3. Yakuniy baholash 3.1.Yakuniy baholash yozma tarzda o`tkaziladi, talabalarga berilgan 5 ta savol, har bir 6 ball bilan baholanadi,maksimal 30 ballik tizimda baholanadi.
agar savol mohiyati to`la ochilgan bo`lib, mavzu bo`yicha talabaning tanqidiy nuqtai nazariy bayon qilingan bo`lsa - 5.6-6 ball
savol mohiyati to`la ochilgan, asosiy fikirlar to`g`ri bayon qilingan, lekin ayrim kamchilliklari bor bo`sa bo`lsa 4.1-5.5 ball
berilgan savolda javoblar umumiy va kamchilliklar ko`p bo`lsa 3.5-4 ball
O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010 yil 26 avgustda 1981-1-son bilan ro`yxatga olingan va O`zbekiston Respublikasi Oliy va maxsus ta'lim vazirligining 2010 yil 25 avgustda 333-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan
«Oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to`g`risida» Nizomga asosan:
*Fan bo`yicha joriy va oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy balning 55 foizi saralash ball hisoblanib, ushbu foizdan kam ball to`plagan talabalar yakuniy nazoratga kiritilmaydi.
(Izox: Joriy va oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy ball 70 balni tashkil etadi, ushbu balning 55% 39 balni tashkil etadi.)
Joriy va oraliq nazorat turlari bo`yicha 55 va undan yuqori ballni to`plagan talaba mazkur fanni o`zlashtirgan deb hisoblanadi va ushbu fan bo`yicha yakuniy nazoratga kirish yoki kirmasligi talabaning ixtiyorida qoladi.
* Joriy va oraliq nazoratlarda saralash ballidan kam ball to`plagan va uzrli sabablarga ko`ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun navbatdagi shu nazorat turigacha, so`nggi joriy va oraliq nazoratlar uchun yakuniy nazoratgacha bo`lgan muddat beriladi.
Kasalligi sababli darslarga qatnashmagan hamda belgilangan muddatlarda joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni topshira olmagan talabalarga fakultet dekani farmoyishi asosida, o`qishni boshlaganidan so`ng ikki hafta muddatda topshirishga ruxsat beriladi.
* Talabaning semestrda joriy va oraliq nazorat turlari bo`yicha to`plangan ballari ushbu nazorat turlari umumiy balining 55 foizidan kam bo`lsa yoki semestr yakunida joriy. oraliq va yakuniy nazorat turlari bo`yicha to`plangan ballari yig`indisi 55 balldan kam bo`lsa. u akademik qarzdor hisoblanadi. Akademik qarzdor, talabalarga semestr tugaganidan keyin qayta o`zlashtirish uchun bir oy muddat beriladi. Shu muddat davomida fanni o`zlashtira olmagan talaba fakultet dekani tavsiyasiga ko`ra belgilangan tartibda rektorning buyrug`i bilan talabalar safidan chetlashtiriladi.