V. Talaba mustaqil ishini nazorat qilish tartibi
1. Talabalarning mustaqil ishini nazorat qilib borish har bir kafedrada tuziladigan va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadigan kontsultatsiyalar jadvali asosida amalga oshiriladi.
2. Talabalarning mustaqil ishi bo`yicha maslahat soatlari professor – o`qituvchilar jurnallarida qayd etib boriladi.
3.Talabalar mustaqil ishini nazorat qilish bevosita fan bo`yicha o`quv mashg`ulotlarini olib boruvchi professor-o`qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
4. Talabalarning mustaqil ishi reyting ballari bilan (fanga ajratilgan mustaqil ta'lim soatiga nisbatan) baholanadi va natijasi fan bo`yicha talabaning umumiy reytingiga kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |