Fanidan o‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi



Download 0,99 Mb.
bet14/19
Sana09.02.2023
Hajmi0,99 Mb.
#909510
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
NOTIQLIK MAJMUA

MUROJAAT QILISH - Murojaat qilish (obrashenie) - insondan ko‘p narsani
talab qilmaydi. U insonni tarbiya ko‘rganligidan dalolat beruvchi harakatlar majmuasidir. Murojaat qilish har–xil bo‘lib, bu insonni qayerda, kim bilan, qay
paytda, suhbatdosh bilan o‘rtalaridagi munosabatdan kelib chiqqan holda bildiriladi. Murojaat qilib aytilayotgan so‘zlar nafaqat unga bo‘lgan hurmat, balki o‘z maqsadiga erishish uchun ham qo‘llanadi. Insoniy munosabatlar asosida aytilayotgan so‘zlar faqat axloq normalariga bo‘y sunadi, bu esa qarindoshlar o‘rtasidagi, sevishganlar o‘rtasidagi, er–xotin o‘rtasidagi, do‘stlar yoki mansabdor shaxs va qo‘l ostidagi inson bilan bo‘ladigan munosabatlarda qo‘llaniladigan so‘zlardan tubdan farq qiladi. Murojaat qilish ham bir necha turlarga bo‘linadi: ular –rasmiy, ishonchli, intim va nomsiz.
XUSHFE’LLIK. Ushbu axloqiy hatti-harakat me’yoriylik nuqtai-nazaridan g‘oyat muhim. Chunki har bir jamiyat darajasi ma’lum ma’noda undagi fuqarolar muomala madaniyatining Yuksakligi bilan ham belgilanadi. Zero, xushfe’l,
shirinsuxan inson o‘zining har bir muvoffaqiyatsizligiga fojea sifatida qaramaydi,
alam yoki g‘azab bilan yomon kayfiyatini boshqalarga o‘tkazishga intilmaydi.
Atrofdagi axloqiy muhitni buzmaydi. Natijada o‘ziga ham, o‘zgalarga ham
ko‘tarinki kayfiyat, tarli-tuman omadsizliklarning o‘tkinchiligini anglatuvchi
hayotbaxsh bir umid bag‘is hlaydi. Jamiyat doimo o‘shanday odamlarni hurmat qiladi va ulardan o‘rnak olishga intiladi.
XUSHMUOMALALIK. Muomalaning asosiy manbaini so‘z tashkil etishi barchamizga ma’lum. Shuningdek, so‘z insonning botinidan chiqishi, inson
botindan chiqadigan so‘zga egalik qila olishini ham bilaniz. Biroq, tashqariga
chiqqan so‘z insonning o‘zini qulga aylantirib qo‘yishini doim ham bilavermaymiz. Ya’ni, og‘izdan chiqqan yaxshi-yomon so‘z bevosita insonning ruxiyatiga o‘rnashadi: yaxshi so‘z bilan muomala qilinsa – yaxshilik topiladi, yomon so‘z bilan muomala qilinsa – yomonlik.
HAYO-IBOLILIK. Hondamir, Vosifiy va boshqa zamondoshlarning asarlaridan bilanizki, Navoiy g‘oyat tabiati nozik, pok, xushxulq va o‘ta nazokatli
kishilarni yaxshi ko‘rgan, o‘zi ham juda noziktabiat inson sifatida nom qozongan.
Shu sababli u «Mahbubul qulub»dagi «tanbeh»larida hayo, beozorlik sifatlariga alohida urg‘u berib ta’riflaydi. Vafo va xa yoni uyg‘unlikda ko‘rgan shoir «vafosizda hayo yo‘q, hayosizda vafo yo‘q» deb ta’kidlaydi.
MULOYIMLIK. Muloyimlik barcha mutafakkirlar nazarida kishining
maqbul sifatlaridan biri, deb e’tirof etiladi. Muomala madaniyatida muloyimlik «xilmli», «yumshoq tabiatli” degan tushunchalar bilan bir ma’noni anglatadi. Bu tushuncha achchig‘lanmaydigan, ehtiyotkor, so‘zini o‘ylab gapiradigan kishilarga nisbatan ishlatiladi. Biroq, muloyimlikning kamchiligi shuki, bunday sifat sohiblari aksar odamlarga yoqmaydi.
BEOZORLIK. Insonlarning tabiatidagi husumat, adovat, g‘azab kabi illatlar bu kabi odamlardan xoli. Ular barcha mas’uliyatni o‘z zimmalariga olsalar -da
birovga yomonlikni ravo ko‘rmaydilar, og‘irliklarini o‘zgalarning zimmasiga
yuqlamaydilar. Beozor kishilar matonatli bo‘la turib, o‘zidan ojiz kishilarga qahr bilan muomala qilmaydilar. Umuman olganda, axloqiy me’yorlarning muomala madaniyatidagi ko‘rinishlari talaygina. Biz shulardan ayrimlarigagina to‘htalib o‘tdik. Shunday ekan, muomalada pirovard natijada quyidagicha xulosa chiqarish maqsadga muvofiq, deb o‘ylaymiz: agar axloqshunoslikning me’zoniy tushunchalari bir-biriga bog‘liq bo‘lsa, axloqiy tamoyillarning bog‘liqligi yanada mustahkamroq - ular biridan ikkinchisiga o‘tib turish xususiyatiga ega; axloqiy me’ yorlar bir-biri bilan shu darajada chambarchaski, ba’zan birini ikkinchisidan aniq ajratish qiyin, zero ular xulq va odob doirasidagi axloqiy amaliyotlardir.

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish