2. O'quvchilar jamoasini shakllantirishga yordam beruvchi shart-sharoitlar.
Maktab jamoasi tarkibida eng barqaror bo'g'in, bu — sinflar jamoalari sanaladi. Sinf jamoasida o'quvchilarning asosiy faoliyati o'qishdir. Aynan sinf jamoasida o'quvchilar o'rtasida mustahkam shaxslararo aloqa va munosabatlar tarkib topadi. Shu bilan birga, sinf jamoasi o'z negizida maktab jamoasining shakllanishi uchun o'ziga xos poydevor vazifasini bajaradi. Maktab jamoasi tarkibida o'quvchilar jamoasi asosiy qismni tashkil etadi. O'quvchilar jamoasi — bu ijtimoiy ahamiyatiii tashkil etish, shuningdek, umumiy saylov organlari va umumiy javobgarlik, barcha a'zolarining huquq va burchlari tengligi asosidagi o'zaro birlikka ega o'quvchilar guruhidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |