6-mavzu. EVROPA MAMLAKATLARI G’AZNACHILIK TIZIMLARI
Reja:
Evropa mamlakatlari g’aznachilik tizimlari tuzilishi va uning modellari.
Evropa mamlakatlari davlat tuzilishi shakllarida g’aznachilik tizimining amal qilishi.
G’aznachilik tizimlari tashkil etilishida evropa mamlakatlari tajribalari.
Evropa mamlakatlari g’aznachilik tizimlari tuzilishi va uning modellari.
Oksford lug’atida keltirilishicha, budjet – ma’lum davr uchun daromad va xarajatni hisoblash degan ma’noni anglatadi: Moliya Vaziri tomonidan yillik daromad va xarajatlarni muntazam baholash ya'ni oldinga qo’yilgan maqsadga muvofiq kerakli pul mablag’ini anglatadi. Merrayam-Vebster lug’atiga ko’ra, Budjet qanday qilib sarflanishi rejalashtirilganligiga bog’liq holda sarflanishga qodir bo’lgan pul mablag’i miqdoridir ya'ni, pul miqdorini qancha sarflanishi mumkinligini va kelajakda qancha sarflanishidir. Bu hukumat tomonidan belgilangan davr ichida qancha sarflanishi rejalashtirilganligi va xarajatlar uchun qancha to’lanishi haqidagi rasmiy ma’lumot. Rene Stourmning fikriga ko’ra: “budjet – davlatning yillik tushumi va xarajatlarini prognoz qiladi va tasdiqlaydi”23.
Davlatning budjet tuzilishi turli darajadagi Budjetlarning turlarini, har bir Budjet bo‘g‘inining tayinlanishini, turli pog‘onadagi Budjetlar o‘rtasida daromad va xarajatlarning taqsimlanishini, ularning amal qilish tamoyillarini, markaziy hukumat va mahalliy hokimiyat organlarining Budjet tizimini boshqarishdagi vakolatlarini belgilab beruvchi yuridik me’yorlarga asoslanadi. Budjet tizimi mamlakatda amal qiluvchi barcha darajadaga Budjetlar yig‘indisini bildiradi.
Budjet tuzilishining qanday tuzilganligi mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishiga va hukumat organlarining vakolatlari taqsimotiga bog‘liq bo‘ladi. Markaziy hukumat bilan mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilmalari (shtatlar, provinsiyalar, oblastlar, o‘lkalar kabi) o‘rtasida hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishiga ko‘ra barcha davlatlar unitar va federativ (federativ davlatlarda
Makarand A.Paithankar. Public Budgeting theory and practice, CreateSpace USA, 2016. p. 15
davlat tuzilishining ikki shakli – federativ va konfederativ davlat tuzilishi mavjud) davlatlarga bo‘linadi. Unitar va federativ (konfederativ) davlat tuzilishining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagi chizmada aks ettirilgan.
Unitar (yagona) davlat – bu tarkibidagi ma’muriy-hududiy birliklar (tuzilmalar) o‘z davlatchiligiga yoki muxtoriyatiga ega bo‘lmaydigan davlat tuzilishidir. Mamlakatda yagona konstitutsiya, hamma uchun umumiy bo‘lgan huquq tizimi va yagona hokimiyat organlari, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jarayonlarni markazlashtirilgan boshqarish tizimi amal qiladi.
Budjet tuzilishining qanday tuzilganligi mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishiga va hukumat organlarining vakolatlari taqsimotiga bog‘liq bo‘ladi. Markaziy hukumat bilan mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilmalari (shtatlar, provinsiyalar, oblastlar, o‘lkalar kabi) o‘rtasida hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishiga ko‘ra barcha davlatlar unitar va federativ (federativ davlatlarda davlat tuzilishining ikki shakli – federativ va konfederativ davlat tuzilishi mavjud) davlatlarga bo‘linadi. Unitar va federativ (konfederativ) davlat tuzilishining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagi chizmada aks ettirilgan.
Unitar (yagona) davlat – bu tarkibidagi ma’muriy-hududiy birliklar (tuzilmalar) o‘z davlatchiligiga yoki muxtoriyatiga ega bo‘lmaydigan davlat tuzilishidir. Mamlakatda yagona konstitutsiya, hamma uchun umumiy bo‘lgan huquq tizimi va yagona hokimiyat organlari, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jarayonlarni markazlashtirilgan boshqarish tizimi amal qiladi.
Unitar davlatlarda ikki pog‘onali budjet tizimi amal qiladi:
Mahalliy budjetlar
Davlat byudjeti (bu bo‘g‘in turli mamlakatlarda turlicha nomlanadi, masalan, markaziy byudjet, respublika byudjeti, hukumat byudjeti kabi)
Do'stlaringiz bilan baham: |