3.Bilimlarni mustahkamlash darsi. Bunday darslarda oldin o‘rganilgan materiallar yuzasidan o‘quvchilar bilan suhbatlar o‘tkaziladi, kinofilьmlar ko‘riladi, bilimlar esga solinadi, faktlar va natijalar o‘quvchilarning xotirasida mustahkamlanadi. Natijada bilimlar ancha puxtalashadi.
4.Sinash-tekshirish darsi. Bunday darslarda mavzu, bo‘lim yuzasidan og‘zaki savol-jaoblar, test yordamida yozma yoki grafik usulda tekshirish ishlari o‘tkaziladi. Ulardan ko‘zlanadigan maqsad, har bir o‘quvchining tayyorgarlik darajasini asosli baholash uchun kerakli ma’lumotlar olish, ya’ni bilimlarni qanchalik ongli va puxtaligini aniqlashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |