, subtropik va subekvatorial mintaqalarda joylashgan. Subregionda aholi o‘rtacha zichligi 1 km2ga 136 kishiga teng. Aholi zichlik ko‘rsatkichlari Koreya Respublikasida eng yuqori (1 km2ga 510 kishi), Mongoliyada esa eng past (2 kishi). Subregionda o‘rtacha urbanizatsiya darajasi 58% bo‘lgan holda, uning davlatlari orasida iqtisodiyoti rivojlangan Yaponiya (93%), Koreya Respublikasida (82%) baland, KXDRda esa past (60%) ko‘rsatkichlar kuzatiladi. Sharqiy Osiyo davlatlari iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi katta ahamiyatga ega. Mongoliya va Yaponiya qishloq xo‘jaligida chorvachilikning, qolgan davlatlarda esa dehqonchilikning hissasi yuqori. Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari
Janubi-sharqiy Osiyo subregioni tarkibiga Hindixitoy yarimoroli, Malay arxipelagi orollari, Yangi Gvineyaning g‘arbiy qismi kiradi.
Hindixitoy yarimoroli
Geografik joylashuvi jihatidan Vyetnam, Kambodja, Laos, Myanma, Tailand va Malayziya yarimorol, Bruney, Indoneziya, Singapur, Filippin va Sharqiy Timor esa orol davlatlar hisoblanadi. Indoneziya, Malayziya, Bruneyda islom diniga e’tiqod qiluvchilar oldingi o‘rinda turadi. Tailand, Laos, Kambodja, Myanma hamda Vyetnamda buddizm, Singapurda esa konfusiylik dini keng tarqalgan. Qishloq xo‘jaligida dehqonchilik ustun soha bo‘lib, sholi asosiy ekin turi hisoblanadi. Bundan tashqari, mintaqa davlatlarida turli ziravorlar, choy, kofe, kopra, geveya (tabiiy kauchuk olish uchun) kabilar ham yetishtiriladi.
Sholi dalasi
Choy dalasi
Chorvachilikda baliqchilik rivojlangan. Geografik o‘rin xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari uchun asosiy transport turlari suv va avtomobil transporti hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |