Darsni samarali tashkil etish-bu talab darsga ajratilgan vaqtdan unumli foydalanishni, o`qituvchi va o`quvchilarning darsga yaxshi tayyorlanishini, mashg`ulotning yangi texnik jixozlar bilan ta'minlanishini, uning barcha elementlari, strukturasi puxta to`zilishini takozo etadi.
Didaktik maqsadlar bo`yicha darsning quyidagi turlari mavjud:
Yangi bilimlarni o`rganish darsi.
Umumiy yoki aralash dars.
Bilimlarni mustaxkamlash darsi.
Sinash – tekshirish darsi.
Muammoli dars.
Darsning ana shu asosiy turlari strukturasi quyida keltiriladi:
Yangi bilimlarni o`rganish darsi:
1. Tashkiliy qism.
2 Yangi o`quv materialini bayon qilish va mustaxkamlash.
3. Uyga topshiriq berish.
4. Darsni yakunlash.
Umumiy yoki aralash dars:
1. Tashkiliy qism.
2. Uyga toshiriqni tekshirish.
3. O`quvchilar bilimini og`zaki tekshirish.
4. Yangi o`quv materialini bayon qilish.
5. Yangi o`quv materialini mustaxkamlash.
6. Uyga topshiriq berish.
7. Darsni yakunlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |