Fanidan tayyorlagan mustaqil ishi



Download 147,5 Kb.
bet6/10
Sana31.12.2021
Hajmi147,5 Kb.
#249558
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Inson huqulari — копия

Inson huquqlari - insonning davlat bilan munosabatidagi huquqiy maqomini, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy sohalardagi imkoni-yatlari hamda daʼvolarini tavsiflovchi tushuncha. Inson huquqlarini erkin va samarali tarzda amalga oshirish fuqarolik ja-miyati va huquqiy davlatning asosiy belgilaridan biridir. Inson huquqlarini mutlaq va nisbiy Inson huquqlariga boʻlish qabul qilingan. Yashash huquqi, qiynoklarga, zoʻravonlikka, inson shaʼnini yerga uradigan boshqa xil muomalaga yoki jazoga duchor etilmaslik huquqi, shaxsiy hayotning daxlsizligi huquqi, shaxsiy va oilaviy sir saklash huquqi, oʻz shaʼni hamda yaxshi nomini himoya etish huquqi, vijdon erkinligi va dinga eʼtiqod qilish huquqi, shuningdek, sud tomonidan himoya qilinish va odil sudlov huquqi hamda shular bilan bogʻliq eng muhim protsessual huquqlar mut-laq Inson huquqlari sirasiga kiradi. Qolgan hamma Inson huquqlari nisbiy boʻlib, favqulodda yoki harbiy holat tartibi joriy qilingan vaziyatda cheklab yoki toʻxtatib qoʻyilishi mumkin. Demokratik davlatda mutlaq Inson huquqlarini har qanday vaziyatda ham cheklashga yoki vaqtincha toʻxtatishga (bekor qilishga) yoʻl qoʻyilmaydi.

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari, jumladan, shaxsiy huquq va erkinliklari, siyosiy huquklari, iq-tisodiy va ijtimoiy huquklari, shuningdek, Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari belgilab berilgan (18— 52-moddalar). Oʻzbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega boʻlib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar, qonun oldida tengdirlar (18-modda). Jumladan, yashash huquqi — har bir insonning uzviy huquqi. Inson hayotiga suiqasd qilish — eng ogʻir jinoyat hisoblanadi (24-modda). Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. Hech kim konunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi; qiynoqqa solinishi, zoʻravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas (25—26-moddalar). Har kim oʻz shaʼni va obroʻsiga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga; fikrlash, soʻz va eʼtiqod erkinligi xuquqiga ega (27—29-moddalar). Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xoh-lagan dinga eʼtiqod qilish yoki hech qaysi dinga eʼtiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yoʻl qoʻyilmaydi (31-modda).

Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda Inson huquqlari va erkinliklarining ustunligidan kelib chiqadigan, xalqaro miq-yosda qabul qilingan yangi yuridik ta-moyil va talablarga asoslangan keng hukuqiy muhit vujudga keltirildi. Totalitar tuzumning tazyiq va zoʻravonligidan huquqiy meʼyorlar sari keskin burilish yasaldi. Respublika qonunlarini Inson huquqlari sohasidagi xalqaro meʼyorlar va andozalarga muvofiklashtirish, mazkur sohada Milliy harakat dasturini ishlab chiqish, Inson huquqlarini himoya qiladigan muassasalarning yaxlit tizimini barpo etish, Inson huquqlariga oid xalqaro shartnomalar va hujjatlarga qoʻshilishda davom etib, bu hujjatlar boʻyicha majburiyatlarni bajarishning , barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolar shu hujjatlar talablariga soʻzsiz rioya qilishining mexanizmi yaratildi.Inson huquqlari va kafolatlari O'z. Res. Konst.ning 7,8,9,10 boblarida berilgan.

 Shaxsiy huquq va erkinliklar tushunchasi va turlari
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ko’ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Inson huquq va erkinliklarini tan olish va himoya qilish davlatning bevosita majburiyatiga kiradi.
Yodda tuting!

Huquq davlat tomonidan ta'minlanadigan, himoya qilinadigan nimadir qilish, amalga oshirish, munosib yashash sharoitiga ega bo‘lish, zo‘rliklardan himoya qilinishning tabiiy imkoniyatidir.





Yodda tuting!

Erkinlik bu, biror-bir narsada (hulq-atvorda, faoliyatda) qonun bilan taqiqlanmagan, biror-bir cheklashni yo’qligidir. Ya'ni huquqda asosiy masala imkoniyatga ega bo‘lish, erkinlikda esa cheklashni yukligidir.



O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklari uch guruhga bo‘lib mustahkamlangan.


O‘zbekiston Konstitutsiyasida eng birinchi o‘rinda inson va fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari keltirilgan. Ular odatda tabiiy huquqlar ham deb aytiladi. Shaxsiy huquq va erkinliklarning boshqa turdagi huquqlardan eng asosiy farqi shundaki, ular inson tug‘ilishi bilan vujudga keladi va ular barcha mamlakatlarda mavjud va davlat tomonidan ta'minlanadi.

Shaxsiy huquq va erkinliklar, boshqa huquqlardan farq qilib, ularni cheklash mumkin emas. Alohida hollarda cheklash zarurati bo‘lsa, bu Konstitutsiya asosida, unda ko‘rsatilgan tartibda amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Konstitutsiyasining VII bobiga asosan, shaxsiy huquq va erkinliklarga quyidagilar kiradi:



HUQUQLAR

ERKINLIKLAR

Yashash huquqi


Fikrlash erkinligi


Shaxsiy daxlsizlik huquqi


So’z erkinligi


Qonun tomonidan teng himoya qilinadi


Vijdon erkinligi


Aybsizlik prezumpsiyasi (Aybsiz hisoblanish huquqi)


Din e’tiqodi erkinligi


Turar joyi daxlsizligi huquqiga




Erkin ko’chib yurish va turar joy daxlsizligi




Axborot olish, izlash va uni tarqatish huquqi





Ushbu huquqlarning kengroq talqini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24 – 31 moddalarida o’z ifodasini topgan. Shaxsiy huquqlardan barcha shaxslar, fuqaroligidan qatiy nazar foydalaniladi va davlat ham barchaga fuqaroligidan qatiy nazar shaxsiy huquq va erkinliklardan foydalanishga imkon yaratadi.


Siyosiy huquqlar tushunchasi va turlari.

Fuqarolarning huquqlari va erkinliklari tizimida siyosiy huquqlar alohida o’rinni egallaydi, chunki bu huquqlar fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishdagi ishtiroki bilan bog’liqdir. Siyosiy huquqlarga faqat davlat fuqarosi ega bo‘lishi mumkin.

Siyosiy huquqlar orqali fuqarolar, tegishli davlat organlarini tuzish, ularni ishida ishtirok etish, davlat organlari va mansabdorlar faoliyatini nazorat qilish, qonunlar yaratilishida ishtirok etish, siyosat va davlat faoliyati haqida o‘z fikrlarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shaxsiy huquqlardan farq qilib, siyosiy huquqlarga asosan ma'lum yoshga yetgan fuqarolar ega bo‘ladi. Shuningdek, siyosiy huquqlardan foydalanishda ayrim hollarda chegaralar o‘rnatilishi mumkin (masalan, saylash huquqi 18 yosh qilib belgilanganligi). Siyosiy huquqlarni amalga oshirishda o‘rnatiladigan ayrim cheklashlar, boshqa xorijiy mamlakatlar qonunchiligida ham mavjud.




O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-moddasiga asosan,

O'zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o'z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o'zini o'zi boshqarish, referendumlar o'tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish, shuningdek davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirish va takomillashtirish yo'li bilan amalga oshiriladi.

Davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish tartibi qonun bilan belgilanadi.

Konstitutsiyaning o‘zida qayd qilinishicha fuqarolar davlatni boshqarishda bevosita hamda vakillari orqali ishtirok etadi. Fuqarolarning davlatni boshqarishda ishtirokini ta'minlovchi huquq eng avvalo saylov huquqidir.



O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33-moddasiga ko’ra, “Fuqarolar o'z ijtimoiy faolliklarini O'zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq mitinglar, yig'ilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqiga egadirlar....”. Shu moddani mazmuniga e'tibor bersak, birinchidan, miting, yig‘ilish, namoyish fuqarolarning ijtimoiy faolligini namoyon qilish usullari hisoblanadi. Ikkinchidan, mitinglar, yig‘ilishlar, namoyishlar faqat qonunga asosan o‘tkaziladi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 34-moddasiga ko’ra,


O'zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar. Siyosiy partiyalarda, jamoat birlashmalarida, ommaviy harakatlarda, shuningdek hokimiyatning vakillik organlarida ozchilikni tashkil etuvchi muxolifatchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini hech kim kamsitishi mumkin emas.

Fuqarolar o‘z siyosiy qarashlari, manfaatlaridagi umumiylik asosida siyosiy partiyalarga birlashadi va ularning faoliyati orqali mamlakat siyosiy hayotida ishtirok etadi.

Fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarida ishtirok etish shakllaridan biri davlat organlariga, muassasalariga, mansabdor shaxslarga, xalq vakillariga murojaat etish huquqidir.




O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 35-moddasida, THar bir shaxs bevosita o'zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga

Arizalar

Takliflar

Shikoyatlar

bilan murojaat qilish huquqiga ega. Arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqiladi” – deb belgilangan.

Fuqarolarning murojaatlari yozma, og‘zaki yoki elektron shaklda bo‘lishi, ular aloqa vositalari orqali, ommaviy axborot vositalari orqali taqdim qilinishi yoki shaxsan topshirilishi mumkin.

Fuqarolarning arizalar, takliflar va shikoyatlari faktlarni yashirishni ko’zlamaganligi hamda yolg’on axborotlardan iborat bo’lmasligi kerak. Bunday harakatlar uchun O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida javobgarlik ko’zda tutilgan.




Download 147,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish