Rivoyat. Rivoyat - arabcha so`zdan olingan bo`lib, birinchi ma’nosi avloddan avlodga o`tib kelayotgan og`zaki hikoya, naql afsona.
Aflotun hakimdan so`radilar:
-Olimu donishmand odam oddiy kishilardan nimasi bilan farq qiladi?
Javob berdilar:
-Olim kishi ochiq yuzli, yumshoq so`zli, tavozeli bo`ladi. Biror odamdan o`zi haqida bo`lmag`ur so`z eshitsa, ranjimaydi. Maqtashlar va olqishlarga uchib, o`zini yuqori tutmaydi, kamtar bo`ladi.
Ha, kamtarlik ulug` fazilatlardan birikim, kim uni mensimaydi, odamlar nazaridan tushibdi, demak.
Buzurgmexrdan so`radilar:
-Inson uchun eng muxum narsa nima?
-Tug`ma zehn, - deb javob berdilar.
-Tug`ma zexn bo`lmasa-chi?
-U holda odob va ilm o`rgansin.
-O`rganolmasa-chi?
-Unda seriltifot va sertavoze bo`lsin. Bu ham odam bolasining ziynati.
-Bu ham qo`lidan kelmasa-chi?
-Unda bunaqa tiriklikdan o`lgani afzalroq ham odamlar undan qutuladi, ham o`zi-o`zidan qutuladi
Notiq rivoyatni chiroyli, obrazga kirib dona-dona qilib tinglovchi qalbiga, yuragiga yetib boradigan darajada ta’sirchan ohangda, ustozga xos, shogirdga mos ovozda, tempda, pauzalarga amal qilgan holda nutqni bezash shakllaridan foydalanib aytsa, ta’sir doirasi kengayadi va tinglovchi esida qoladi.
Hikmat - arabcha so`zdan olingan bo`lib 1) o`ta donolik, donishmandlik, zakovat, akl-idrok; 2) tagini anglash qiyin bo`lgan, yashirin bir ma’no, yashirin bir sabab, sir. Hikmatli - hikmatga asoslangan, hikmati bor; mo`jizali, sirli, donolik bilan aytilgan, chuqur mazmunli, tagdor ma’nolarda qo`llaniladi. Notiqlik san’atida nutqda hikmatlardan foydalanishning ahamiyati katta.
O`zbekistan xalq yozuvchisi Toxir Malik "Aql va oqil” kitobida shunday yozadi: "Insonni barcha hayvonlardan yuqori qo`ygan, uni dunyoning butun sirlaridan voqif etgan to`rt narsa budir: hikmat, aql, qanoat va adolat. Ilm tahsil etmoq, savod chiqarmoq va har narsani atroflicha bilmoq – hikmatga, tadbir, sabr, nazokat, marhamat – aqlga, hayo, olijanoblik, o`zini qo`lga olmoq va o`zining haq- huquqini bilmoq - qanoatga; to`grilik, va’daga vafo, ezgu ishlar qilmoq va yaxshi hosiyatli bo`lmoq - adolatga tegishlidir. Bu sifatlarning barisi bir odamda mujassam bo`lsa dunyodagi eng buyuk mavqe ham uni gangitib qo`ymaydi Eng katta kulfat ham uni sarosimaga solib qo`ymaydi. Bunday odam, atrofida o`zini quvontirmaydigan narsalarning borligidan g`am yemaydi, o`zida mavjud narsalardan mahrum bo`lsa, ranjimaydi. Boshiga falokat kelsa, o`zini yo`qotib qo`ymaydi. Hikmat bitmas-tuganmas xazinadir. Harjlaganing bilan u kamaymaydi. Asraganing bilan unga nuqson yetmaydi. Hikmat shunday liboski, kiyganing bilan eskirmaydi”. Har bir notiq iqtidorli yozuvchi va olim Tohir Malikning bu fikrlariga amal qilishlari lozim.
Ulug’ mutafakkir Abu Mansur Moturidiyning quyidagi hikmatlari har qanday insonni fikrlashga, o’ylashga majbur qiladi.
“Qurolingni ilmdan yasa”. “Martaba-yu izzatni ilmdan izla”. “O’rgan va o’zgalarga o’rgat”. “Kam gapir, oz yeginu kam uxla”.
Notiq, ma’ruzachi talabalarga, yosh o’qituvchilarga ilm-fanning ahamiyati mavzusida ma’ruza o’qiyotganida bu hikmatlardan gaplari o’rtasida foydalansa, nutqning ta’sir kuchi oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |